Mavzu: O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan berilgan parchani o`rganish



Yüklə 15,07 Kb.
tarix25.07.2022
ölçüsü15,07 Kb.
#117441
dars ishlanma
ozbek-tilining-izohli-lugati-yangi-tahrirda

Adabiyot fanidan dars ishlanma
Sinf: 5 Fan: adabiyot Dars — muqaddas

Mavzu:

O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan berilgan parchani o`rganish

Maqsad va
vazifalar

Maqsad:
1.Ta’limiy: O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi hikoyalarni o`rganish, hikoyalar matni ustida ishlash.
2.Tarbiyaviy: o’quvchilarning e’tiborini onaga bo`lgan mehr hissiga qaratish, insonni avaylashga o`rgatish. O`quvchilarni badiiy ijodga muhabbat ruhida tarbiyalash;
3.Rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutqni, aktyorlik mahoratini hamda eng ezgu insoniy fazilatlarni rivojlantirish.
Vazifalar: o`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish,ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.Mustaqil ishlashga undash.
Mavzuga oid berilgan topshiriqlar qay darajada bajarilganini nazorat qilish va ularning bilimini baholash.
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: kommunikativ, axborot bilan ishlash, umummadaniy, adabiy bilimlarni amaliyotda qo`llash kompetensiyalari

O`quv jarayonining mazmuni

O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan berilgan hikoyalarini o`rganish va tahlil qilish

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars turi: bilm, ko`nikma, malaka va layoqat hosil qiluvchi
Dars uslubi: aralash
Dars usuli: noan’anaviy:”Tilsim”,”Rolli o`yinlar”, “Sirli sandiq” , “Assisiment”
Dars shakli: individual va kichik guruhlarda ishlash.
Dars jihozi: darslik, elektron darslik, videoproyektor, kompyuter, ekran, slayd tushirilgan disk, audiomatnlar, rag’bat kartochkalari, adib surati va asarlari.
Nazorat: og’zaki nazorat va savol-javob.
Baholash: 5 balli tizim asosida.

Kutiladigan
natija

O`qituvchi:
Mavzuning qisqa vaqt davomida barcha o`quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi.Fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi.Bir darsda barcha o`quvchi baholanadi. O`quvchilarni mavzuni mustaqil o`rganishga, xotirada saqlashga undaydi.Oldiga qo`yilgan muammolarni yechishga o`rgatadi.

O`quvchi:
Yangi bilimlarni tezlik bilan egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi va nutqi rivojlanadi. O`z-o`zini nazorat qiladi. Savollar ustida ishlaydi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo`ladi.

Kelgusidagi
rejalar

O`qituvchi:
Pedagogik texnologiyalarni o’zlashtiradi, yangi metod va usullarni tatbiq etadi. O’z ustida ishlashga undaydi. Pedagogik mahoratini oshiradi.




Yüklə 15,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə