Mavzu:Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka va investitsion muhitga taʼsiri. Reja: KIRISH Soliqlarni mamlakatdagi makroiqtisodiy mohiyati va obektiv zarurligi.
Soliqlarning makroiqtisodiy elementlari va tamoyillari.
Soliqlarning funktsiyalari va vazifalari.
Soliqlar va maxsus soliq rejimlari.
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Mavzuning dolzarbligi–bu soliq to’lovchilarning soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha davlat byudjeti bilan iqtisodiy munosabatlarga kirishish jarayonining o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini nazariy hamda amaliy jihatdan o’rganishdan iborat.Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bolishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bogliqdir. Shu orinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini takidlash lozim. Soliq tushunchasi tor manoda davlat ixtiyoriga soliq tolovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.Soliqlarning amal qilishi bu obektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat korsatmaydi.Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shugullanish iqtisodiy samarasiz bolgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurati soliqlarni obektiv amal qilishini zarur qilib qoyadi, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli boladi. Soliqlarning obektiv zarurligini bozor iqtisodiyotiga otish sharoitida ikki holatda: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag bilan taminlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari bilan ifodalash mumkin.Davlatning bajaradigan funktsiyalari va vazifalari kop bolib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan bazi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yoqola borsa, yangi vazifalar paydo bola boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga otish davrida davlatning yangi vazifalari paydo boladi. Bularga respublikamizda kam taminlanganlarga ijtimoiy yordam korsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xojaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi.