Odam jinsi va belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə1/11
tarix14.12.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#121002
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-prezintatsiya

Odam jinsi va belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi.

  • Reja:
  • 1.Jins tushunchasi
  • 2.Odam jinsini aniqlash.
  • 3.Odam jinsi differensiyatsiyasi.
  • 4.Odamda jins bilan birikkan holda irsiylanishi.
  • 5.Odam jinsiga gormonlarning ta`siri.
  • 6.Odam jinsi bilan bog`liq irsiy kasalliklar.

  • 1.JINS TUSHUNCHASI.
  • Baktеriyalar, tuban o’simliklar, hayvonlarda jins bo’lmaydi. Shunga ko’ra ular bo’linish orqali ko’payadilar. Organik olam evolyutsiyasining ma'lum bosqichida yеr yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo’lgan. Ayrim jinsli organizmlarning paydo bo’lishi katta biologik ahamiyatga ega. Charlz Darvin ta'kidlashicha o’z-o’zidan chatishish biologik jihatdan ziyon, chеtdan chatishish esa foydalidir. Odatda organizmlar chеtdan chatishganda avlodlarda ota-ona organizmlarga nisbatan irsiy axborotining xilma-xilligini orttirish ro’y bеradi. Bu esa ularning o’zgargan muhit sharoitiga moslanishida katta imkoniyatlar yaratadi.
  • Jins muammosi bilan odamzot qadimdan mashg’ul bo’lib kеlishiga qaramay, faqat gеnеtika fan sifatida shakllangandan so’ng bu muammo o’z yеchimini topdi.
  • Jins-organizmning gamеtalar hosil qilish orqali nasl qoldirish, irsiy axborotni kеlgusi avlodga uzatishni ta'minlaydigan bеlgi va xossalar majmuasidir.
  • Har xil jinslarni farqlantiruvchi belgi xossalar odatda birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarga bo’linadi.
  • Birlamchi jinsiy belgilarga organizm-larning ichki va tashqi a’zolari,ularning rivojlanishini ta’minlovchi morfo- fiziologik xossalar kiradi.
  • Ikkilamchi jinsiy belgilarga gametalar hosil etishda qatnashmasa erkak va urg’ochi organizmlar qo’shilishini va urug’lanishini ta’minlamasa ham jinsiy ko’payishda bilvosita rol o’ynaydi.
  • Odamning ikkilamchi jinsiy belgilariga erkaklarda soqol,mo’ylov bo’lishi,skelet gavda tuzilishining yirikligi,tovushning yo’g’onligi va boshqalar kiradi.Ular birlamchi jinsiy organlar tomonidan ajralgan gormonlar ta’sirida rivoj-lanadilar.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin