Mavzu: O‘qituvchining kreativlik kompetentligini oshirish yo‘llari (2-dars) Reja



Yüklə 85,34 Kb.
səhifə1/4
tarix19.10.2022
ölçüsü85,34 Kb.
#118415
  1   2   3   4
IlxbUWyIXcVNj5SkbCc5KKzT9uhDJynRu7Q9Gosh (1)

MAVZU: O‘QITUVCHINING KREATIVLIK KOMPETENTLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI (2-dars)


Reja:

1. Kasbiy rivojlanishiga oid manbalar foydalangan holda o‘zining va maktab ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy malakasini oshirish.


2.O‘quvchilarda kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish.


Tayanch tushunchalar: kreativlik, kreativlikni rivojlantirish, kreativlikni rivojlantirishga to’sqinlik qiluvchi omillar, kreativ potentsial, pedagogik kreativlik, pedagogning kreativ potentsiali, kreativ potentsialning tarkibiy asoslari va tamoyillari, pedagogning kreativ potentsialini aniqlovchi mezonlar.
Kreativlik – bu madaniyat vositasi asosida shaxs sifatida shakllanish jarayonida namoyon bo‘ladigan shaxsning shaxsiy sifati (fazilati)dir.
Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo‘lib, uning o‘z-o‘zini takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog‘liq.
Ishning maqsadi: o‘quvchilardagi kreativlikni rivojlantirish, iqtidorni erta yoshdan aniqlash va ularni to‘g‘ri yo‘naltirishga ko‘maklashish.
Trening mashg‘ulotlari slaydlar orqali amalga oshiriladi
Psixologiyada ijodiylik birinchi marta 1950 yilda ilmiy o‘rganilgan. Mashhur amerikalik psixolog Dj.Gilford o‘sha yili Amerika psixologlar assotsiatsiyasining kongressida ijodiy tafakkur va ijodiy jarayon haqida ma’ruza qilib bu sohaga olimlarning diqqatini tortdi. Dj.Gilford bu sohada chuqur izlanishlar olib borib, 1967 yilda kreativ tafakkurni shakllantiruvchi va aniqlovchi testlar dastasini ishlab chiqdi. Ijodiy tafakkur bu kishilardagi aqliy faoliyatning asosiy xarakteristikasi bo‘lib, tafakkurning individualligini xarakterlaydi. Dj.Gilford farazicha intellekt tuzilishi modelining tahlili bu jarayonni taminlaydi. Dj.Gilfordning intelekt modeli uch o‘lchovli o‘zgaruvchanlikka ega bo‘lgan to‘g‘ri burchakli geometrik shakldir.
Bunda barcha aqliy qobiliyat va harakatlar uch o‘lchovga binoan muayyan shaklga keltiradi. Bular:
Dj.Gilford farazicha aqliy jarayonlarga quyidagilar kiradi:

    1. Bilish qobiliyati (kashfiyot yoki nimanidir e’tirof etish).

    2. Xotira ( muammmoni esda saqlash).

    3. Divergent tafakkur ( muammo yuzasidan turli yechimlarni izlashda va boshqarishda namoyon bo‘ladigan tafakkur).

    4. Konvergent tafakkur (muammoning yechimini faqat bitta, yagona yo‘l bilan topishda ifodalanadigan tafakkur).

    5. Baholash (yaxshi va eng to‘g‘ri fikrlash, yaqinlashish, aynan o‘xshash va boshqalar bilan belgilanadi).


Yüklə 85,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə