Мирза Улугбек Номидаги Узбекистон Миллий Университети



Yüklə 214,43 Kb.
səhifə1/4
tarix21.04.2022
ölçüsü214,43 Kb.
#115439
  1   2   3   4
mohigul 1 tibbiyot

Мирза Улугбек Номидаги Узбекистон Миллий

Университети

Биалогия Факультети

Хашротлар Экологияси

фанидан

ЭССЕ


Мавзу: Тиббийотдаги ахамиятига ега хашаротлар :

хашарот турини номи odam burgasi

Бажарди;

3-курс Биалогия йуналиши

Талабаси Sharofova Mohigul

Текширди;

Доп.Муминов Б.А

2021\2022укув йили



Odam burgasi

Reja;

1.Morfologiyasi

2. Bioekologiyasi

3. Zarari

4. Tarqalishi

5. Adabiyotlar



Morfologiyasi

Burgalar (Aphaniptera) turkumiga 1400 dan ortiq tur kiradi. MDH da 400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to'liq metamorfoz bilan rivojlanadigan qanotsiz hasharotlar bo'lib, ular asosan obligat gematofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar 235 va sutemizuvchilarda, shu jumladan, odamda) qon so'rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda burgalarning 310 ta turi aniqlangan. Burgalar mayda ektoparazit bo'lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. Tanasi ikki yonidan siqilgan bo'lib, to'q sariqdan to jigarranggacha bo'lishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. Kutikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo'ladi. Mana shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan bo'ladi. Tukchalar burgaga xo'jayinningjun vapatlari orasida erkin harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Бургалар иссиқ қонли ҳайвонларнинг ва одамларнинг эктопаразитлари бўлиб, уларнинг қони билан озиқланади. Burgalarning ko'zlari va sanchibso'ruvchi og'iz apparati boshida joylashadi. Og'iz apparati quyidagicha tuzilgan: 1 juft pastki jag'lar uzun ingichka plastinkalar shaklida tuzilgan bo'lib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida so'lak bez-lari nayi va 1 juft kalta pastki jag' paypaslagichlari joylashgan. Yuqori labi o'zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab reduksiyalangan, shunday bo'lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi taraqqiy etgan. Ular tarnovsimon bo'lib, bir-biriga zich taqalib turadi, natijada, sanchuvchi apparat qanotlari g'ilofini hosil qiladi. Ko'krak qismida 3 juft oyoqlari bo'lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bo'g'imdan tashkil topgan bo'lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segmentlarining ikki yonida stigmalar ko'rinadi. Burgalar ayrim jinsli, ular jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz kichikroq va qorin bo'limining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo'ladi, shu joyda murakkab kopulyativ apparati joylashgan. Urg'ochilarining jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar urug' qabul qiluvchi pufakcha ko'rinishida tuzilgan. Urg’ochilari hayoti davomida 450 tadan 2500 tagacha tuxum qo’yadi, bir qo'yganda tuxumiar soni 6-10 tagacha boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy bo'lgan joylarga, ya'ni pol tirqishlariga, to'shamalar ostiga, quruq axlatxonalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qo'yadi. Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez davri 3 kundan 15 kungacha davom yetadi, bu esa burgalarning turiga va tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa, harorat va namlikka bog'liq. Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan, oyoqsiz bo'lib, ikki qanotlilar lichinkasiga o'xshash bo'ladi. Lichinkalar chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida g'umbakka aylanadi. Tabiatda shunday burgalar borki, hatto vaqtincha bo'lsa ham ilonda, ba'zilari esa hasharotlarning lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk burgasi (Ctenocephalides felis), itlarda it burgasi (Ctenocephalides canis), odamlarda odam 236 burgasi (Pulex irritans), kalamushlarda kalamush burgasi (Xenopsylla cheopis) parazitlik qiladi. Lekin, ular odamga ham hujum qiladi. Kalamush va odam burgalari odamlarga o'lat (chuma) va terlama kasalligining qo'zg'atuvchilarini yuqtiradi. Bu og'ir kasalliklarning mikroblari kasal odamlar, kalamushlar va burgalarning axlati orqali odam terisiga tushib qolsa, uning tirnalgan joyidan qonga o'tib, ko'paya boshlaydi.


Yüklə 214,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə