Mavzu: Ijtimoiy pedagogikaning shakllanishi va
rivojlanishi
Reja:
1. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari
1. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari
2. Qadimgi davrlarda ijtimoiy pedagogik fikrlar
3. Keyingi davrlarda ijtimoiy pedagogik fikrlarning
rivojlanishi
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi uzoq
tarixga ega. Uning tarixiy taraqqiyotini bir necha bosqichlarga bo‘lib
o‘rganish mumkin.
Birinchi bosqich-qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo‘lgan davrni o‘z
ichiga oladi. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani
ijtimoiy hodisa sifatida tan olinishi bilan harakterlanadi. Bu davrda turli
tarbiya nazariyalari paydo bo‘lgan.
Bundan ko‘rinadiki, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham
ijtimoiylashtirish muammosi mavjud bo‘lgan. Dastlab tarbiya umum
faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga xos faoliyat
faoliyat turi sifatida yuzaga kelgan bo‘lsa, keyinchalik esa o‘ziga xos faoliyat
turiga aylangan. Mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar
paydo bo‘lgan. Vaqt o‘tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib
borgan, yosh, jins, mazmuniga ko‘ra farqlana borgan, uning axloqiy
jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Juft oilalarning oilaviy tarbiyasi ham
ommalasha boshlagan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda
mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo‘lgan. Mavjud
yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o‘rgatishgan.
Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga
zamin yaratgan bo‘lsa, qadimgi dunyoning ilk sivilizatsiyalarining paydo
bo‘lishi, ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan.
Bu xulosani bizgacha yetib kelgan pedagogik g‘oyalarning yozma
manbalari tasdiqlaydi.
Sharqda ijtimoiy pedogogik g‘oyalar odatda muqaddas kitoblar
shaklida butun halq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-
Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O‘rta OsiyodaAvesto va boshqa).
Faqatgina miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o‘rtalari va ikkinchi
yarmida ijtimoiy pedogogik g‘oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum
yarmida ijtimoiy pedogogik g‘oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum
bo‘la boshlaydi. Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga
antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo‘shishgan. Xususan,
Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O‘z o‘zingni angla” degan shiorni ilgari
surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo‘qotishi
mumkinligini ta’kidlagan.
Dostları ilə paylaş: |