Mavzu. Pirls xalqaro baholash dasturi va uni o„tkazishning tashkiliy masalalari reja: pirls matnni о„qish va uni tushunish darajasini aniqlash bо„yicha Xalqaro tadqiqot metodlarining mazmuni



Yüklə 42,29 Kb.
tarix27.09.2022
ölçüsü42,29 Kb.
#117991
18 KREDET


1 1 6-MAVZU. PIRLS – Xalqaro baholash dasturi va uni o„tkazishning tashkiliy masalalari REJA: 1. PIRLS - matnni о„qish va uni tushunish darajasini aniqlash bо„yicha Xalqaro tadqiqot metodlarining mazmuni. 2. PIRLS – Xalqaro baholash dasturi va uni o„tkazishning tashkiliy masalalari. 3. PIRLS topshiriqlari va uni baholash mezonlari. 1. PIRLS - matnni о„qish va uni tushunish darajasini aniqlash bо„yicha Xalqaro tadqiqot metodlarining mazmuni. “О„qish savodxonligi” atamasi о„qish tezligini tekshirishni emas, balki “savodli о„qish”ni anglatadi. Unga kо„ra, о„quvchi mantlarni tushunishi, ularning mazmunini mushohada qilishi va baholay olishi, о„z fikrini bayon eta olishi zarur.О„quvchilarga turli matnlar taqdim etiladi: badiiy asarlardan parchalar, biografiyalar, shaxsiy xatlar, hujjatlar, gazeta va jurnallardagi maqolalar, yо„riqnomalar, reklama e‟lonlari, geografik kartalar va b. Ularda axborot turli kо„rinishlarda aks etadi: diagramma, rasm, xarita, jadval, chizma va h.k. PIRLS - bu turli ta‟lim tizimiga ega bо„lgan davlatlarda kitobxonlik sifati monitoringini tadqiq qilishdir. Turli davlatlardagi boshlang„ich sinf о„quvchilarining о„qish sifati va matnni tushunish darajasini, shuningdek, har xil davlatlar ta‟lim tizimidagi о„zgarishlarni taqqoslash va namoyon qilish imkonini beruvchi tadqiqot metodlaridir. PIRLS tadqiqotlari 2001 yildan boshlab besh yil oralig„ida boshlang„ich ta‟lim miqyosida о„tkazib kelinmoqda. U xalqaro tadqiqotlar orasida yuqori о„ringa ega. Bu dasturga kiruvchi davlatlarning soni yildan yilga ortib bormoqda. 2001 yildan boshlab 4 marta о„tkazildi. Oxirgi PIRLS tadqiqotlari 2016 yilda о„tkazildi. Shu davrgacha 35 dan 50 gacha bо„lgan davlatlar ishtirok etishdi. PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta‟lim tizimiga ega bо„lgan davlatlarning 4-sinf bituvchilarining о„qish sifati va о„qilgan matnni tushunish darajasi 2 2 о„rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf о„quvchilarining tanlanishi shu bilan e‟tiborliki, aynan о„qishning tо„rtinchi yilida о„quvchilar о„qishning yuqori darajasiga ega bо„lishi, ularning keyingi ta‟limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Tadqiqot jarayonida darsda о„quvchilar tomonidan eng kо„p qо„llaniladigan о„qishning quyidagi ikki turi о„rganiladi: 1. Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi о„qish. 2. Mazmunni tushunish va amalda foydalanish maqsadidagi о„qish. Tadqiqotda boshlang„ich sinf bitiruvchilari ishtirok etadi. Aynan shu davrda о„quvchilarning о„qish va matn ustida ishlash malakalari shu darajada rivojlanadiki, bu yuqori sinflardagi ta‟limning samarali bо„lishiga zamin yaratadi. Turli mamalakatlarning maktab dasturlari bir-biridan tubdan farq qilishi hammaga ayon. Shuning uchun turli davlatlardan olingan natijalar о„zaro taqqoslana oladigan darajada bо„lishini ta‟minlash bunday tadqiqot о„tkazuvchi tashkilotchilarning muhim vazifalaridan biiridir. Masalan, kо„pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan maktabda о„qishni boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi Zelandiyada ta‟lim 5 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun, loyihada 4-sinfdan emas 5-sinfdan о„quvchilar ishtirok etishadi. О„qish va matnni tushunish sifati tekshiriladigan о„quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. Sharq mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan о„qishni boshlagani uchun ulardan 10,7-10,9 yoshdagi о„quvchilar tadqiqotda ishtirok etishadi. PIRLS-2001 о„tkazilgan birinchi tadqiqotda Rossiya davlati 35 mamlakatlar ichida 16-о„rinni egallagan. 2017 yilning oxirida PIRLS-2016 yilning oxirgi tadqiqotlar natijasi e‟lon qilindi. Unda Rossiya davlati birinchi о„rinni egalladi. 2021 yilda о„tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf о„quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016 yillarda о„tkazilgan bо„lib, 2021 yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Har besh yilda о„tkaziladigan PIRLS 3 3 dasturi 4-sinf о„quvchilarining о„qib tushunish kо„nikmasini xalqaro darajada baholaydi. Mazkur dastur 4-sinf о„quvchilarining matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasini baholaydigan TIMSS dasturini tо„ldirishga yо„naltirilgan bо„lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro markazi, IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi. Tadqiqotning 2016 yil natijalariga kо„ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bо„lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik о„quvchilar matnni о„qish va tushunish bо„yicha eng yuqori natijalarni kо„rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang„ich sinf о„quvchilari ushbu mezon bо„yicha dunyoda yetakchilik qildi. Tadqiqotning 2016 yil natijalariga kо„ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bо„lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik о„quvchilar matnni о„qish va tushunish bо„yicha eng yuqori natijalarni kо„rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang„ich sinf о„quvchilari ushbu mezon bо„yicha dunyoda yetakchilik qildi. 1. PIRLS – Xalqaro baholash dasturi va uni o„tkazishning tashkiliy masalalari. О„quvchilarning erishgan yutuqlarini baholash barcha о„quvchilardan emas, balki ushbu qatlam vakillari sifatida tanlab olingan о„quvchilardan obyektiv testlarni о„tkazish orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab direktorlari, о„qituvchilar, о„quvchilar, hattoki ota-onalardan sо„rovnomalar о„tkazilib, ta‟lim sifatiga ta‟sir etuvchi omillarga doir qimmatli ma‟lumotlar tо„planadi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang„ich sinf о„quvchilarining о„qib tushunish kо„nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma‟lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, о„qish va о„qitishni yaxshilashda ta‟lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bо„lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. 4 4 Hozirgi vaqtda PIRLS ta‟rifiga kо„ra, о„qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma‟no hosil qila olish qobiliyati hamdir. Tadqiqot doirasida asosiy e‟tibor tushunishni namoyon qilishdan о„zlashtirilgan ma‟lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qо„llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda. О„quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bо„lib, ma‟no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali о„qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qо„llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda о„quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bо„lishi mumkin. Bular an‟anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli kо„rinishdagi yozma shakllarni ham о„z ichiga oladi. Shuningdek, tadqiqotda ta‟lim sifatiga ta‟sir etuvchi omillarni о„rganish va tahlil qilish maqsadida anketa sо„rovnomalari ham о„tkaziladi. Jumladan, о„quvchilar sо„rovnomasi orqali ishtirokchi haqida ma‟lumotlar, oiladagi ta‟limiy resurslar, maktabga, о„qituvchiga, о„quv faniga munosabat, о„quvchilar о„rtasidagi munosabat, о„quv fanlari bо„yicha о„zini baholash, sinfdan tashqari mashg„ulotlar tо„g„risida ma‟lumotlar tо„planadi. О„qituvchilar sо„rovnomasi о„qituvchilar haqidagi ma‟lumotlar, maktabning jihozlanishi, xavfsizlik, maktab muhiti, о„qitish usuli, malaka oshirish masalalarini о„z ichiga oladi. Ota-onalar sо„rovnomasida ota-onalar haqidagi ma‟lumotlar, oiladagi ta‟limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilinishidan avvalgi kо„nikma va malakalari, ota-onalarning maktabga va о„qishga munosabati о„rganiladi. Maktab ma‟muriyati sо„rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi, jihozlanishi, ta‟limiy resurslar, maktabda о„quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti о„rganilib, tahlil etiladi. 5 5 2. PIRLS topshiriqlari va uni baholash mezonlari. PIRLS boshlang„ich sinf о„quvchilarining sinf va sinfdan tashqari о„qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya‟ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. О„z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri tо„rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq kо‘rsatilgan ma’lumotlarni topish; tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xulosalar chiqarish; kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish; g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish. Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga kо„ra, о„rtacha 500 dan 800 tagacha, о„quvchilarning о„qish savodxonligi darajasi past bо„lgan mamlakatlar uchun 400– 500 ta, PIRLSda esa, taxminan 1000 ta sо„zdan iborat bо„ladi. Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi о„quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bо„lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda о„quvchiga unchalik tanish bо„lmaydi. PIRLS tadqiqotida о„qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi: Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – О„quvchilar matnni yaxlit о„zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog„liq holda tushunadi. Muallifning g„oyasini izohlashda о„z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi. Yuqori daraja (550 ball) – О„quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib о„z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e‟tibor qarata oladi. О„rta daraja (475 ball) – О„quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba‟zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan о„z xulosalarini chiqaradi. Quyi daraja (400 ball) – О„quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bо„lgan xabarni ajratib oladi. 6 6 Tadqiqotda О‘zbekistonning boshlang‘ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi о‘qiydi? О‘zbekiston о‘quvchilarining о‘qish savodxonligi qay darajada? О‘qish 4-sinf о‘quvchilari uchun sevimli mashg‘ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qо‘shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda о‘qishni о‘rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? О‘zbekiston о‘qishni о‘rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan о‘ziga xosligi bormi, agar shunday bо‘lsa u nimada namoyon bо‘ladi? Boshlang‘ich sinflarimizning о‘qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat о‘qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar о„rganiladi. Mazkur davlatlarda о„qish savodxonligi bо„yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog„liq: uydagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga bо‘lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar о‘qish-yozishni о‘rganganligi hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish kо‘rsatkichining yuqoriligi.
Yüklə 42,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin