Mundarija kirish xom ashyo va qo’shimcha materiallar tasnifi Texnologik sxema 12 Texnologik sxema tasnifi 13 Xom ashyo va qo’shimcha materiallar hisobi 21 Jihoz



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/7
tarix28.09.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#118021
  1   2   3   4   5   6   7
1-kurs ishi YANGI


MUNDARIJA

  1. Kirish 2

  2. Xom ashyo va qo’shimcha materiallar tasnifi 6

  3. Texnologik sxema 12

  4. Texnologik sxema tasnifi 13

  5. Xom ashyo va qo’shimcha materiallar hisobi 21

  6. Jihoz tanlash 25

  7. Texnik kimyoviy nazorat 30

  8. Tayyor mahsulotga qo’yiladigan talablar 31

  9. Foydalanilgan adabiyotlar 32


Kirish
Go‘sht va sut tayyorlash hamda ularni qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlar kishilarning kundalik hayotida juda katta ahamiyatga ega. Odamlarning ratsional ovqatlanishida ularning o‘rnini bosadigan mahsulotlar yo‘q. Binobarin, go‘sht, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlarga bo‘lgan talab va ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda.
Respublikamizda ko‘plab fermerlik va shaxsiy xo‘jaliklarning vujudga kelishi tufayli so‘nggi yillarda xalqimizni go‘sht, sut va ulardan tayyorlangan mahsulotlar bilan ta’minlash borasida birmuncha ijobiy natijalarga erishildi.
Mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri go‘sht va sutchilik hisoblanadi. Bu borada chorvador va texnologlarning tutgan o‘rni salmoqlidir.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlari tarkibida to‘la qimmatli oqsillar ko‘p bo‘lganligidan inson organizmi uchun u nihoyatda muhim va zarurdir. Inson organizmini energetik va plastik moddalar bilan ta’minlashda birorta oziq mahsuloti go‘shtning o‘rnini bosmaydi. Go‘sht oqsillari o‘simlik oqsillaridan bir necha baravar yuksak bo‘lganligi uchun ham u muhim energiya manbai hisoblanadi. Binobarin, uning insonlar oziq ratsionida tutgan o‘rni yuksakdir.
Ma’lumki, go‘shtning tarkibida muhim elementlar tayyor holda bo‘ladi. Binobarin, ular inson organizmida moddalar almashinuvi jarayonida ishtirok etadi.
Ma’lumotlarga qaraganda go‘sht miyaning o‘sishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Umuman har bir insonning sog‘lom, bardam va baquvvat bo‘lishida hayvon mahsulotidagi oqsil, yog‘, uglevod, mineral tuzlar va vitaminlar juda katta ahamiyatga ega.
Go’sht mahsuloti bo’lgan kolbasa aholi orasida katta talabga ega bo’lib kelmoqda. Hozirda barcha oziq-ovqat do’konlari va supermarketlarda turlab kolbasa mahsulotlarini ko’rkam qadoqlarda uchratish mumkin. Har bir savdo shahobchasida turli ishlab chiqaruvchilar nomi ostida sosiska, kolbasa, dudlangan go’shtlar keng assortimentda taqdim etilmoqda. Shunday xilma-xillikni ko’rgan haridor uchun ulardan birini tanlash mushkul vazifa bo’lmoqda.
Kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish oziq-ovqat sanoatida yuqori o’rinlardan birini egallaydi. Chunki gastronomik mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasi yetarlicha murakkab bo’lib, mahsus qurilmalar va hodimlarni yuqori darajada tayyorgarligini talab etadi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab oziq-ovqat xavfsizligi masalalari O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Natijada aholi jon boshiga asosiy turadagi oziq-ovqat mahsulotlari – g‘alla, go‘sht, sut, tuxum va meva-sabzavot mahsulotlari etishtirish va ularning qayta ishlangan hajmlari keskin ko‘paydi, va, buning natijasida, oziq-ovqat mahsulotlarining barcha asosiy turlarini mamlakatning o‘zida ishlab chiqarish amalda to‘liq ta’minlanib, yurtimizda oziq-ovqat mustaqilligiga va xavfsizligiga erishildi.
Bu, O‘zbekistonning mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuqlaridan biri bo‘ldi. Chunki, oziq-ovqat mustaqilligiga va xavfsizligiga erishmay turib, siyosiy sohada tom ma’nodagi mustaqillikka erishib bo‘lmaydi.
«O‘zgo‘shtsutsanoat» davlat uyushmasi «Toshkentgo‘sht» va «Toshkentsut» aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatini yanada barqarorlashtirish, ularning samaradorligini oshirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish hamda raqobatbardoshli va yuqori sifatli go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish asosida «Toshkent shahri aholisini go‘sht va sut mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi vazirlar Mahkamasi 1999 yil 2 iyul, 323-son qaror qiladi.
Unga ko‘ra tayyor go‘sht-sut mahsulotlari narxlarini pasaytirish maqsadida «O‘zgo‘shtsutsanoat» davlat uyushmasining go‘sht-sut mahsulotlari kombinatlariga import qilinadigan quruq sut, go‘sht qiymasi, kolbasa va sosiska po‘sti, ziravorlar va go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan boshqa yordamchi materiallarni sotayotgan ulgurji savdo korxonalariga yuqoridagi tovarlarni respublika hududiga olib kirishda ular tomonidan to‘langan qo‘shimcha qiymat solig‘ini ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qo‘shimcha qiymat solig‘ini hisoblab chiqarishda ko‘rsatib o‘tilgan summalarni hisobga olish uchun 1999 yil 1 iyuldan boshlab schyot-fakturalarda alohida satrda ajratib ko‘rsatishga ruxsat berilsin.
Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga, «Toshkentgo‘sht» va «Toshkentsut» aksiyadorlik jamiyatlariga hamda «O‘zgo‘shtsutsanoat» davlat uyushmasining Toshkent viloyatidagi bo‘rdoqichilik xo‘jaliklariga qoramol, go‘sht va sut etkazib berish va ularni qayta ishlash uchun, shuningdek mazkur mahsulotlarni Toshkent shahri aholisiga va boshqa iste’molchilariga sotish yuzasidan shartnomalar tuzish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatsinlar.
Prezident Islom Karimovning 2011 yil 30 martdagi “O‘zulgurjisavdoinvest” uyushmasi tuzilmasini isloh qilish va faoliyat samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarori tizimdagi korxona va tashkilotlar faoliyatini yanada faol tashkil etib, ichki iste’mol bozorlarimizni fermer, dehqon va tadbirkorlarimiz tomonidan etishtirilayotgan mahsulotlar bilan to‘ldirish, ular savdosini uyushqoqlik bilan tashkil etish va eksport hajmini oshirishda muhim omil bo‘lgani ta’kidlandi.
Shuningdek, oziq-ovqat zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida o‘nlab chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur xo‘jaliklarda qoramol va qo‘ylar hamda tovuqlar ko‘paytirilmoqda. Bu esa aholini go‘sht, sut va tuxum mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga oziq-ovqat mahsulotlari narxini arzonlashtirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda 500 ming tonna go‘sht zaxirasi tayyorlangan.
Anjumanda asosiy vazifa respublikamiz aholisini ijtimoiy muhim va boshqa mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish, qayta ishlash hisobiga oziq-ovqat zaxirasini ko‘paytirish va iste’mol bozori xavfsizligini ta’minlash ekani qayd etildi.
Sohadagi islohotlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish maqsadida 2011 yil 31 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvni tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi iste’moli uchun uzluksiz va etarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari etkazib berish maqsadida 2012-2015 yillarda jami 312 ta meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilab qo‘yilgan. Shu jumladan, 169 ta yangi korxona qurish va 143 ta mavjud korxonani rekonstruksiya va modernizatsiya qilish rejalashtirildi. Ularning ijrosi ta’minlanishi natijasida mamlakatimizda 63,1 ming tonna meva-sabzavot, 16,5 ming tonna go‘sht mahsulotlari, 45,7 ming tonna sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlari tashkil qilinadi.


Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin