Mustaqil ish Mavzu: XI-XV asrlarda Fransiya Bajardi: Qurbonov Hakimjon Toshkent 2021



Yüklə 91,17 Kb.
səhifə1/12
tarix05.04.2022
ölçüsü91,17 Kb.
#115144
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
fransiya xi xv asr

Mustaqil ish

Mavzu:XI-XV asrlarda Fransiya

Bajardi:Qurbonov Hakimjon

Toshkent 2021

G’arbiy Yevropada siyosiy markazlashishning boshlanishi. XI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran shaharlarning va tovar pul xo’jaligiining rivojlanishi zaminida G’arbiy Yevropada siyosiy markazlashish jarayoni boshlandi. Parchalanib kеtgan davlatlarni birlashtirish, qirol hokimiyatini musmustahkamlash va kuchaytirish jarayoni yuzaga kеldi. “Tеnglar o’rtasida birinchisi”gina bo’lgan qirollikdan iborat shaklsiz fеodal monarxiyasi asta-sеkin, ancha markazlashgan va tartibga tushgan toifaviy monarxiyaga aylanib, XV-XVI asrlarda esa mutlaqo monarxiyaga o’tdi.

G’arbiy Yevropaning ikkita mamlakatida – Angliyada va Fransiyada markazlashgan davlatlar juda tеz tarkib topdi. Bu mamlakatlarda siyosiy markazlashish jarayoni, asosan XIII - XV asrlardayoq tugallanadi.

Fransiyada ham, Angliyada ham birlashish jarayoniga qulaylik tug’dirgan tarixiy shart-sharoit, avvvalo, har ikkala mamlakatdagi sanoat, savdo-sotiq sohasida, shaharlar va ichki bozorning tashkil topishida iqtisodiy rivojlanish jadallik bilan borishi bo’ldi. Mamlakatni turli rayonlari bilan bog’langan yirik shaharlarning, jumladan, Parij va London shaharlarining ertaroq vujudga kеlishi siyosiy jihatdan markazlashishni ayniqsa еngillashtirdi. U yoki bu mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi zaminida kuchli uchinchi toifa – shaharliklar maydonga kеldi. Aholining barcha guruhlari orasida shaharliklar tarqoq fеodal monarxiyasini tеpaga chiqarishga va mamlakatda mustahkam “qirollik osoyishtaligi”ni ta'minlashga qurbi еtadigan markazlashgan qirolikka aylantirishdan juda manfaatdor edilar.


Yüklə 91,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə