Mavzu: Qoraxoniylar davlati



Yüklə 302,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix08.04.2022
ölçüsü302,26 Kb.
#115198
  1   2   3   4   5   6
qoraxonijlar davlati (1)


ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ

ТАРИХ ФАКУЛЬТЕТИ 1 КУРС 101 ГУРУҲ

ТАЛАБАСИ CАТТОРИЙ ШОХРУХНИНГ

“ЎЗБЕКИСТОН ТАРИХИ” ФАНИДАН

 “ҚОРАХОНИЙЛАР ДАВЛАТИ”

 МАВЗУСИДАГИ

Р  Е  Ф  Е  Р  А  Т  И

НАМАНГАН-2011




Mavzu:  Qoraxoniylar  davlati

Reja:

1. Qoraxoniylar davlatining  tashkil  topishi

2. Qoraxoniylarning  Movarounnahrga  hujumi

3. Qoraxoniylar  davlatini  ikkiga  ajralishi

4. Qoraxoniylar  davlatida  boshqaruv  tizimi

5. Qoraxoniylar  davlatida  ilm – fan  va  madaniyat




Qoraxoniylar davlati

  X asr o'rtalarida Issiqko'lning janubi va Koshg'arda yashagan yag'mo qabilasi

kuchayib, avval o'zlaridan shimoli-sharqroqda yashovchi jikil qabilasi bilan

yagona ittifoqqa birlashadi. So'ngra Yettisuvga xuruj qilib, qarluqlarni

bo'ysundiradi va bu ulkan hududda Qoraxoniylar davlatini tashkil qiladilar.

     


"Qoraxoniylar"  atamasi Xoqon  Qoraxonning  Islom dinini  qabul  qilganidan

so'ng paydo bo'lgan. Numizmat Tornberg esa ularning xonlari tutib yurgan

maqomiga qarab Ileklar deb atagan. Boshqalar esa Uyg'ur xoqonligi deb atashgan.

940 yil atrofida qarluqlar Tyanshan yaqinidagi Bolasog'un shahrini bosib olishadi.

Birinchi hukmdorlardan biri Satuq Bo'g'raxon Abdulkarim Islom dinini qabul

qiladi va <> nomi bilan shuxrat topadi, keyinchalik butun sulola

uning nomidan "Qoraxoniylar" deb atala boshlanadi.   X-asr oxirida Yettisuv va

Sharqiy Turkiston hududlarida "podshoh yag`ma" yoki "elikxon" boshchiligidagi

Qoraxoniylar davlati tashkil topadi. Bu davlat tarkibiga turli turkiy qabilalar -

qorluqlar, chigillar, arg`ular, yag`malar va boshqa xalqlar kirgan bo`lib, ular 960

yilga qadar islom dinini qabul qilganlar. 992 yili elikxon Bug`ra boshchiligidagi

Qoraxoniylar qo`shini Movarounnahr hududiga bostirib kiradi. Qoraxoniylar

g`alabasiga Bug`raxon bilan Xurosonning somoniy hokimi Abu Ali Simjur

o`rtasida tuzilgan hufyona ittifoq hamda lashkarboshi Foiqning sotqinligi sabab

bo`lgan. Natijada Qoraxoniylar Buxoroni jangsiz ishg`ol etadilar, amir Nuh esa

Chorjo`yga qochishga majbur bo`ladi. Ammo Bug`raxon kasallanib, o`z vatani

Koshg`arga ketayotganda vafot etadi. Qoraxoniylar Buxorodan katta o`lja bilan

qaytadilar. Qoraxoniyalarning yangi yo`lboshchisi bo`lgan elikxon Nasr Buxoroga

qayta hujum uyushtiradi. 995-996 yillarda Nuh II Sabuh Tegin madadi bilan

Qoraxoniylar hujumini daf etadi. 999 yili Qoraxoniylar yana Buxoroni yana ishg`ol

etib, amir Abdul Malik II va podshoh oilasini asirga oladilar. Bu hol

Movarounnahrda hokimiyat Qoraxoniylar foydasiga uzil-kesil hal bo`lishiga olib

keladi. Qoraxoniylar davlati Koshg`ardan Amudaryogacha cho`zilgan Sharqiy

Turkiston, Yettisuv, Shosh, Farg`ona va qadimgi So`g`d yerlarini o`z ichiga olgan.




1005 yilgacha Somoniylarning so`nggi vakili al-Muntasir Qoraxoniylar bilan

muvaffaqiyatli kurashgan, biroq raqibning ko`psonli qo`shini pirovard g`alabani

ta'minlagan. Bog`dod halifi fatvosi bilan elikxon Nasr ibn Ali Movarounnahrda o`z

hukmronligini o`rnatdi. Movarounnahrni zabt etgach Qoraxoniylar dehqonlar

tabaqasini yakson etdilar va ularning yerlari va suvlarini davlat tasarrufiga

topshirganlar. Elikxon Nasr 1012 yili vafot etgach, uning davlatiga ukasi Ali Tegin

vorislik qiladi. Qoraxoniylar Amudaryo vodiysi yerlari uchun g`aznaviylar

davlatiga qarshi muntazam urushlar olib borishadi, XI-asr oxirida esa saljuqlarning

kuchaygan davlatiga tobe bo`lib qolishadi. Elikxon poytaxti dastlab Uzgenda

joylashgan, so`ngra Samarqandga ko`chirilgan. Buxoro ham Samarqandga tobe

bo`lgan. Qoraxoniylar Samarqandda, Buxoroda, Binkentda ko`plab binokorlik

ishlarini amalga oshirishgan, saroylar, masjidlar va madrasalar bunyod etishgan,

musulmon dini nufuzini saqlash va mustahkamlashga hissa qo`shishgan.


Yüklə 302,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə