Mundarij a kirish II. Asosiy qism



Yüklə 54,17 Kb.
səhifə7/8
tarix13.05.2022
ölçüsü54,17 Kb.
#115886
1   2   3   4   5   6   7   8
Boshlang`ich
Darsning jihozi: Mavzuga oid rasmlar, o’quv materiallari.
Kutilayotgan natijalar: O’quvchilar “Oltin kuz”bo’limidagi o’rganilgan
asarlarni eslaydilar, ularning mavzulari, janrlariga kohra ohxshashliklarini
aniqlash, har bir yozuvchining badiiy mahoratini solishtirish kohnikmasini
egallaydilar. Bo’lim mavzusining mohiyatini anglaydilar.
Darsning borishi
I.Tashkiliy qisim.
II. Asosiy qism.
1. O’quvchilarni bo’lim yuzasidan umumlashtiruvchi takrorlash darsiga
qiziqtirish. Doskaga O’zbekistondagi kuz manzarasi bilan bog’liq diqqatga sazovor
joylar, bog’lar, tabiiy boyliklari, go’zal manzaralar suratlari ilib qo’yiladi.
Doskaga “Bir savolga besh javob” deb yozib qo’yiladi.
2. “Men nechun sevaman Ozbekistonni?” qo’shig’ni eshittirish. Qo’shiq
texnik vositalar orqali eshittiriladi.“Men nechun sevaman O’zbekistonni?”
qo’shig’ining matnidan parcha yozib qoyiladi:
Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Tuprog’in ko’zimga aylab tohtiyo ,
Nechun Vatan deya yer-u osmonni ,
Muqaddas atayman, atayman tanho?
3. Qo’shiq mazmuni yuzasidan suhbat.

*Qo’shiq matnining muallifi kim?


(Bu shehrning muallifi O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining sohzlarini ham
yozgan.)

*Qo’shiq nima haqida ekan ?

*Qoshiq qanday gap bilan boshlangan ?
(“Men nechun sevaman O’zbekistonni?” degan so’roq gap bilan boshlangan.)
4. Dars mavzusi bilan tanishtirish. O’qituvchi: Shoir she’rida “Vatanni
nima uchun sevishimiz lozim?” degan sohroqqa javob izlamoqda. Keling,
bugungi “ Ona bitta – Vatan yagona” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi
darsimizga shu nomni shior qilib, savolga javob izlaymiz. Bu savolga birdan
ortiq javob topishimiz mumkin. SHuning uchun darsimizni “Bir savolga besh
javob” shaklida ohtkazamiz .

1. 1-javobni topish. Topshiriq. Krossvordni tuzing va yeching. 1- javobni toping. Krossvord tuzishda vertikaliga harflar soniga mos katakchalar chizasiz.


1. Shoir Abdusaid Ko’chimov qalamiga mansub she’r.(“Bahordagi o’zgarish”)
2. Shoir Muhiddin Omon she’ri. (“Gulg’unchalarmiz”)
3. ”Marsdan kelgan odam “ asarining muallifi. (Turg’unboy G’oyobov)
4. ”Bolaligim seni sog’indim” asarida keltirilgan bozor nomi. (Xastimom)
5. Shu asarda keltirilgan Toshkentdagi qadimiy mahalla nomi. (Eski Johva)
6. ”Barkamol avlod” she’rida kimga “tole yor” deyilgan? (Yoshlarga – bolalarga)
7. Abdulla Oripovning she’ri. (“O’zbek noni”)
8.”Kichik Vatan “ asarida boboning ismi. (Jo’ra bobo)
9. Sepkilshohni mag’lub etgan pahlavon. (Meshpolvon)
10.”Vatanni sev” she’rining muallifi. (Oybek)
”O’quvchilar avvalo topshiriq javobini topadilar, so’ng tuzadilar.
“Tug’ulgan joy” kalit so’zini topadilar. 1-javob tarmoqlash usulida doskaga
yoziladi: “Vatanni tug’ilgan joyim bohlgani uchun sevaman”.
5. 2-javobni topish. *Tug’ilgan joy – uyimizning aziz ekanligi haqida qaysi
hikoyada gap boradi? (“Kichik vatan”) O’quvchilar quyidagi jumlani
topadilar: Ajdodlarim yashagan joy. “Vatanni ajdodlarimiz yashagan joy
bohlgani uchun sevamiz”.
6. Darslik bilan ishlash. Savol: *Yurtimizni “Allomalar yurti” deb
atashimizning sababi nimada? *Sohibqiron Amir Temur bobomizning vatan
oldidagi xizmatlari haqida nimalar bilasiz? *Bu mahlumotlarni qaysi asardan
bilib oldingiz? (“Bulbul chamani sevar, odam Vatani” asaridan bilib oldik.)

Xulosa.
O’qish darslari boshlang’ich sinf o’quvchilarini har tomonlam a komil


insonlar sifatida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.Bu jarayonni samarali
va qiziqarli amalga oshirishda turli ta’lim vositalarining o’rni beqiyos. O’qish
kitoblari o’z ichiga “Ona bitta, Vatan yagona”, “Xalq og’zaki ijodi”, “Oltin kuz”,
“O’tmishni o’rganish- burchimiz”,“Kumush qish”, “Vatan posbonlari”,
“Tengdoshlar”, “Ma’naviyat qalb quyoshi”, “Ulug’lardan o’rganmoq-oqillik”,
“Bahor manzarasi va mehnat”, “Tabiatni seving va asrang”, “Gohzal fazilat-
inson husni”,! 9-may-Xotira va qadrlash kuni!, “Yoz manzarasi va mehnat” kabi
bo’limlarni o’z ichiga oladi va bu bo’limlar mavsumiylik tamoyili asosida
tartiblangan.
Mazkur bo’limlardan o’rin olgan qiziqarli shehr, hikoya, ertak, maqol,
topishmoq va rivoyat, ilmiy ommabop asarlar bola yoshiga mos bo’lib, ular
o’quvchilarda Vatanga, tabiatga, mehnatga, milliy istiqlol g’oyalariga sodiqlik,
mehnatsevarlik, halollik, rostgo’ylik kabi sifatlarni shakllantirishda katta
tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyatga ega.

Turli ta’lim vositalari asosida “Yilnomadan” “Oltin kuz”,Tolib


Yo’ldoshning “Kuz kelganda”, Safar Anvar Obidjonning “So’nggi
axborot”,Mahmud Murodovning “Olma”, Yusuf Shomansurning “Kuz”, Malik
Murodovning “Bobur va kabutarlar”, “Er tagida ilon qimirlasa, biladi”Quddus
Muhammadiyning “Men dadamga yordamchi”, Hakim Nazirning “ Bebaho
boylik”, Nurmat Maqsudiyning “ Ilmli ming yashar”, O’tkir Hoshimovning
“Xazonchinak”, Abdusodiq Irisovning “Qo’shterak”,K.Ersarinning “Va’da
berdi” mavzularini samarali tashkil qilish imkoniyatlari mavjud..
“Yilnomadan” “Oltin kuz”,Tolib Yo’ldoshning “Kuz kelganda”,Safar Anvar
Obidjonning “So’nggi axborot”,Mahmud Murodovning “Olma”, Yusuf
Shomansurning “Kuz”, Malik Murodovning “Bobur va kabutarlar”, “Er tagida
ilon qimirlasa, biladi”Quddus Muhammadiyning “Men dadamga yordamchi”,
Hakim Nazirning “ Bebaho boylik”, Nurmat Maqsudiyning “ Ilmli ming yashar”,
O’tkir Hoshimovning “Xazonchinak”, Abdusodiq Irisovning
“Qo’shterak”, K.Ersarinning “Va’da berdi”.
Yuqorida nomlari zikr etilgan barcha asarlar bahor va mehnat temalari bilan
chambarchas bog’liq bo’lib maktab o’quvchilarini yilning eng ko’rkam fasli
hisoblanadigan bahor xususidagi fikrlarini kengaytirish, ularning nutqini
o’stirish, dunyoqarashini o’stirish nuqtai nazaridan muhim ta’limiy va ma’naviy
ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim vositalari yordamida bu
mavzularni o’qish asnosida bahor faslida tabiatda, insonlar orasida bo’ladigan
o’zgarishlar, mehnat jarayonlari, an’analar va milliy qadriyatlar bilan yaqindan
tanishish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Demak, ta’lim vositalari yordamida
bolalarda estetik did, o’zgacha bir shijoat va g’ayrat, hayotga muhabbat hislari,
so’z san’atiga oshnolik, shaydolik fazilatlari tarbiyalanadi.
Xulosa

Sinfdan tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq. Shuning uchun o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish talab etiladi. O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy – adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o‘qish tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari muqovasi, titul varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat hislarini uyg‘otish, ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy– estetik tafakkurini yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.

O‘qish mavzusi sinfda o‘qiladigan asarlar mavzusi bilan uyg‘unligiga, ta’lim tarbiya birligida, mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi. Asosan quyidagi mavzular rejalashtiriladi.

1. Gulla – yashna hur O‘zbekiston.

2. O‘zbekistonning qahramon o‘g‘lonlari.

3. Tabiat – bizning uyimiz.

4. Bola odobi bilan aziz.

5. Bilim ol, hunar o‘rgan.

Sinfdan tashqari o‘qishning asosiy vazifasi bolalarni mustaqil amaliy faoliyatga o‘rgatish, bilimini boyitish va o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirishdir. O‘qituvchilarga sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘qishlari zarur bo‘lgan kitoblar, ular bilan tanishish tartibi yuzasidan ko‘rsatmalar beriladi. Maktab kutubxonasi bilan birgalikda kitob ko‘rgazmalari tashkil etiladi.

Kitob muqovasi tituli, betlarini farqlay olish, asar muallifi, nomlarini, rassomlarni tanib, bilib olish. Rasm asosida asarlarning nima haqida ekanini, mazmunini aniqlashga erishish. O‘quvchilarning o‘qigan kitoblari ro‘yxatini yozib borishga o‘rgatish.

O‘quvchilarda muayyan mavzularda tavsiya etilgan asarlar ichidan kitob tanlash va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘qigan asari mazmunini qisqacha so‘zlab berishga o‘rgatish.





Yüklə 54,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə