Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida. Ibtidoiy



Yüklə 22,18 Kb.
səhifə1/4
tarix23.09.2022
ölçüsü22,18 Kb.
#117933
  1   2   3   4
PEDAGOGIKA TARIXI


Mavzu: Pedagogika tarixi fan sifatida.Ibtidoiy jamoda tarbiya Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim- tarbiya va pedagogik fikrlar



REJA:



  1. Pedagogika tarixi




  1. Eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar




  1. Eng qadimgi kishilarga xos bo’lgan xislatlar


Pedagogika tarixi fan sifatida.Ibtidoiy jamoda tarbiya Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim- tarbiya va pedagogik fikrlar
Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o’rgatadi. O’tmishning pedagogik sistemalarida bo’lgan ilg’or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo’lganligini ochib beradi, ilg’or qarashlarning taraqqiyot yo’lini ko’rsatib beradi.
Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O’zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.
Biz pedagogika tarixi fanini o’rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo’lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy – ma’naviy me’rosi, xalq og’zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o’quv qullanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, prezident Islom Karimovning ta’lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz.
Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va SHarq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’lim – tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol g’oyasi haqidagi nazariyalari hisoblanadi.
Pedagogika tarixini o’rganish o’qituvchilarining faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. SHuningdek, o’tmishning ta’lim – tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o’rganadi, bu esa uning kundalik pedagoglik faoliyatida yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Bu borada yaratilgan tarixiy, falsafiy, adabiyotshunoslikka oid asarlardan ham ijodiy foydalanishga harakat qildik. Xullas, ushbu qo’llanmaning yaratilishida faylasuf, sharqshunos, tarixchi, filolog olimlardan B.Ahmedov, A.Ahmedov, A.Abdullayev, V.V.Bartold, YE.E.Bertels, A.Bahoutdinov, I.S.Braginskiy, B.G’.G’afurov, V.Zoxidov, I.Mo’minov, O.Fayzullayev, SH.SHomuxammedov, A.Qayumov, Y.Jumaboyev, A.Irisov, M.Orifiy, M.Hayrullayev, S.Rajabov va boshqalarning ishlari qo’llanma va yo’llanma vazifasini o’tadi.


Yüklə 22,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin