Pnevmatik yuritmalar qo’zg’almas, tebranma va aylanuvchan pnevmotsilindrlar (5.1a rasm), pnevmokameralar, silfonlar (5.1v rasm) ko’rinishlarida moslamalarda ishlatiladi. Keyingi vaqtlarda ko’p o’rinli mayda detallar o’rnatiladigan moslamalarda trubkasimon diafragmali pnevmatik yuritmalar ishlatilishi ham boshlangan (5.1b-rasm). Pnevmotsilindrlar bir tomonlama (5.1a-rasm) va ikki tomonlama ishlaydigan qilib tayyorlanishi mumkin.
rasm. Pnevmotsilindrlar.
Pnevmatik yuritmalardan moslamalarda keng foydalanishning sabablari ularning qator afzalliklaridir:
1.Tez ishlashi (sekundlar qismlari davomida);
2.Konstruktsiyali va boshqarish soddaligi;
3.SHtokdagi kuchning stabilligi;
4.Ishonchliligi;
Lekin bu yuritmalar ishlatilganda ularning kamchiliklarini ham hisobga olish kerak:
1.SHtokning notekis xarakatlanishi;
2.Gabaritlari kattaligi;
3.Xavo chiqarilayotgandagi shovkin .
Porshenli tsilindr bilan birikish joyida va shtokni tsilindrdan chiqish joyida xalqa V-shaklidagi rezina zichlashtirgichlar o’rnatiladi. Agar zichlashtirgich sifatida xalqa ishlatilsa tsilindr sirti Ra 0.32 1.25mkm tozalikda ishlanishi kerak. TSilindr bilan porshenni birikish joyida V-shaklidagi zichlashtirgich o’rnatilsa, H11/d11 yoki H12/b12 o’tkazish bo’yicha, xalqa shaklidagi zichlashtirgich o’rnatilsa H7/f7 yoki H9/f9 o’tqazishlari bo’yicha tayyorlanadi.
Xalka shaklidagi zichlashtirgich ishlashi uchun birikma yaxshi moylanib turishi kerak.
Pnevmotsilindr shtokidagi kuch quyidagi formulalardan topiladi: