Kitob kimlar uchun?
Bu kitob asosan quyidagi toifa insonlar uchun mo’ljallangan.
- Turk tilini mutlaqo boshidan o’rganmoqchi bo’lganlar uchun.
- Turk tilini oz biladigan va bu tilni yanada mukammal o’rganmoqchi bo’lganlar uchun.
- Turkiyaga borish oldidan bu tilni tezkor o’rganish istagida bo’lganlar uchun.
- Kitobdan turk tilini o’rgatuvchi o’qituvchilar ham qo’llanma
sifatida foydalanishlari
mumkin.
- Turk tilidagi kitoblarni o’qiy olish, turkcha filmlarni anglash istagida bo’lganlar
uchun
va hokazo.
Kitobdan qanday foydalanish mumkin ?
Bu kitob orqali siz Turk tilini mustaqil o’rganishingiz ham mumkin. Agar
ustoz
yordami bilan o’rgansangiz yanada oson o’rganasiz. Ammo ustoz
topa olmasangiz bu
kitobni diqqat bilan o’rganishingiz lozim. O’zingizga har kun bir
soat ajrating va shu
soat ichida bir kunlik darsni o’qib o’rganing. Shuni unutmang-ki, bir kunning darsini
to’liq o’qimay turib keyingi darsga o’tmang. Kitobda ba’zi so’zlarni rus tilidagi
tarjimasi ham qo’shib yozildi. Chunki ko’p kishilar bu so’zlarga odatlanib asl
o’zbekchasini ishlatmay qo’yganligini hisobga oldik. Masalan: “o’rindiq” so’zi bilan
birga “kreslo” so’zini birga yozdik.
Kitobda har kunlik yodlash uchun so’zlar mavjud. Siz bu so’zlarni yodlagach
mashqlarni bajarasiz. Berilgan matnlarni o’qiysiz. Iloji bo’lsa
matnlarni ovoz chiqarib
o’qing. Kitobdan foydalanish davomida turk tilidagi filmlari yoki multfilmlarni
tomosha qilsangiz o’rganish yanada qiziqarli bo’lib talaffuzni ham o’rganasiz. Turkcha
film yoki multfilmlarni internet saytlaridan topishingiz mumkin.