Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo Ulug‘bek nomidаgi O‘zbekiston Milliy universiteti



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix27.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#116339
2 5190486973856356957



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
Mirzo Ulugbek nomidаgi Ozbekiston Milliy universiteti 
FIZIKА FАKULTETI 
“5А140202-Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qollash 
sohalari boyicha)” mutaxassisligi II-bosqich magistratura 
talabasi 
ABDAMINOV ABROR BEKPO`LAT OGLINING 
pedagogik faoliyat davrida Olmazor tumani XTB ga qarashli 
224-maktabda otkazgan bir soatlik master klass ochiq darsi 
HISOBOTI 
 
 
 
Toshkent-2022 
 


Hisobot. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika 
sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risidagi “PQ-5032” son qaroriga asosan shu yilning 09.04.2022 kuni 
men Abdaminov Abror Bekpo`lat o‘g‘li Olmazor tumani XTB ga qarashli 224-
maktabda shu maktabning fizika fani o‘qituvchisi Ahmedov Ahror ustoz bilan 
birgalikda – shu maktabning 7-V sinf o‘quvchilariga fizika fanidan bir soatlik 
«Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog`liqligini aniqlash» 
mavzusida ochiq master–klass darsini o‘tib berdim: 
Maktab rahbariyati va o‘qituvchilari menga maktabda dars o‘tishim uchun 
yetarli shart-sharoitlarni yaratib berdi va o‘zlarining amaliy yordamlarini 
ayashmadilar. 
 
 
 
 
 
 
 


Ochiq master-class darsidan rasm namunalari : 
Maktabda o‘tgan dars ishlanmasini pastda ilova qildim: 


Sana: 15.05.2022 sinf:7-V 
Mavzu: Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga bog`liqligini 
aniqlash.  
Ishning maqsadi:
a) turli massali sharlar tezligini o‘zgartirib, kinetik energiya ishqalanish 
kuchini yengishini kuzatish yordamida energiyaga oid bilimlarini 
mustahkamlash 
b)Aqliy tarbiya berish 
s )Ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. 
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli 
axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi 
va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila 
olish. 
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: O‘zlashtirgan bilimlariga tayangan 
holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik 
topshiriqlarni bajara olish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholay olish. 
Darsning turi: Yangi bilim berish. 
Darsning usuli: suhbat, tajriba usul 
Darsning materiallari va jihozlari: 
1. 7-sinf «Fizika» darsligi. 
2. turli massali 2 ta po‘lat sharcha, metall nov, brusok,
o‘lchov tasmasi, sekundomer, shtativ. 
Asosiy tushuncha va atamalar: 
— kinetik energiya; 
— turli massali sharlar tezligi; 
Dars rejasi: 
1. Tashkiliy qism (3 minut). 
2. Laboratoriyani ko`rsatib berish va o`quvchilar bilan birgalikda o`tkazish (37 
minut). 
4. O‘quvchilarni baholash (4 minut) 
5. Uyga vazifa berish (1 minut) 
Darsning borishi: 
1. Tashkiliy qism. 
O‘quvchilar uchun fizikaning yangi «Ish va energiya» kursi boshlanganligi 
bois, tashkiliy qismga e’tiborni qaratish kerak.
2. Otilgan mavzularni eslash:  
O‘tgan bobdagi materillar bo‘yicha suhbat 
3. Yangi mavzu:  
1. 137-rasmda ko‘rsatilganidek shtativ yordamida novni qiya holatda
o‘rnating. Novning pastki uchiga brusokni tirab qo‘ying. 
2. Novning o‘rta qismiga kichik massali sharchani qo‘ying va uni qo‘yib


yuborib, nov bo‘ylab qanday dumalashi, yog‘och brusokka kelib urilishi, 
ishqalanish kuchini yengishi va brusokni ma’lum masofaga siljitishini 
kuzatib
boring.
3. Brusok siljib qolgan masofa Δl ni o‘lchang. 
4. Sharchani novning yuqori uchidan qo‘yib yuborib, tajribani takrorlang. 
5. Katta massali sharchani novning o‘rta qismidan qo‘yib yuboring va 
brusokning siljishini yana qayta o‘lchang. 
6. 1-laboratoriya ishidagi kabi masofa va vaqtni o‘lchab, sharcha
olgan tezlanishni toping. Tezlanish va vaqt ko‘rsatkichlaridan foydalanib,
sharchaning brusokka urilish vaqtidagi tezligini aniqlang va E=(mv
2
)/2 
formuladan kinetik energiyani toping. 
7. Brusokning surilishida bajarilgan ish va kinetik energiya orasidagi
bog‘lanish natijalarini tahlil qiling va xulosa chiqaring. 
137-rasm. Jism kinetik energiyasining uning tezligi va massasiga
bog‘liqligini kuzatish uchun qurilma 
4. Mustahkamlash 
1. Kinetik energiya deganda nimani tushunasiz, u qanday birlikda o‘lchanadi? 
2. Potensial energiya deganda nimani tushunasiz, u qanday birlikda o‘lchanadi?
5. Oquvchilarni baholash. O‘quvchilar dars davomidagi savollarga bergan 
javoblariga qarab baholanadi. 
6. Uyga topshiriqlar. Darslikdan mavzuni o‘qish va nazorat savollariga javob 
topish. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin