mavzu soat juftlik Muloqotning psixologik tizimi



Yüklə 110,81 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü110,81 Kb.
#140412
Muloqot 4-mavzu






4-mavzu 4 soat 2 juftlik
Muloqotning psixologik tizimi.



Reja:
1. Muloqotning psixologik tizimi.
2. Muloqotning kommunikativ tomoni.
3. Muloqotning interaktiv tomoni.
4. Muloqotning pertseptiv tomoni.
5. Muloqotning asosiy funksiyasi
Mashgulot maqsadi: Talabalarga muloqotning psixologik tizimi haqida ma’lumot berish.
Mavzuni organish natijasida talaba:Talabalar mavzu bo‘yicha yetarlicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. G‘oziev E. Muomala psixologiyasi. Toshkent, 20018


Asosiy adabiyotlar:
1. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot. Toshkent, 2017.
2. F.I. Xaydarov, N.I. Xalilova. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2019
3. Maqsudova M. Muloqot psixologiyasi. Toshkent, 2006.
4. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya.Toshkent, 2018.


Internet saytlari:

Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot orqali insonlar tabiatini va o‘z individual ehtiyojlarini birgalikda qondirish uchun harakat qiladilar. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish juda mushkul. Shuning uchun odatda muloqot tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ta’riflanadi. A.V.Petrovskiy muloqotga ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayrboshlash,o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida e’tirof etiladi. M.G.Davletshin muloqotg – bu ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasidagi affektiv baholovchi harakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishidan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir-deb ta’kidlagan. Muloqot tushunchasini kommunikatsiya tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya-tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasidagi signallar almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, insonni texnik vositalar bilan aloqa qilishi bularning barchasi kommunikatsiyaga misol bo‘la oladi. Muloqotni faqat insonlar orasida amalga oshirish mumkin. Muloqotning inson hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda bo‘lishda shaxs sifatida shakillanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Muloqotni faqat insonlar orasida amalga oshirish mumkin. Muloqotning inson hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda bo‘lishda shaxs sifatida shakillanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Kommunikatsiya ilmiy bilim tushiunchasi sifatida uzoq tarixga ega bo‘lib, uning bir qancha talqinlari mavjud. Masalan, amerikalik psixolog Yu. Ryush kommunikatsiya tushunchasini antropologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya, tilshunoslik va boshqa sohalarda 40 dan ortiq talqini mavjud ekanligini aniqlagan. Muloqotning kommunikativ tomoni. Kommunikatsitsiya (bir tomonlama) axborot uzatish. Muloqotning kommunikativ tomoni odamlar o‘rtasida almashish, shaxsni shaxs tomonidan tushunish aloqani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. Muloqotdagi axborot manbalari:


1. Tog‘ridan-to‘g‘ri boshqa shaxsdan signal.
2. O‘z idrok tizimlaridan signallar.
3. Faoliyat natijalari to‘g‘risida.
4. Ichki tajribadanolingan ma’lumotlar.
5. Mumkin kelajak haqida ma’umot.
Inson qandaydir tarzda “yaxshi” ma’lumotni “yomon”dan ajrata olishi kerak. B.F.Porshev bu haqida o‘z qarashlarini qoldirgan. Yaniy insonlar qanday qilib yaxshi ma’lumotni yomonidan ajratib olish kerakligini ayib o‘tgan. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muloqotda o‘z ichida hamkorlik faoliyatini qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashinuvini qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. Intraktiv mukloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir e’tishdir. Muloqotga kirishvchi masalan, o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat so‘z orqali, balki fikr almashinuv, hatti-harakat va xulq-atvor bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazishi tushuniladi. Prseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi anglashi va tushunishi lozim. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birini idrok qilish asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi. Aqilli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi. Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda, o‘zaro hamkorlik faoliyatini tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Muloqotning muvofaqiyatli tashkil qilish uchun, hamkorlik faoliyatida chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama shakillantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim. Pedagog misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, sinf jamoasini boshqarish-pedagogik jamoa, ota-onalar oldida o‘qituvchining obro‘-e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi mezon. O‘qituvchining axloqiy saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi.


Odatda o‘qituvchilarning xarakteri individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor, ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq qarovchilar toifasiga ajratiladi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy kuzatuvlari va ilmiy tajribalariga asosalangan holda o‘qituvchilarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida qobiliyatidan muloqot uslublari tasniflangan. Xulosa qilib aytganimizda muloqotning kommunikativ, interaktiv va pesseptiv tomonlari shaxslararo munosabatlarda qo‘llaniladi va bu jarayonda muloqot ishtirokchilarini bir-birlarini tushunishlari, qo‘llab-quvvatlashlari va hamkorlikda ishg olib borishlari uchun samarali hisoblanadi. Eng avvalo muloqot jarayonlarida shaxsning ko‘ngliga yo‘l topa olish, muloqot odobi va qoidalriga amal qilish tavsiya qilinadi.



Nazorat savollari

  1. Muloqot odobi va qoidalari haqida gapiring.

  2. Muloqot shakillarini yoritib bering.

  3. Muloqotning interaktiv tomoni deganda nimani tushunasiz?

  4. Muloqotning asosiy funksiyasi haqida fikr bildiring.

  5. Muloqotning perseptiv tomoni deganda nimani tushunasiz?

Yüklə 110,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin