Mustaqil ishi mavzu: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining roli. Fan nomi: Guruh: Bajardi



Yüklə 137,89 Kb.
səhifə1/5
tarix01.02.2023
ölçüsü137,89 Kb.
#122866
  1   2   3   4   5
Нигманов Хожиакбар


MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining roli.
Fan nomi:
Guruh:
Bajardi: Nigmanov Hojiakbar
Tekshirdi:

Toshkent - 2023




Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobining roli.


Reja:
1. Kirish.
2. Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va uning turlari.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining o’rni.
4. Buxgalteriya hisobining predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yilgan talablar.
5. Qisqa xulosalar.



1.Kirish
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subektlarning paydo bo‘lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat bilan xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiymoliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.
Iqtisodiyotni chuqurlashtirish jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy faoliyatini makro va mikro darajada tahlil qilib, kelgusida ishlab chiqarish (ish va xizmat) ning hajmini bashoratlash, shuningdek, samaradorlikka erishishida buxgalteriya hisobining o’rni katta ahamyatga ega.



  1. Xo‘jalik hisobi haqida tushuncha va uning turlari.

O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyoti bozor munosabatlarini erkinlashtirish yo‘li orqali rivojlanmoqda. Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish, davlat mulkini xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish, mulkchilikning turli - tuman shakllaridagi korxonalarini yaratish hamda sog‘lom raqobatchilikni rivojlantirish asosida amalga oshiriladi. Yirik ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sifatli ishlab chiqarishni va boshqarishni talab qiladigan raqobatsiz rivojlana olmaydi.
Korxonalarni boshqarish, uning oldiga qo‘yilgan reja ko‘rsatkichlariga doir vazifalarni bajarish maqsadida xo‘jalik faoliyati ustidan kundalik kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish va boshqarish xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.
Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish hamda ishlab chiqarishning borishini boshqarish maqsadida axborotlarni olish uchun faqat kuzatuvni amalga oshirishning o‘zi kifoya qilmaydi. Olingan ma’lumotlarni o‘lchash, ya’ni menejerlarga zarur bo‘lgan ma’lum bir miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalash lozim bo‘ladi. Undan so‘ng bu ko‘rsatkichlar boshqarishga zarur bo‘lgan yo‘nalishda axborotni guruhlash, korxonalar faoliyatini keyinchalik baholash va axborotning saqlanishini ta’minlash hamda auditni tashkil qilish maqsadida hisobning tegishli registrlarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Demak, hisob deganda olingan ma’lumotlardan ma’lum bir amaliy yoki ilmiy maqsadlarda keyinchalik foydalanish uchun yoki boshqa voqealar, harakatlar, dalillarni qayd etishni tushunmoq kerak.
Shuningdek O’zbekiston Respublikasining “Buxgateriya hisobi” to’risidagi qonunining (yangi tahriri)

Yüklə 137,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin