Nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix25.11.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#134256
  1   2   3   4   5   6
1-mustaqil ish komyuterni tashkil etish



MUHAMMAD AL – XORAZMIY 
NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG`ONA FILIALI 
MUSTAQIL 
ISH 
Kafedra nomi; 
Mavzu; Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish 
Bajardi; Qo`shmonov Jumabek 
Qabul qildi; Djalilov.M 
Farg`ona – 2023 yil 


Pentium 4 da kesh xotirani tashkil etish 
Reja ; 
1.
Pentium 4 
2.
Kesh xotirani tashkil etish 


Kirish. 
Protsessorlar har doim xotiraga nisbatan tez ishlagan. Protsessorlar ham, xotira ham parallel 
ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Konveyerli va superskalyar arxitekturali, unumdorligi 
juda katta bo‘lgan protsessorlar ishlab chiqarilmoqda. Xotira qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar 
esa birinchi galda, uning hajmini oshirishga harakat qilmoqdalar, tezkorligini emas. Shuning 
uchun ham protsessorlar va xotiralarning ishlash tezliklari orasidagi farq yana ham 
kattalashmoqda. Tezliklarning bunday farqlari tufayli, protsessor xotiraga unga kerakli so‘zni 
o‘qib olish uchun murojaat qilganida, bir nechta mashina sikllarini bekor o‘tkazib yuborishiga 
to‘g‘ri kelayapti. Xotira protsessorga nisbatan qanchalik sekin ishlasa, shunchalik ko‘proq sikllar 
davomida protsessor uni kutib turishi kerak bo‘layapti. 
Bu muammoni hal qilishning bir nechta yo‘llari mavjud ekan. Shulardan biri, uncha katta 
bo‘lmagan hajmga ega, ammo nisbatan ancha tez ishlaydigan, protsessor bilan asosiy xotira 
orasida joylashgan xotiradan foydalanish ekan (2.6-rasm). Bunday xotira 
kesh-xotira 
deb ataladi 
(«cacher» - fransuz tilida «yashirish» degan so‘zni anglatadi). Kesh- xotirada dastur tomonidan 
ko‘p ishlatiladigan so‘zlar yoki asosiy xotiraning ma’lum bir qismi saqlanadi. Asosiy xotiraning 
bu qismi, o‘sha paytda ishlayotgan dastur tomonidan ko‘proq foydalanilishi mumkin bo‘lgan 
qismi bo‘ladi. Bu 
lokallik tamoili 
deb ataladi (rus tilida – принцип локальности).
Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh- xotiraning ikki xili mavjud. 
Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira 
birlashtirilgan kesh-xotira 
deb ataladi (rus tilida - объединенная кэш-память). Buyruqlar alohida, ma’lumotlar alohida 
saqlanadigan kesh-xotira esa 
alohida ajratilgan kesh-xotira 
deb ataladi (rus tilida - разделенная 
кэш-память). Hozirgi kompyuterlarda ko‘proq alohida ajratilgan kesh-xotiradan 
foydalanilmoqda [16,17,28]. 
Kesh-xotirani qo‘llashning – bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 2.7-rasmda uch sathli kesh-xotiraga 
ega bo‘lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo‘lib, 
u buyruqlar uchun (L1-I) va ma’lumotlar uchun (L1-D) mo‘ljallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha 
xajmga ega bo‘lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u bilan bitta blokda 
joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha xajmga ega bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat 
bo‘ladi. Uchinchi sath kesh-xotirasi protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan bo‘lib, u bir necha 
megabayt xajmga ega bo‘lgan statik tezkor xotira qurilmasidan 
(TXQ) 
iborat bo‘ladi (rus tilida – 
статическое оперативное запоминающее устройство - ОЗУ).
Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo‘yicha birinchi sath kesh-xotirasidagi 
barcha ma’lumotlar, ikkinchi sath kesh- xotirasida, ikkinchi sath kesh-xotirasining barcha 
ma’lumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham yozilgan bo‘ladi. Kesh-xotiraning bir necha 
xillari mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri akslantiriluvchi kesh-xotira (rus tilida – кэш-память прямого 
отображения) va assotsativ kesh-xotira. 
Kesh-xotira — bu buferli, tez harakatlanadigan, foydalanuvchi uchun tegishli bo’lmagan xotira 
bo’lib, sekinroq harakatlanadigan eslab qoluvchi qurilmalarda saqlanayotgan ma’lumotlar 
ustidagi amallarni tezlashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik ishlatiladi. Masalan, 


asosiy xotira bilan amallarni tezlashtirish uchun mikroprosessor ichida registrli kesh-xotira 
(birinchi darajali kesh-xotira) yoki mikroprosessor tashqarisida bosh platada (ikkinchi darajali 
kesh-xotira) tashkil etiladi. Diskli xotira bilan amallarni tezlashtirish uchun elektron xotira 
yacheykalarida kesh-xotira tashkil etiladi.
Shuni inobatga olish kerakki, 256 Kbayt kesh-xotira borligi SHK unumdorligini taxminan 20 
foizga oshiradi.
1. Videomonitor (displey) va videoadapter tipi.
2. Printerning borligi va tipi.
3. Ixcham-disklardagi CD-ROM yig’uvchilarning borligi va tipi.
4. Modemning borligi va tipi.
5. Multimediali audio- videovositalarning borligi va turlari.
6. Matematik soprotsessorning borligi.
KESH uchun qo’llanilayotgan xotira o’z berilganlarini saqlash uchun maydon, satr xolatini 
yorituvchi satr xolatini ko’rsatuvchi (bo’sh, bo’sh emas, to’ldirish uchun va x.k.) ga bo’linadi. 
Asosan keshni tashqil etishini ikki xil sxemasi mavjud: turidan turi ifodalash(direct morred), 
qaysiki xotira xar bir adresi keshlanadi faqat bitta qator bilan (bu xolda satr nomeri adresni 
kichik razryadlari bilan aniqlanadi va assotsativ bolangan-n tip (n-way associative)), qaysiki bitta 
yacheyka adresi bir nechta qator bilan keshlanishi. Assotsiativ kesh ancha yuqori.486 va undan 
yuqori protsessorlar yana 8 -16 kb xajmli ichki (Internal) KESHga ega. U bundan tashqari 
Rrimary (birinchi) yoki LI (Level 1- birinchi satr. U tashqi (Externol 1) dan tashqari ikklamchi 
yoki L2. Ko’pchilik mikrop-rotsessorlarda ichki KESH turidan yozish sxemasida, Pentium dan 
va yangi 486 (Intel R 24) va oxirgi DX4 - 100, AMD DX4 - 120, 5x 86) larda u qoldirilgan 
yozuvda ishlashi mumkin.
Ikkinchi xol sistema platadan maxsus yordamga muxtoj, bu yordam xotira va KESH o’rtasidagi 
moslikni taominlash uchun zarur. Pentium Rrr protsessori bundan tashqari tiqilgan ikkinchi satx 
KESH (256 yoki 512 kb xajmli) ga ega.
386 platalarida tashqi KESH bo’lib, xajmi 128 k bayt, 486 uchun 128,. . . 256 gacha, Pentium 
uchun esa 256 . . . k bayt 386, 486 va Pentium dan oldingi platalarda KESH asinxron SRAM 
mikrosxemada yiilgan. Xozir oxirgi Komppyuterlarda konveyir KESH qo’llanilmokda. Ular RB 
SRAM mikrosxemada yiilgan. Uni ikkinchi nomi sinxron KESH deyiladi. Sinxron KESH larni 
asosiy xotira bilan birga qo’llanishi informatsiya almashinuvini taxminan 15% gacha 
tezlashtiradi. Lekin bu tezlanish faqat katta xajmdagi informatsiyalarni uzatishdagina sezilarli 
bo’ladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin