Mavzuning dolzarbligi: YOshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta’minlash bu davlat buyurtmasidir. SHu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish metodikasi fanining predmeti fanning yuzaga kelishi, ma’naviy tarbiyaning yoshlarga ta’siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, ahamiyati, ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi va yangi texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini o‘rganishdan iboratdir.
Kurs ishini maqsadi: Maktabda ma’naviy va ma’rifiy ishlarni rejalashtirish. Yosh avlod ongida ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini shakllantirish.
Kurs ishi ob’ekti: Maktabda ma’naviyat va ma’rifat ishlarini rejalashtirish jarayoni.
Kurs ishi vazifalari : Oʻzbekiston xalqining maʼnaviy-madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhiga mos gʻoyalarni shakllantirish va hayotga tadbiq etish, respublikada maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan tavsiyalar hozirlash
yuksak isteʼdod va tafakkur sohiblarining aqliy-ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yoʻnaltirish;
millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni, yurtimizni tinchlik, barqarorlik hamda fuqarolar totuvligini, mintaqa xalqlarining mushtarak maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy ildizlarini tadqiq va tahlil asosida targʻib etish;
mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, eʼtiqod, gʻoyalarni oʻrganish, sogʻlom dunyoqarash hamda siyosiy madaniyatni shaklantirishda ishtirok etish;
jamoat birlashmalari, ilmiy-ijodiy muassasa va tashkilotning ommaviy-axborot vositalarining oʻzaro samarali hamkorligiga koʻmaklashish;
maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga doir maʼruzalar uyushtirish, anjuman va suhbatlar oʻtkazish.