Davlat ramzlari



Yüklə 25 Kb.
tarix30.11.2022
ölçüsü25 Kb.
#120190
Davlat ramzlari


Davlat ramzlari — muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, anʼanalari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. D.r. mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini oʻzida mujassamlantiradi. D.r.da xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. D.r. konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilab qoʻyiladi. Davlat bayrogʻi, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshligʻining shtandarti (bayrogʻi), davlat muxri, davlat shiori asosiy D.r. hisoblanadi. "Oʻzbekiston Respublikasi" nomi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, oʻzbek tili, Oʻzbekistonning oʻz bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, poytaxti (Toshkent shaxri), Oʻzbekistonning davlat mukofotlari va unvonlari, milliy valyutasi(soʻm), umumxalq bayramlari mustaqil oʻzbek davlatining yorqin timsollaridir.
Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin