21.09.2023 yil
3-MAVZU: Multisim dasturida yarimoʻtkazgichli diodlarni oʻrganish Ishni bajarish tartibi: Multisim dasturida 2.5- rasmdagi sxema yig‘ilsin. .
2.5- rasm. Diodning VAXni oʻrganish sxemasi.
Multisim dasturi kutubxonasidan diod tanlab olinsin, har bir kompyuterda turlicha diodlar boʻlishi kerak.
IDi UDkattaliklar oʻlchansin. U1 kuchlanish manbai kuchlanishi oʻzgartirilganda dioddan turlicha toklar oʻtadi, bu paytda dioddagi kuchlanish ham oʻzgaradi- voltamper xarakteristikasi (VAX) shu tariqa olinadi.
Mavzu: Multisim dasturida stabilitronlarni oʻrganish
Ishdan maqsad:
1. Stabilitron voltamper xarakteristikasini olish va oʻrganish
2. Stabilitrondan oʻtuvchi tok va unda hosil boʻluvchi quvvatni tekshirish.
Stabilitron - yarim oʻtkazgichli diod boʻlib, uning ishlash prinsipi p-n oʻtishga teskari kuchlanish berilganda elektr teshilish sohasida tokning keskin ortishi kuchlanishning uncha katta boʻlmagan oʻzgarishiga olib kelishiga asoslangan. Stabilitronning shartli belgisi 3.1.b –rasmda keltirilgan. Stabilitron sxemalarda kuchlanishni barqarorlash uchun ishlatiladi.