1-ma’ruza. “Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” faniga kirish.
Reja:
1. Axborot texnologiyalari va asosiy tushunchalar
2. Shaxsiy kompyuterlarning rivojlanib borish tendensiyalari
.
2.1. Axborot texnologiyalari: tasnifi va rivojlanish istiqbollari
2.2. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari moddiy
resurslarni qayta ishlash
texnologiyasining analogi sifatida.
2.3. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalari evolyutsiyasi.
3. Axborot ‒ kommunikatsiya texnologiyalarini milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarida
qo’llash.
4. Nazorat savollari.
1. Axborot texnologiyalari va asosiy tushunchalar.
Axborot texnologiyalari (AT) – bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash
yo’lidir. AT informatikaning
predmeti hisoblanadi
, hamda boshqaruv amaliyotini o’tkazishni,
ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishini,
ularning texnik revojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotning Yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
AT - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va Shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik
vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan hisoblanadi.
AT fan sifatida metodologik va uslubiy holatlarni tashkillashtirish, instrumental - texnik
vositalardan foydalanish usullari va h.k. o’z ichiga oladi. Yangi ilmiy bilimlarni aniq axborot
texnologiyalariga transformatsiya qilinishi ‒ fan sifatida axborot texnologiyalarining asosiy
vazifasi hisoblanadi.
Axborot atamasi lotincha “Informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’zbekchada
tushuntirish, tanishtirish, bayon etish degan ma’nolarni anglatadi.
O’z navbatida, xabar- axborotni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval,
videotasvir, tovush va h.k ko’rinishlarda ifodalanadi.
Umuman olganda, axborot ‒ bu odamlar orasidagi, odamlar bilan eHM lar orasidagi, jonli
va jonsiz tabiat orasidagi ma’lumot almashinuvi bo’lib, keng ma’noda ilmiy tushunchadir.
Informatika bu – inson faoliyatining bir sohasi bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va
kompyuter yordamida uni qayta ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog’liq
bo’lgan jarayonlarning aloqadorligini o’z ichiga oladi.
“Informatka” so’zi dastlab, XIX asrning 60 ‒ yillarida Fransiyada vujudga keladi. U
informatsiya va avtomatika so’zlarini birlashtirishdan hosil bo’lib, “ma’lumotlarni avtomatik
qayta ishlash” degan ma’noni bildiradi. Ingliz tilida gaplashadigan mamlakatlarda u kompyuter
fani deb ataladi. Mustaqil fan sifatida informatika 40-yillar oxirida texnika, biologiya ijtimoiy va
boshqa sohalarda boshqalarning umumiy prinsplari haqidagi fan- kibernetika fani bazasida
vujudga keldi.
Informatika keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha
sohalarida axborotni kompyuter va telekomunikatsiyalar yordamida qayta ishlash, saqlash,
uzatish bilan bog’liq bo’lgan yagona sohadir.
Informatika ham xuddi fundamental fanlar singari kompyuterlar texnalogiyasi bazasidan
ixtiyoriy ob’yektlarni boshqarish jarayonlarining axborot ta’minoti metodologiyalarini, tadbiqiy
predmet sifatida esa insonning konkret ishlab chiqarish faoliyati doirasida axborot sistemalarini
yaratish bilan Shug’ullanadi.
Xususan, axborotning eng asosiy turlaridan biri – iqtisodiy axborotlardir. Uning oddiy
ma’lumotlardan farqli tomoni shundaki, u odamlarning katta jamoalari bilan, tashkilotlar bilan