Mavzu: O`zbekiston Respublikasida valyuta siyosatining tahlili Reja


O'zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirishi



Yüklə 22 Kb.
səhifə3/3
tarix21.09.2022
ölçüsü22 Kb.
#117892
1   2   3
valyuta siyosatining tahlili
7-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo’l, mamlakatimizda real sektor korxonalari
3. O'zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirishi
O'zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.
Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:
Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;
Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;
Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;
Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;
Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.
Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda:
O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;
O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi;
O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta'minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi:
Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi;
O'zbekiston hududida jismoniy shaxslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag'larini ўтказишга ruxsat beriladi;
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;
Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z xohishiga ko'ra erkin tanlaydi;
hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va O'zbekistonga olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi;
tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;
O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda valyuta sohasini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilish, respublika eksport salohiyatini oshirishni rag‘batlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozordagi raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida:
1. Valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
birinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasini erkin sotib olish va sotish hamda o‘z mablag‘larini o‘zining xohishiga ko‘ra erkin tasarruf etish huquqlarini ro‘yobga chiqarishni to‘liq ta’minlash;
ikkinchidan, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash;
uchinchidan, valyuta resurslaridan foydalanishda bozor instrumentlarining rolini oshirish, valyuta bozorida barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, valyuta siyosatining noan’anaviy tarmoqlarda eksportni rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda rag‘batlantiruvchi rolini oshirish;
to‘rtinchidan, sifatli ish o‘rinlari va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni bevosita rag‘batlantirish uchun iqtisodiyotning barcha sektorlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bilim va texnologiyalar jalb etishga xizmat qiladigan ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash;
beshinchidan, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidligiga garovga berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy qilish;
oltinchidan, monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat budjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod o‘sishining oldini olish;
yettinchidan, bank tizimining barqarorligini ta’minlash va uning tavakkalchiliklarga bardoshliligini, shu jumladan, valyuta siyosatini liberallashtirishning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan samarali choralarni qo‘llash hisobiga oshirish;
sakkizinchidan, valyuta siyosatining yangi sharoitlarida tayanch tarmoqlar korxonalari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
to‘qqizinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari turmush darajasiga valyuta siyosatini liberallashtirishning salbiy oqibatlarini kamaytirish imkonini beradigan har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Yüklə 22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə