MAVZU: OILADA JISMONIY TARBIYANI YO’LGA QO’YISH. BOLALARNING IQTISODIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA OILANINIG TUTGAN O’RNI
REJA:
4.1. Oilada jismoniy tarbiya mazmuni. Oilada jismoniy tarbiyani yo'lga qo'yish.
4.2. Iqtisodiy tarbiya mamzuni.
4.3. Oilaning bolalarning iqtisodiy savodxonligini oshirishdagi o'rni.
Jismoniy tarbiya mohiyati. Jismoniy tarbiya, shu jumladan muntazam ravishdagi jismoniy mashqlar kishi organizmining har qanday muhitga chidamliligini oshirishga, sog’lig’ini mustahkamlashga, ongli ravishda uzoq umr ko‘rish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatdir. Bugungi kunda hukumatimiz bunday muhim omillarni e’tiborga olib qolmasdan, balki ularni muntazam ravishda amalga oshirib borishni davlat siyosati darajasigacha ko‘tarmoqda. Jumladan, «Umid nihollari» (o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun), «Barkamol avlod» (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun), «Universiada» (oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun) kabi respublika miqyosidagi musobaqalar davlatimiz tomonidan talaba-yoshlarimizning ham jismonan, ham ma’nan yuksakligini o‘ylab qilinayotgan tadbirlardir.
.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - insonni har tomonlama jismoniy jihatdan chiniqqan, mustahkam irodali, qat’iyatli va Vatanni himoya qila oladigan sabot-matonatli shaxsni tarkib toptirishdir. Bunda kishining ijodiy imkoniyatlari doirasini kengaytiriladi va ularning mehnat tarbiyasiga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga yo‘naltirilishiga e’tibor kuchaytiriladi. Bular bolalardagi harakat ko'nikmalarining ortib borishi, jismoniy sifatlarning takomillashuvi va sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga har tomonlama yordam beradi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:
- har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ma’nan rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga muhim hissa qo‘shib va ulardagi ozodalik, pokizalik, irodalilik, sabr-bardoshlilik ko‘nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdir (bosh vazifa);
- sog‘liqni mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy takomillashuvga asos yaratish;
- yoshlar ongida harakat turlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va ularning kishi sog‘lom turmush tarzidagi ahamiyati haqidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
- kishining harakatlanish jarayoniga tegishli faoliyatini takomillashuviga yordam berish;
Dostları ilə paylaş: |