Mundarij a kirish II. Asosiy qism



Yüklə 54,17 Kb.
səhifə6/8
tarix13.05.2022
ölçüsü54,17 Kb.
#115886
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang`ich
Darsni yakunlash. Baholar e’lon qilinadi, vazifa beriladi, ilg’orlar
rag’batlantiriladi. She’rni o’rganish darslarida asosiy ish turi ifodali o`qish hisoblanadi. Ohquvchi she’rning asosiy (g’oyaviy) mazmunini tushunsagina, uni ifodali o’qiy oladi.

Shuning uchun she’rni tahlilida uning mazmunini o’quvchilarga tushuntirish


lozim. She’riy asarlarni tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil
qilishdagi ish turlaridan foydalanish mumkin. G’ayratiyning
“Boychechak”she’riy hikoyasi -mazmuni savollar yordamida gapirtirilishi mumkin. Ammo lirik she’rni tahlil qilish o`qituvchidan katta mahorat talab
qiladi. Lirik she’rni o`qish darsida eng asosiy ish turi uni xis-xayajon bilan
ifodali o`qishdir. She’r ifodali ohqilgach, undagi tushuntirilishi zarur bo`lgan
so’z va iboralar ikki-uch so`z bilan izohlanadi.
Bahordan berding darak,
Oson bo’lmadi kutmak.
Senga talpingach yurak,

Sevgan gulim, boychechak.


Yerdan tortqilab quyosh,
Siynang uzra qo’ydi bosh.
Yasantirding tog’-u tosh,
Chiroyda sen oy chechak.
She’rni o`qishdan oldin ba’zan unda tasvirlangan yil fasllari haqida
suxbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o`quvchilar bilishi
lozim bo`lgan voqealarni o’qituvchi - aytib beradi. Ba’zi she’rlarni o’qishga
o’quvchilarni uzoqroq tayyorlash, masalan G’ayratiyning “Boychechak”,
«Bahor» she’rlarini o`qishdan oldinroq tabiatni kuzatish, bog’ga, qir-adirlarga
ekskursiya o’tkazish maqsadga muvofiq.

Seni ko’rdim bog’larda,


Baxmal adir, tog’larda.
Yam-yashil o’tloqlarda,
Sen husnda boy chechak.
Boshlang’ich sinflarda kurgazmali ta’limning asosiy formasi lirik she’rni
ifodali o`qish hisoblanadi. Lirik she’rni zam, she’riy hikoyani ham o`quvchilar
hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muximdir. Shuning uchun she’r
birinchi marta o’qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. She’r
o`quvchilarga qanday tahsir qilgaini hisobga olish, bilish zarur. O’qituvchi
she’rni shunday ifodali o`qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini
anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq tahsir etsin.
Masalan,Yusuf Shomansurning “Kuz” shehrini ifodali o’qishdan
foydalangan holda ohqituvchining o’zi namuna sifatida quyidagicha o’qib beradi
Bizda yashab, qolmay armoni,
Uchib o’tar turna karvoni.
Er-u ko’kni qoplab suroni,
Xush qol, kuz!
Suvlar oqar sokin va tiniq, 17
Baliqlarning sharpasi aniq.
Eshitilar, oqshom suvga chiq,
Go’zal kuz!
O’qish oddiy bo`lishi kerak. Ohqiyotganda tabiiy zavk-shavk, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini kichik ovoz bilan soxta ifodalashga yo’l quymaslik zarur. Bolalar she’rni o’qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, she’r ritmini buzmasliklariga erishish lozim.
Bog’larda g’arq pishgan olmalar,
Yuzlarida shakar o’rmalar.
Terib olinadi tonnalar, Har gal kuz!
Hali bog’lar hosilga serob,
CHanoqlarda oltin behisob.
Demek, do’stlar, bizga ham shu tob,
Mahtal kuz!...
Biz 3-sinfda noan`anaviy shakldagi umumlashtiruvchi darsni tashkil etish
bo’yicha metodik tavsiyalarimizni quyidagi ishlanmamizda yoritib bermoqchimiz.
Mavzu: “Oltin kuz”bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi-takrorlash darsi
Darsning maqsadi:

1. O’quvchilarning bo’lim yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash. Kuz haqidagi dunyoqarashlarini kengaytirish.

2. O’quvchilarning vatanparvarlik, bahor-tabiat oldidagi burchini ado etish,
tabiatga muhabbat tuyg’usini ohstirish

3. O’quvchilarning savol-topshiriqlar ustida mustaqil ishlash, matn tuzish, asar yuzasidan xulosa chiqarish, mavzuga mos maqollar topish ko’nikmasini rivojlantirish

Darsnng turi: Bilimlarni mustahkamlash darsi.
Dars shakli: Noan’anaviy dars.
Darsning metodi: Suhbat, tarmoqlash, didaktik ohyinlar, muammoli o’qitish
metodlari.


Yüklə 54,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə