«навруз» тадбири



Yüklə 45 Kb.
səhifə1/2
tarix04.06.2022
ölçüsü45 Kb.
#116613
  1   2
«Navro’z»-tadbiri-senariysi-1
AFRIKA

«Navro’z» tadbiri

Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz ustozlar, ko’ngli mehrga to’la opa singillar, bir-biridan shirin bolajonlar!


Mana bugun o’lkamizda bahor, Navro’zi olam.
Bahor muborak aziz mehmonlar,
Navro’z muborak aziz ustozlar.
Bog’larda maysalar unib chiqmoqda.
Ariqlarda suvlar to’lib oqmoqda,
Bodom gullari hidi olamga hush bo’yini taratmoqda. Quyosh zamin uzra o’z nurini yanada yorqinroq taratmoqda. Bularning barchasini bahor faslining eng go’zal eng tarovatli umumxalq bayrami Navro’zi olam sharofatidandir.
Ushbu tarovatli, shukuhli bayram Navro’zi olam xammangizga muborak bo’lsin.
Tun va kun tenglashadigan, xamma bahorni, Navro’zni intiqib kutgan ushbu bayram bilan men siz azizlarni, aziz ustozlar, mutabar opa-singillar, qalbi mehrga to’la kasbdoshlarim va jajji bolajonlarimni bayram bilan chin yurakdan tabriklab muborakbod etaman.
Hozir men tarbiyachilik qilayotgan 3- o’rta guruh bolalari tayyorlab kelgan Navro’z bayrami tadbirini ochb berish va tabriklash uchun so’zni mudiramiz Yo’ldasheva Sevaraxonga beraman.
1-bola Rizo yugurib chiqadi: He, he, he, hey
2-bola Zumrad odamlaru odamlar, bog’da yurgan odamlar eshitmdim demanglar, bugun yurtimizda Navro’zi olam. Bugun bog’chamizda Navro’zi olam xammalaring kelinglar. O’ynagani kelinglar, quvnagani kelinglar.
Musiqa sadolari ostida raqsga tushib kirib borib joylariga turishadi.
Hamma bolalar: Assalom ona zamin,
Assalom sahiy quyosh.
Assalom go’zal bahor,
Assalom Navro’zi olam.
Boshlovchi: Mana, aziz mehmonlar, aziz bolajonlar o’lkamizga bahor nafasi. Hamma yoq go’zal, chiroyli, maysalar unib chiqdi, bahorni maqtab qushlar sayramoqda, daraxtlar kurtaklarini ochmoqda. Hozir bolajonlar bahor haqida qo’shiq kuylab berishadi.
Bahor qo’shig’i: Atrof yam – yashil bahor chog’ida,
O’sibdi gullar Batan bog’ida.
Bahorni maqtab qushlar sayraydi,
Bahor qo’ynida barcha yayraydi.
Gullar sayliga quvnab yelamiz,
To’yib husnidan o’ynab kulamiz.
Bolalar ijrosida she’rlar yangraydi:
Men bahorman bahorman.
Qalbi toza nahorman.
Men-la Navro’z keladi,
Olam nurga to’ladi.
Rizoxon: Assolom yuzlari yorug’ Navro’zim,
Assalom tong kabi porloq Navro’zim.
Assalom Yurtimning o’g’il-qizlari,
Assalom ertaning yorug’ yuzlari.
Zumradxon: Salom Navro’z gul Navro’z,
Guldek kulib kel Navro’z.
Endi bizning o’lkamizda,
Bir umrga qol Navro’z.

Rizoxon: Boychechak chiqibdi bugun Navro’z ekan,


Hamma bir biriga jigar so’z ekan.
Olam ham borobar kecha-kunduz ekan,
Boychechak chiqibdi bugun Navro’z ekan.
Shu payt Bahoroy siymosidagi qiz dugonalari bilan Navro’zoy, Maysaoy, Suvsuloy bilan kirib keladi va ularni tanishtiradi.
Bu dugonam – go’zal Navro’zoy
Bu dugonam – Maysaoy
Bu dugonam – Suvsuloy
Men ularsiz go’zal Bahoroy bo’lolmayman
Boshlovchi: Go’zal Bahoroy bog’chamizga dugonalaringiz bilan kelib bizni xursand qildingiz. Dugonalaringiz bilan bahor, Navro’z haqida she’rlar aytib berasizlarmi?
Bahoroy: Xa, albatta aytib beramiz
O’g’ilxon: Salom Navro’z gul Navro’z,
Guldek kulib kel Navro’z.
Endi bizning o’lkamizda,
Bir umrga qol Navro’z.

Mumtozbegim: Keldi bahor gul bahor,


Erib bitdi opoq qor,
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Bibixon (Maysaoy):
Men bahorman bahorman.
Qalbi toza nahorman.
Men-la Navro’z keladi,
Olam nurga to’ladi.
Anora (Suvsuluv):
Suvsuluvman suvsuluv,
Zaminning jonu dili.
Obihayot atalmish,
Insonning rizqu ro`zi.
Suv bilan ko`klar olam,
Suv bilan hayot go`zal
Suvlarimiz ko`p bo`lsin
Hosilimiz mo`l bo`lsin.
Boshlovchi: Raxmat Baxoroy ,raxmat Navro`zoy hamisha olam guliston bo`lsin , boglarimiz gulga, xonadonimiz donga to`lsin. Mana bu yerga o`tirib olinglar marxamat.
Aziz mexmonlar, jajji bolajonlar Navro`z qadimiy bayram hisoblanib bu kunda katta katta dosh qozonlar osilib unda sumalaklar, xalimlar, ko`k somsa-yu, chuchvaralar pishirilib barcha elu xalqga tarqatilgan. Bu udum hozirgacha saqlanib qolgan. Hozir bolajonlar sumalak xaqida qo`shiq kuylab beradilar.
Sumalak” qo`shig`i
Vaqir vuqur sumalak,
Shaqir shuqur toshlari
Chasir chusur olovi
Yuzing qizil qiladi

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə