Microsoft Word 1-mavzu. Maruza



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix31.12.2021
ölçüsü0,56 Mb.
#111443
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-mavzu. Maruza



1-mavzu. O’zbekiston  Respublikasi ta’lim tizimini rivojlantirishni  kontseptual                     

asoslari. Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan. 

                        Reja. 

1.O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to’g’risida”gi  Qonuni  va”Kadrlsr 

tayyorlash Milliy dasturi”. 

2.Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari. 

3.Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari. 

4.Ta’lim tizimi va turlari. 

O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisi  IX  sessiyasi  (1997–yil  29  –  avgust) 

da ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga 

ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun 

va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  qabul  qilingan.  Ta’lim  to’g’risidagi  ushbu 

Qonun besh bo’lim 34 moddadan iborat bo’lib uning maqsadi fuqarolarga ta’lim-

tarbiya  berish,  kasb–hunar  o’rgatishning  huquqiy  asoslari  kabi  konstitutsiyaviy 

huquqini ta’minlashdan iborat.  

1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta’lim sohasidagi davlat 

siyosatining  asosiy  prinsiplari  bilim  olish,  pedagogik  faoliyat  bilan  shug’ullanish 

huquqlari, ta’lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan. 

2-bo’lim  ta’lim  tizimi  va  turlari  mohiyati  yoritilgan.  Masalan,  9-moddada 

ta’lim  tizimining  mohiyati  ifodalangan.  Qonunga  ko’ra  ta’lim  tizimimiz  Davlat 

ta’lim  standartlariga  muvofiq  ta’lim  dasturlarini  amalga  oshiruvchi  davlat  va 

nodavlat  ta’lim  mussasalarini  ta’lim  tizimi  rivojlanishini  ta’minlash  uchun  zarur 

bo’lgan  tadqiqot  ishlarini  bajaruvchi  ilmiy  pedagogik  muassasalarni  ta’lim 

sohasidagi  davlat  boshqaruv  organlari,  shuningdek  ularga  qarashli  korxona, 

muassasa va tashkilotlarnio’z ichiga oladi. 

Qonunning uchinchi bo’limi ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya 

qilishga  bagishlangan  bo’lib,  unda  ta’lim  oluvchilarni  va  ta’lim  muassasasi 

xodimlarini  ijtimoiy  himoya  qilish  yetim  hamda  jismoniy  va  ruhiy  rivojlanishida 

nuqsoni bo’lgan bolalarning o’qish masalalari qonuniy ifodasini topgan.  

To’rtinchi bo’limida ta’lim tizimini boshqarishdagi vazirlar mahkamasining, 

ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organlarining vakolatlari ko’rsatilgan 

bo’lsa, beshinchi bo’limda yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.  

O’zbekistonning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1997-yilning 29-avgustida 

qabul  qilingan  bo’lib,  u  besh  bo’limdan  tashkil  topgan.  Dasturning  ikkinchi 




bo’limida  uning  maqsad  va  vazifalari  bilan  birga  ro’yobga  chiqarish  bosqichlari 

ham  ko’rsatib  berilgan.  Dasturning  maqsad  va  vazifalarini  ketma-ket  uch 

bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan. 

Birinchi  bosqich  1997-2001  yillarni  o’z  ichiga  qamrab  olgan  bo’lib,  unda 

mavjud  kadrlar  tayyorlash  tizimining  ijobiy  salohiyatini  saqlab  qolish  asosida 

ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy–

uslubiy,  moliyaviy-moddiy  shart  sharoitlar  yaratish  ko’zda  tutilgan  edi.  Bu 

bosqichda Ta’lim Qonuni asosida ta’lim tizimi va mazmuni qayta qurildi, umumiy 

o’rta  va  oliy  ta’lim  uchun  DTSlar  yaratildi,  ta’lim  jarayoni  didaktik  va  axborot 

taminotining  yangi  avlodini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish  boshlandi,  o’rta  maxsus 

ta’lim  uchin  zarur  moddiy  texnika,  o’quv  uslubiy  va  kadrlar  bazasi  tayyorlandi, 

ta’lim muassasalari faoliyatiga baho berishning reyting tizimi joriy etila boshladi. 

Ikkinchi  bosqich  2001-2005  yillarni  o’z  ichiga  qamrab  olgan  bo’lib,  unda 

Milliy  dasturni  to’liq  ro’yobga  chiqarish,  mehnat  bozorini  rivojlantirish  va  real 

ijtimoiy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish nazarda 

tutildi.  Bu  bosqichda  quyidagi  vazifalarni  ham  amalga  oshirish  muhim  deb 

belgilangan: 

Majburiy  umumiy  o’rta  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga,  shuningdek 

o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan ta’limga 

o’tishni to’liq amalga oshirish; 

Ta’lim muassalarining maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan 

to’ldirish, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltirish; 

Ta’lim 

muassasalarining 

moddiy 

texnika 


va 

axborot 


bazasini 

mustahkamlashni  davom  ettirish,  o’quv  tarbiya  jarayonini  yuqori  sifatli  o’quv 

adabiyotlari  va  ilg’or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta’minlash,  uzluksiz  ta’lim 

tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish. 

Bu 

bosqichda 



ta’lim 

xizmati 


ko’rsatish 

bozorini 

shakllantirish 

mexanizmlarini to’liq ishga solish lozim. Ikkinchi bosqichda belgilangan vazifalar 

bajarilib, hayotga tadbiq etildi. 

Uchinchi  bosqich  2005  va  undan  keyingi  yillarni  o’z  ichiga  qamrab  olgan 

bo’lib unda to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni 

ijtimoiy  iqtisodiy  rivojlantirish  istiqbollariga  muvofiq  kadrlar  tayyorlash  tizimini 

takomillashtirish va yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan.  

Bunda  ta’lim  muassasalarining  resurs,  kadrlar  va  axborot  bazalari  yanada 

mustahkamlanishi  o’quv  tarbiya  jarayonini  yangi  o’quv  uslubiy  majmualar  ilg’or 



pedagogik  texnologiyalar  bilan  bilan  to’liq  ta’minlanishi,  elita  oliy  ta’lim 

muassalari qaror topishi ko’zda tutilgan.  

O’zbekiston  Respublikasida  ta’lim  tizimini  yanada  rivojlantirish,  kadrlar 

tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish maqsadida so’nggi yillarda bir qator chora-

tadbirlar ishlab chiqildi, me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. ular quyidagilar: 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  PF-4947-son 

“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi 

to’g’risida”gi Farmoni.  

O’zbekiston  Respublikasining  2016  yil  14  sentyabrda  qabul  qilingan 

“Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonuni O’RQ-406-son.  

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Yoshlarni  ma’naviy-axloqiy  va 

jismoniy  barkamol  etib  tarbiyalash,  ularga  ta’lim-tarbiya  berish  tizimini  sifat 

jihatdan  yangi  bosqichga  ko’tarish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  2018  yil  14 

avgustdagi PQ-3907 qarori. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Oliy  ta’lim  tizimini  yanada 

rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  2017  yil  21  apreldagi  PQ-2909-son 

qarori. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va 

tarqatish  tizimini  takomillashtirish,  kitob  mutolaasi  va  kitobxonlik  madaniyatini 

oshirish  hamda  targ’ibot  qilish  bo’yicha  komissiya  tuzish  to’g’risida”gi 

Farmoyishi.  

Prezidentimiz  tomonidan  ijtimoiy  va  ma’naviy-ma’rifiy  sohalarga oid beshta 

muhim tashabbus ilgari surildi. Ular quyidagilar: birinchi tashabbus – yoshlarning 

musiqa,  rassomchilik,  teatr  va  san’atning  boshqa  turlariga  qiziqishni  oshirish,  o’z 

qobiliyatlarini  namoyon  qilishga  ko’maklashish;  ikkinchi  tashabbus  –  yoshlarni 

jismoniy chiniqtirish, sport bilan shug’ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish; 

uchinchi  tashabbus  –  aholi  va  yoshlarning  kompyuter  texnologiyalari  hamda 

internetdan  foydalanish  ko’nikmalarini  oshirish;  to’rtinchi  tashabbus  –  yoshlar 

ma’naviyatini  yuksaltirish,  ular  o’rtasida  kitobxonlikni  keng  targ’ib  qilish; 

beshinchi  tashabbus  –  xotin-qizlarni  ish  bilan  ta’minlash  uchun  qo’shimcha 

imkoniyatlar yaratish. 



 


Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin