Ne’matova mohina g’ayrat qizining



Yüklə 67,88 Kb.
səhifə1/13
tarix21.12.2022
ölçüsü67,88 Kb.
#121575
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Nèmatova Mohina


O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI PEDGOGIK TA’LIM FAKULTЕTI BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI KAFEDRASI 5111700- BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO’NALISHI

9-12BTUSS 19 GURUH TALABASI



NE’MATOVA MOHINA G’AYRAT QIZINING

MATEMATIKA ÒQITISH METODIKASI FANIDAN



BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TAYANCH KOMPITENSIYALARINI RIVOLANTIRISH METODIKASI MAVZUSIDAGI


ILMIY RAHBAR D.N. XAYRULLAYEVA



Buxoro-2022.


MUNDARIJA
Kirish.....................................................................................................3


I.BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA O’QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV

1.1 Umumta’lim fanlari bo’yicha Davlat Ta’lim Standartlari …………...7


1.2.Matematika o’qitishda kompetensiyaviy yondashuv.....................9




II.BOBBOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA YUZLIK KONSENTRIDA ARIFMETIK AMALLARNI O’RGATISH ORQALI O’QUVCHILARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.


2.1 Boshlang’ich sinf matematika darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish masalalari…………………………………………………15

2.2.Boshlangi’ch sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy va rivojlantiruvchi maqsadi...............................................................................17

2.3. Yozma va og’zaki hisoblashda pedagogik texnologiyadan foydalanish……………………………………………………………….….29
Xulosa.....................................................................................................37


Foydalanilgan adabiyotlar.....................................................................40

KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrdanoq, jahon taraqqiyotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan milliy ma’naviyatimiz asosida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish bosh maqsad etib belgilandi. Ushbu buyuk maqsadga erishishda asosiy e’tibor yosh avlodni barkamol, ma’naviy va jismoniy sog‘lom, yuqori malakali kasb egasi qilib tarbiyalashga qaratilgan. Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “…bugungi kunda oldimizga qo‘yilgan buyuk maqsad, ezgu niyatlarimizga erishishimiz, jamiyatning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohot, rejalarimizning samarasi, taqdiri‒bularning barchasi, avvalambor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog‘liqligini anglab yetmoqdamiz”‒deb tasdiqlaganligi diqqatga sazovor.


Yoshlarni zamonaviiy fan-texnikaning umuman, ilm-fanning yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakali ixtisos egalari bo‘lib yetishishga sharoit tug‘dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo‘jaligini, sanoat ishlab chiqarish sohalarni tubdan o‘zgartira olmaymiz.Yana bir narsani biz hech qachon esimizdan chiqarmasligmiz lozim: iste’dodli yoshlarga sharoit yaratishdir.
O‘tgan yillarimizga, o‘tgan yo‘llarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom ma’noda o‘tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bizga eski usullardan voz kechib ta’limning xar bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo‘lsa” 2004-2009 yillarda Maktab ta’limni rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” esa qo‘lga kiritilgan imkoniyatlarni: takomillashgan Davlat ta’lim  standartlari, o‘quv dasturlari, davlat talablari yangi o‘quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jixozlangan maktablarda, zamonaviy o‘quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi.
Davlatimiz istiqboli bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan jamiyat qurish sohasidagi ishlarining samaradorligini yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh mutaxassis tayyorlash, yosh avlodni shakllantirish muammosi bilan ishlab chiqilib Oliy majlisning IX-sessiyasida qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Maxkamasining umumiy o‘rta ta’lim, akademik litseylari va kasb-xunar kollejlarini tashkil etish xaqidagi va boshqa qarorlari ana shu maqsadlari ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
Bu hujjatlarda kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimiga erishilgan yutuqlar bilan bir qator mavjud kamchilik va muammolar ham ko‘rsatilgan. Jumladan, maktablar o‘quv yurtlaridan ta’lim jarayonining o‘zidagi va o‘qitish uslubiyotidagi kamchiliklar oqibatida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanmay qolayotganligi umumiy o‘rta ta’limning amaliy yo‘nalmaganligi, kasbga yo‘nalganlik darajasini baxolash tizimida obyektivlik va tezkorlikni ta’minlanmayotganligi, pedagoglarning katta qismi yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligi, bilim va kasb saviyasi pastligi shular jumlasidandir. Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimidagi o‘quv tarbiya ishlari sohasidagi muammolarni izchillik bilan bosqichma-bosqich hal etish yo‘llari va vositalari yuqorida tilga olingan davlat hujjatlarida belgilab berilgan.
Hozirgi kunda umumiy ta’lim maktablarida mamlakatimiz xalq xo‘jaligi uchun malakali ishchi kadrlar tayyorlashda dunyo mamlakatlari ta’limi-tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatiga ega. Interfaol ta’lim yutuqlarni amaliyotga tadbiq etishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri sanaladi.
O‘quv-uslubiy adabiyotlar majmualarni, yangi interfaol metodlarini texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, bir tomondan davlat va jamoat muassasalari, ta’lim va fan o‘qituvchilar, tadqiqotchilar tomonidan katta ishlarni bajarishni ta’lim-tarbiya, interfaol ta’lim sohasidagi ta’lim jarayonini ishlab chiqish va ilmiy tajriba sinovlardan o‘tkazish ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishni taqazo etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog o‘qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalari mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonida tashkil etishda nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi xar tomonlama rivojlangan ma’naviy-barkamol yoshlarni tarbiyalab ularni raqobatbardosh, yetuk mutaxasislar bo‘lib yetishishiga zamin yaratdi.

Yüklə 67,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin