Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 54,64 Kb.
səhifə1/12
tarix25.03.2023
ölçüsü54,64 Kb.
#124352
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g


КIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oily ta’lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo‘lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.
O‘zbek tili fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-uslubiy majmua o‘quv jarayoninig nazariy, amaliy, ijodiy jihatlarini to‘liq aks ettirib, innovatsion texnologiyalar bilan boyitilgan. Bu talabalarning fanni qulay va oson o‘zlashtirishlariga yordam beradi, o‘z ustida ishlashlari uchun sharoit yaratadi. O‘zbek tilini o‘qitish tamoyillari, mazmuni va uslubini o‘zgartirib, o‘zbek tilini o‘rganish jarayonini tezlashtirish, talabalarning o‘rta maktabda, akademik litsey va kollejda olgan bilimlarini chuqurlashtirish, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarni hosil qilish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan o‘z mutaxassisligi bo‘yicha foydalanish, fikrni to‘g‘ri, aniq, mantiqli ifoda etishga o‘rganish ko‘zda tutiladi. Shularni nazarda tutib o‘quv-uslubiy majmua nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan kommunikativ tamoyilga asoslanib tuzildi. Bu esa “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI”da ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” bo‘yicha “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash”ga tola mos keladi.
Majmua birinchi o‘ringa asosiy mavzu sifatida nutqiy mavzularning qo‘yilishi bilan farqlanadi. Grammatik bilimlar fikr ifodalash vositasi bo‘lib, asosiy maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.
O‘zbek tili ta’limi turmush va mehnat faoliyatidagi nutq mavzulari doirasini yanada kengaytirilgan hamda ixtisoslikka moslashtirilgan tarzda o‘zbekcha nutqni tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish amallarini uyg‘unlashtirib o‘rgatish bilan ajralib turadi. Bunda talaba oldiga ilmiy-badiiy adabiyotlarni o‘qib tushunish, mutaxassislik sohasida matn yaratish, matnni shakl va mazmun jihatdan yangilash, boshqa nutq uslubiga ko‘chira olish kabi talablar qo‘yildi.
Majmuada har bir mashg‘ulotga matnlar, topshiriqlar, mashqlar, mustahkamlash uchun savollar, testlar, mustaqil ta’lim topshiriqlari, namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari berildi. Shuningdek, davlat tilida ish yuritish, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil yozma ishlarni uyushtirish, matn tuzdirish talabalarning ixtisosligiga ko‘ra belgilanadi.


Yüklə 54,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin