Mavzu: Qovun sayli



Yüklə 28,76 Kb.
tarix13.12.2018
ölçüsü28,76 Kb.
#85808



Yangiyer shahar

3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi

Usmanova Nilufarning

4-sinfda o‘qish fanidan

Qovun sayli”



mavzusida tayyorlagan

bir soatlik
DARS ISHLANMASI

Mavzu: Qovun sayli. Sh.Sa’dulla.

Ta’limiy maqsad: Kuzgi ishlar, dehqonchilik, xalq an'analari haqidagi tushunchlarini boyitish.

TK 5: Yaxshi odatlarni shakllantirib borish

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda yurtimiz boyliklarini asrash, xalqimiz urf-odatlarini hurmat qilishga o‘rgatish.

TK 4: O‘zidan kattalarga yordam berishni o‘rganish

Rivojlantiruvchi maqsad: Qovun sayli haqida o‘quvchilar bilimini boyitish. Og‘zaki nutqini rivojlantirish.

FK 1: Nutq madaniyatini rivojlantirish

Dars turi: Yangi materialni o‘rganish.

Dars metodi: aralash, savol-javob, suhbat, klaster

Dars jihozi: darslik, raqamlar, magnit tasma, proyektor, tarqatmalar

1-bosqich: Tashkiliy qism.

Salomlashiladi.

Navbatchi hisoboti tinglanadi.Ob-havo, fasllar haqida savol-javob o‘tkaziladi.

O‘qituvchi tomonidan o‘qish darsining qoidalari tanishtiriladi. O‘quvchilar kichik guruhlar bilan ishlashga tayyorlanadi. O‘quvchilar 1, 2, 3, 4 deb sanaydilar. O‘z raqamlari bo‘yicha guruhlanib olishadi.

Har bir guruh kuz mevalari bilan nomlanadi. (slaydda chiqadi).

1-guruh "Olma"

2-guruh "Nok"

3- guruh "Behi"

4- guruh "Uzum'

Har bir guruh o‘ziga sardor tayinlaydi. Dars davomida topshiriq bajariladi. Guruh ishlari matematik raqamlar asosida baholanib boriladi. Guruhlarni baholash (slaydda chiqadi).

‘’5’’- 5 ballni

‘’4’’- 4 ballni

‘’3’’- 3 ballni

‘’2’’- 2 ballni

1’’- 1 ballni



bildiradi.

2-bosqich: O‘tilgan mavsuni mustahkamlash.
1-topshiriq. O‘tilgan mavzu so‘raladi. (slayd)

Sh. Sa’dullaning "Kuz" she'ri ifodali yod aytiladi.

(O‘quvchilar matematik raqamlar bilan baholanib boriladi)

2-topshiriq. O‘qituvchi o‘quvchilarning oldingi darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida ‘’Klaster’’usulini qo‘llaydi. a)"Olma" guruhiga topshiriq. (slayda)



Siz kuz kelganini nimalardan bilasiz?

b) “Nok” guruhiga topshiriq.

Kuzgi noz-ne’matlarni bilasizmi ?
d) “Behi" guruhiga topshiriq.

Kuzda qaysi mevalar pishadi ?



e) "Uzum" guruhiga topshiriq.

Kuzgi poliz ekinlari.



(Javoblar taqdimoti o‘tkazilib, g‘olib guruh aniqlanadi.)

Dam olish daqiqasi.

Shamol deydi esaman,

Yomg‘ir deydi yog‘aman.

Daryo deydi oqaman,

Daraxt deydi o‘saman.

3-bosqich: Yangi mavzuni yoritish. ( suhbat)

- Bolalar, mana bar bir guruh kuz haqidagi bilimlarini ‘’Klaster’’ usuli orqali ko'rsatib berdi.

- Kuz ne‘matlaridan qovun qaysi turkumga kiradi? (Slayda)

- Qovun nomlarini bilasizmi?

Ularning nomlarini daftarga yozing.

Venn diagrammasi” da qovunlarning o‘xshash va farqli tomonlari topiladi. ( slayd)



(Doskaga o‘qituvchi tomonidan tayyorlanib kelingan plakat ilinadi. Har bir guruhdan o‘quvchilar chiqib, yozishadi.)

Darslik bilan ishlash. (Slayda ekranda chiqadi.)

O‘qituvchi: -Siz qovun turlarini yaxshi bilar ekansiz. Bugun Sh, Sa’dullaning “Qovun sayli” hikoyasi bilan tanishamiz.

(Hikoyaning birinchi darsga mo‘ljallangan qismi magnit tasmasi orqali eshittiriladi.)

Matn yuzasidan dastlabki suhbat. (Slayda ekranda chiqadi.) -

"Qovun sayli" matni nima haqida ekan ?

- Bolalar polizga nima uchun borishibdi ?

- Polizda qanday voqealar ro‘y beribdi ?

Matnni qismlarga bo‘lib o‘qitish. (Matn 4 qismga bo‘linadi)

3-topshiriq. Har bir guruh o‘z qismini o‘qib, gapirib beradi. (slayda)

Lug‘at ishi

Bejirim-ixcham

Serto‘r-po‘stida taram-taram chiziqlari bor.

Ular aniqlay olmagan so'zlarni o'qituvchi aytib, izohlab beradi.

4-bosqich: O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

4-topshiriq. Rollarga bo‘lib o'qitish. (Slayda)

Har bir guruhdan o‘quvchilar tanlanadi.

(Tog‘a, muallif, Hasan, Zuhra)

5-topshiriq. Reja tuzish. (Slayda)

Har bir guruh o‘z qismiga reja tuzadi.

Reja asosida hikoyaning 1-qismini to‘liq qayta hikoyalaydi.

6-topshiriq. Umumlashtirish. (Slayda)

Har bir guruhga xatjildda mavzu yuzasidan savollar beriladi.

1. O‘zbek xalqining kuz faslida o‘tkaziladigan qaysi an’anaviy bayramlarini bilasiz?

2. "Qovun sayli"da qanday ishlar qilinadi ?

3. Fasllar va dehqonchilik bilan bog‘liq qanday an’analarni bilasiz ?

4. An’analarni saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish

kerak ?

(Har bir guruh savolga tayyorlanib, bir nafardan o‘quvchi taqdimotga chiqadi.)

5-bosqich: Darsga yakun yasash va baholash.

Har bir guruh sardorlari to‘plagan ballarini hisoblaydilar. G‘olib guruhlar aniqlanadi.

- Har bir guruhdagi o‘quvchilar o‘z kartochkalari orqali baholanadi.

6-bosqich: Uyga vazifa.

  1. Asarning birinchi bo‘limi ifodali o‘qiladi.

  2. Qovun rasmini chizib kelish.


Yüklə 28,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə