Olmazor tibbiyot kolleji



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/10
tarix09.06.2018
ölçüsü0,57 Mb.
#53085
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

OLMAZOR TIBBIYOT KOLLEJI


«Kelishildi»

Kollej uslubchisi

G. K. Mannonova

_________

«_____» ___________ 20___






«Tasdiqlayman»

O’quv ishlar bo’yicha

Direktor o’rinbosari

__________________

«_____» __________20 ___ y


LABORATORIYA-DIAGNOSTIKA” KAFEDRASI

Meditsina parazitologiyasi va epidimiologiya asoslari” fanidan


( “Tibbiy laborant” yo’nalishi III - kurs V - semestr uchun.)


Kafedra yig’ilishida ko’rildi va

Tasdiqlashgа tаvsiya etildi

Bayon № ___ KM: ________

“____”_____________2014

TOSHKENT


ANNOTATSIYA

MUALLIF:


Z.K. MIRZAYEVA OLMAZOR TIBBIYOT KOLLEJI

O’QITUVCHISI


TAQRIZCHILAR:

M.F. ABDUQAXXOROVA TTA EPIDEMIOLOGIYA KAFEDRASI

DOSENTI


G.K. MANNONOVA OLMAZOR TIBBIYOT KOLLEJI

USLUBCHISI

Ma’ruzalar matni “Laboratoriya – diagnostika” kafedrasining 2014 yil “____”___________dagi _____ sonli yig’ilishida muhokama qilingan va o’quv jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilingan.


Kirish

“Tibbiy laborant” yo’nalishi o’quvchilariga bilim berishda “Meditsina parazitologiyasi va epidimiologiya asoslari” fani ham boshqa kasbiy fanlar qatorida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fan bo’lajak mutaxassislarga inson organizmi uchun zararli bo’lgan turli parazitlarni farqlashni, jonli tabiatda parazitizm tushunchasi mavjudligini, ya'ni ikki organizmning biri uchun foydali va boshqasi uchun zararli bo'lgan birga yashash shakli borligini xamda bu parazitlarning tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari, keltirib chiqaradigan kasalliklari, klinikasi va profilaktikasini o’rgatadi.

Mazkur maru’zalar matnida “Medisina parazitologiyasi va epidemiologiya asoslari” fanining mohiyati va vazifalari, rivojlanish tarixi, bir va ko’p hujayrali parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklar xamda bu kasalliklarni oldini olish va parazitlarga qarshi kurash choralari yoritilgan bo’lib, o’quvchilarda parazit organizmlarning tuzilishi, hayot sikli, ular keltirib chiqaradigan kasalliklar va ularni klinik belgilari, ushbu kasalliklar profilaktikasi, gigiyena qoidalari alohida qiziqish uyg’otishi e’tiborga olingan. Ayniqsa, ma’ruzalar matnida keltirilgan kasalliklarning epidemiologik xususiyatlari, ularga qarshi epidemiologik chora-tadbirlar ishlab chiqish va laboratoriya tekshiruv usullari haqidagi ma’lumotlar “Tibbiy laborant” yo’nalishi o’quvchilarini bilim salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Ma’ruzalar matnini yozishda quyidagi adabiyotlardan foydalanilgan:



  1. Abdullayev N.X., Umarova T.Yu., Usmonxo’jayeva A.X. “Funktsional va klinik laboratoriya tashxisi bo’yicha tekshirish usullari” Toshkent 2000 yil,

  2. Bo’ronov M.A., Mirjonov K.M., “Tibbiyot parazitologiyasi va entomologiya asoslari” Toshkent 2004 yil,

  3. Fayziyev Y.M., Fayziyeva X.A. “Epidemiologiya va tibbiy parazitologiya” Toshkent 2007 yil.


MАVZU: №1 KIRISH. PАRАZITОLОGIYA VА ЕPIDЕMIОLОGIYA HАQIDА TUSHUNCHА. FАNNING RIVОJLАNISH TАRIХI
RЕjА:

  1. Meditsina pаrаzitоlоgiyasi vа еpidеmiоlоgiya fаnning maqsadi va vаzifаlаrini

  2. Pаrаzitlаr hаqidа tushunchаni

  3. Fаnning qisqаchа rivоjlаnishi tаriхini

KIRISH

Jonli tabiatda parazitizm, ya'ni ikki organizmning biri uchun foydali va boshqasi uchun zararli bo'lgan birga yashash shakli ko'p uchrab turadi. Muttasil yoki vaqtincha boshqa organizmlar hisobiga yashaydigan va ulardan oziqlanish manbayi sifatida foydalanadigan organizmlar p a r a z i t I а r deyiladi.

Parazitlar, ular qo'zg'atadigan kasalliklarga qarshi kurashish usullarini o'rganadigan fan tibbiyot parazitologiyasi deyiladi. Jonli tabiatdagi parazitlarning uch asosiy guruhiga muvofiq bu fan quyidagi bo'limlarni: protozoologiya (oddiy mikroblar haqidagi fan), gelmintologiya (gijjalar haqidagi fan) va araxnoentomologiya (bo'g'imoyoqlilar haqidagi fan)ni o'z ichiga oladi.

Parazitlar — hayvonlar olamining organizmlari qo'zg'atadigan kasalliklar paraz itar yoki i n v a z i о n (lot. invasio — bostirib kirish) kasalliklar deyiladi. Hayvonot dunyosida juda ko'p sonli bir hujayrali organizmlar mavjud bo'lib, ularni hozirgi zamon zoologik sistematikasiga binoan sodda jonivorlar (Protozoa)ning kenja dunyosiga kiritiladi. Sodda jonivorlarning bir necha minglab turi ma'lum, ularning bir necha yuz turi odam organizmida parazitlik qiladi. Sodda jonivorlar odamning turli-tuman a'zolari va to'qimalariga kiradi. Chunonchi, ichakda lyambliya va amyobalar, ichki a'zolarda toksoplazmalar, plazmodiylar va boshqalar yashaydi. Shuning uchun ham protozoy kasalliklar yoki protozoozlar klinik manzarasiga ko'ra turlicha bo'lib, ularni tashxislashda bemorlardan olingan xilma-xil materialni sinchiklab laboratoriya tekshiruvidan o'tkazish talab etiladi.

Sodda jonivorlarning patogen turlari juda keng tarqalgan. Chunonchi, bezgak (qo'zg'atuvchisi — plazmodiylar) bilan har yili, asosan Janubi- Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlarida 100 mln. dan ortiq kishi kasallanadi. Tripanosomalar qo'zg'atadigan kasalliklar Afirika va Janubiy Amerikada, leyshmaniozlar (qo'zg'atuvchisi — leyshmaniylar) Osiyoda, A&i- kasallanish hollari tropik va subtropiklarda ko'proq ro'yxatga olinsa-da, ichakdagi sodda jonivorlar amalda hamma joyda uchraydi. Hayvonlar va parrandalarning ko'pgina turlari barcha qit'alarda toksoplazmalar bilan zararlangan. Insonlarning toksoplazmalardan zararlanganligi hamma joyda kuzatiladi. Shunday qilib, patogen sodda jonivorlar keng tarqalgan bo'lib, hayvonlar va odamlarni zararlaydi, ular qo'zg'atadigan kasalliklar esa aholi sog'ligiga katta zarar yetkazadi.

Ko'pgina olimlar tibbiyot parazitologiyasining rivojlanishiga katta hissa qo'shishgan. Protozoologiyaning asoschilaridan bin L. S. Senkovskiy (1822— 1887) o'zining, xasusan, infuzoriylar va boshqa hayvonlarning rivojlanishini o'rganishgadoir ishlari bilan mashhur. V.Y.Danilevskiyning (1852—1939) umurtqali hayvonlar qon parazitlarini tekshirishga doir tadqiqotlari bezgak qo'zg'atuvchilarning patogenligini va ularning o'tishida chivinlarning rolini isbotlaydigan dalillardan biri bo'lib xizmat qildi. Yirik gematolog va bezgakshunos D.L.Romanovskiy (1861—1921) qon preparatlarini bo'yash usulini taklif etgan, hozir bu hamma joyda qabul qilingan. V. A. Dogel (1882—1955) parazitologiyada yangi, ekologik yo'nalishning ijodkori bo'ldi, u parazit faunasining xo'jayini yashaydigan sharoitlar va uning fiziologik holatiga bog'liqligiga alohida e'tibor berdi. V.G. Gnezdilov (1898—1958) ichakdagi sodda jonivorlarni va bir organizmning o'zida yashaydigan turli xil parazitlarning o'zaro munosabatlari muammolarini o'rganish bo'yicha ko'p ishlar qildi.

Akademik k. I. Skryabin (1878—1972) turh gijjalar, ya'ni gelmintlarni o'rganish sohasidagi tadqiqotlari bilan mashhur bo'ldi. Bir qancha gelmintlarni butunlay tugatish g'oyasi unga mansubdir. 1925-yilda olim degelmintizatsiya tamoyilini ilgari surdi. Bu tushunchaga bemorni davolashgina cmas, balki gijja tuxumlari va lichinkalarini tashqi muhitda yo'qotish bo'yicha o'tkaziladigan profllaktik tadbirlar sistemasi ham kiritiladi.

Chor Rossiyasi O'rta Osiyoni mustamlakaga aylantirgandan so'ng I Lirkistonga rus savdogarlari va zavod egalari bilan birga ilg'or ziyolilar ham kela boshladi. Ular orasida yirik rus shifokorlaridan P. F. Borovskiy, L. M. Isayev va boshqalar bor edi. Bu olimlar Turkiston o'lkasida yuqumh kasalliklarga qarshi kurashga o'zlarining yirik ilmiy kashfiyotlari bilan i Ik;m liissii qo'shishdi. Toshkent gospitallaridan birida ishlagan P. F. Borovskiy nsiuagi ma lumouarni oataisii yontm Derai.

O'rta Osiyoda rishtaning rivojlanishi bosqichlarini birinchi bo'lib 1868-yilda zoolog olimi A. P. Fedchenko bayon etgan edi. Rishta — «drakunkulyoz» deb nomlanib, Eron, Hindiston va Afrikaning issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Mamlakatimizda bunday joylardan biri Buxoro viloyati sanalar edi.

A. P. Fedchenko tomonidan rishta lichinkalarining siklop va odam organizmida rivojlanish davri aniqlanishi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uning fikricha, rishtaning epidemiologik zanjiri quyidagidan iborat: odam — defmitiv xo'jayin, siklop — oraliq xo'jayin. Sikloplar rishta lichinkalari bilan zaharlanib, bemor odamga kasallik zararlangan suv orqah yuqadi. Sog'lom kishilar esa qaynatilmagan suvni ichganlarida kasallanishgan.

Mamlakatimizda bezgak kasalligi, bir qator parazitar kasalliklar, jum- ladan rishta, leyshmaniozlar, ich terlamalarga qarshi kurashdagi ulkan muvaffaqiyatlar L.M. Isayev, P.F. Borovskiy, N.I. Xodukin, I.A. Kassirskiy- larning nomi bilan bog'liqdir. L. M. Isayev O'zbekistonda tropik kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini taklif etdi va bu ishlarga o'zi boshchilik qildi. U O'rta Osiyoda birinchi ilmiy tekshirish markazini tashkil qildi.

1921-yilda Moskva universitetini tugatib, 1922-yilda Buxoroga ishga kelgan L. M. Isayevning o'sha davrda keng tarqalgan bezgakni o'rganish borasidagi ishlari alohida tahsinga sazovordir. Olim tashabbusi bilan Buxoro viloyatida rishta kasalligi tugatildi. O'rta Osiyoda L. M. Isayev rahbarligida bezgak leyshmaniozlar, gelmintozlar, kanalar tarqatadigan qaytalama terlamaga qarshi kurash bo'yicha katta va samarali ishlar qilindi, og'ir gelmintoz- rishta o'choqlari tugatildi.

N. I. Xodukin O'zbekistonda vaksina va zardob ilmiy tekshirish institutini tashkil etib, O'rta Osiyoda uchraydigan turli parazitar va virusli kasalliklarni o'rganish hamda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda jonbozlik ko'rsatdi. Hozirgi davrda yirik olimlardan I. K. Musaboyev, SH. X. Xo'jayev, t. X. Najmiddinov, Z. K. Karimov, P. M. Lerner va boshqalar yuqumli kasalUklarga qarshi kurashda samarali ishlarni bajarish bilan birga epi- demiologiya, parazitologiya va yuqumli kasalliklar fanlarining rivojlanishiga ham katta hissa qo'shib kehshmoqda.
EPIDEMIOLOGIYA FANINING QISQACHA TARIXI

Hozirgi zamon tushunchasiga ko'ra, epidemiologiya nisbatan yosh fan hisoblanadi. Shunga qaraniasdan, epidemiologiya fanining ildizi qadim-qadimdan ma'lurn bo'lib, har qanday epidemik kasallik paydo bo'lsa, avvalo, lining oldini olish masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo'laredi.

Yuqumli kasalliklar to'g'risidagi ilk bor uncha aniq bo'lmagan tushunchalar eramizdan avvalgi 4000 3000-yillarda paydo bo'lgan, eramizdan avvalgi 3730 -3710-yillarda Misrda papirusdan topilgan xastalik belgilari, ho/.irgi kundagi chincliechak kasalligiga mos keladi.

Epidemik jarayonning rivojlanish evolulsiyasi «yuqumlilik» to'g'risidagi tushunchalarning paydo bo'lishi. Bunda kasallik bemordan yoki uning ashyolariilan o'lishi xaraklcrlidir. «Yuqumli kasallik» to'g'risidagi ma'lumotlar diniy xaraklerga ega bo'lgan va epidemiya «xudoning ja/osi», deb qaralgan holda unga qarshi kurashishning iloji yo'q, deb tushuntirilgan.

Yuksalish davri, fan va madaniyatning rivojlanishi, yuqumli kasalliklar to'g'risida ko'pgina tushunchalar berib, ularning asosiy sabablari to'g'risida qo'shimcha ma'lumotlar paydo bo'ldi. Shu davrning ko'zga ko'ringan shifokori italiyalik Jiralomo Frakastro o'zining «Kontagiyalar, kontagioz kasalliklar va ularning davosi» asarida epidemik kasalliklarni rivojlanishi to'g'risidagi birinchi ilmiy nazariyani yaratishga harakat qildi. Bu kitobda i qator yuqumli kasalliklar (chechak, o'lat, qizamiq, quturish va h.k.)ni tirik mavjudotlar keltirib chiqarishi to'g'risida olamshumul taklifni kiritdi va uni bemorning o'zidan, ashyolaridan va hattoki, havo orqali o'tishini ham ko'rsatib berdi.

Keyinchalik sanoat revolutsiyasi davrida, ya'ni XVI—XVIII nsrlarda tabiiy fanlarning rivojlanishi epidemiologiya fanini alohida tibbiyot fani bo'lib ajralib chiqishiga ta'sir ko'rsatdi. Bu davrda yangi fanlarning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo'ldi. Masalan, bakteriologiya fanining rivojlanishi tibbiyot fanlarining yuqori darajada rivojlanishini, shuningdek, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashni ta'minladi.

Shu davrdagi olimlar o'rtasida qarama-qarshi tushunchalarga ega bo'lgan ikki oqim mavjud edi. Birinchi oqim — yuqumli kasalliklarning rivojlanishini «epidemik konstitutsiya» deb, at- mosfera iqlimining o'zgarishi bilan bog'laydi. Ikkinchi oqim «kontagiozlar» deb atalib, yuqumli kasalliklar rivojlanishida jonli mavjudotlar sabab bo'lgan holda bemor organizmida rivojlanib, keyin tashqi muhitga tushishi ta'kidlanadi.

Ingliz olimi Jenner tomonidan chechakning oldini olish uchun odamlarda o'tkazgan emlash jarayoni epidemiologiya fanining rivojlanishida muhim tadbir bo'ldi. Jenner tajribalari jahonshumul ahamiyatga ega bo'ldi va i tanlagan yo'l to'g'ri ekani hamda yuqumlilikni boshlanishi asosida nima yotishini isbot qildi.

Shunga qaramasdan, yuqumlilikning rivojlanishi, kelib chiqishi XIX asrning ikkinchi yarmida bakteriologiya fanini yuzaga kelishi bilan bog'liqdir. Bu fanning rivojlanishiga L. Paster, 1.1. Mechnikov, R. Kox, D. I. Ivanovskiylar katta hissa qo'shishgan.

1864—1867-yillarda Odessa va Peterburgda birinchi dezinteksiya stansiyasi ish boshladi, uning tajribasi boshqa shaharlarda kengay- tirildi. I.I. Mechnikov va N.F. Gameley yordamida 1881-yil Odessada antirabik vaksina ishlab chiqaradigan va qo'llaydigan birinchi laboratoriya tashkil qilindi. Keyinchalik shunga o'xshash laboratoriya «Paster stansiyalari» nomi bilan Moskva, Peterburg, Samara va boshqa shaharlarda ish boshladi.

1913-yili Batumida shifokorlar tomonidan to'plangan mablag' asosida bezgak kasalligiga qarshi stansiya ochildi. D.K. Zabolotniy tashkilotchiligi asosida 1922-yilda birinchi epidemiologiya kafed- rasi ochildi. 1927-yilda «Epidemiologiya bo'yicha qo'llanma» tay-yorlandi.

Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatini rivojlantirishda A.N. Su- sin, N.A. Semashko, Z.P. Solovyov, M.I. Barsukov, Baneskin, О. M. Murtazoyev, M.Q. Usmonov, I.H. Mamatqulovlar katta hissa qo'shishgan.



O'RTA OSIYODA EPIDEMIOLOGIYA FANINING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISHI

O'rta Osiyoda epidcmiologiyaning rivojlanishi o'ziga xos tarixga ega. Qadimgi davrlardan odamlarda kasallikning kelib chiqishi to'g'risida yetarli tushuncha bo'lmaganligi sababli u empirik holdagi xalq tabobati bo'lgan. Lekin ko'pchilik aholida xalq tabobati (tabiblar, doyalar, kinnachilar va hokazo) yordamida davolash, asosan, kasallik emas, balki kasallik belgilariga qarshi qaratilgan edi. Keyingi davrlarda O'rta Osiyoda boshqa fanlar qatorida tibbiyot fanining rivojlanishi kuzatildi. Buning sababi, bir tomondan, aholi iqtisodiyoti va madaniyatining yuksalishi bo'lsa, ikkinchi tomondan ko'p shaharlar orqali savdo karvonlarining Buyuk lpakyo'li orqali o'tishi bo'lgan.

Bunday ma'lumotlar qadimgi O'rta Osiyo xalqlarining tibbiyot haqidagi birinchi yozma manbayi «Avesto» kitobida o'z aksini topdi. O.A. Abdullayevning ta'kidlashicha, bu kitobning vatani qadimgi Xorazmdir. «Avesto» zardushtiylarning muqaddas diniy kitobi bo'lib, unda asosan, diniy aqidalar, odamlarning yashash qoidalari, falsafiy masalalar hamda tibbiyotga oid fikrlar bayon etilgan. Tibbiyotga oid qismida inson tanasining tuzilishi, tomirlar, ba'zi kasalliklar va ularning davosi haqida ma'lumot berilgan.

Kitobda gigiyena masalalariga ham alohida ahamiyat berilgan. Chunonchi, «Avesto» yer, havo va suvni muqaddas bilib, uni iflos qilishni man etgan. Mazkur kitobda bir qancha kasalliklarning hayvonlardan yuqishi to'g'risida va bunday bemorlarni davolashda tabiblar ehtiyot bo'lishJari kerakligi bayon etilgan. Bu davrda bemor bilan muloqotda bo'lganda, kasallik yuqishi mumkinligi va xastalik organizmga turli yo'llar — og'iz, burun, quloq, ko'z va jinsiy organlar orqali kirishi ma'lum bo'lgan. «Avesto» kitobida kasallikning oldini olishga muhim o'rin berilib, «Kasallik senga tegmasdan oldin uni uzib tashla», deb ta'kidlangan.

Qadimiy davrlardan Xorazmda chechak o'ta xavfli kasallik hisoblangan. Bemor o'lmay tirik qolgan taqdirda ham kasallikning asoratlari qolgan. O'sha paytdayoq bu kasallikdan qanday saqlanish kerakligini odamlar bilishgan. Kasallikni boshidan yengil kechirgan kishining ko'ylagini sog'lom kishiga kiydirishgan va chechak yarasining qobiqlarini bemor kishiga yedirishgan.

X asr o'rtalarida Xorazm shohi Ma'mun tomonidan «Akademiya» tuzilgan. Bu akademiyaga o'sha davrning yetuk olimlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masixiylar boshchilik qilishgan. 1002-yilda Xorazmga kelgan yosh Ibn Sino ustozi Abu Sahl Masixiyning qo'l ostida tibbiyotni o'rganishni davom ettiradi. Bu davr Abu Ali ibn Sinoning ilmiy hayotida eng serqirra va samarali bo'lgan. Buyuk olimning ilmiy asarlari arab, lotin, fransuz, nemis tillariga tarjima qilinib, XV asrda qariyb, 20 dan ortiq ilmiy qo'lyozmalari bir qator Yevropa mamlakatlari, jumladan, 1472-yilda Italiyada nashr etilgan edi.

O'zining dunyoga mashhur «Kitob al-qonun fit tib» («Tib qonunlari») asarida Ibn Sino kasalliklarni keltiruvchi asosiy sabablar, kasallik qo'zg'atuvchi omillar, xastalik alomatlari va ularning oldini olish haqida o'z fikrlarini bildirgan. Jumladan, shu asarda Ibn Sino «vabo isitmasi» — infeksion kasalliklarning ko'zga ko'rinmas qo'zg'atuvchilari haqida dastlabki ma'lumotni bergan. Abu Ali ibn Sino mikrobiologiya fani paydo bo'lishidan ko'p asrlar ilgari o'zining «Tib qonunlari» kitobida yuqumli kasalliklarning paydo bo'lishida ifloslangan suv va havoning ahamiyatini ta'riflab o'tgan. U kasallikning oldini olish uchun suvni qaynatib yoki filtrlab ichish kerakligini ta'kidlaydi. Gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim ekanligini alohida ko'rsatadi.

XVII asr o'rtalaridan XVIII asrgacha bo'lgan davr mobaynida Fransiya, Belgiya, Gollandiya va boshqa bir qator Yevropa universitetlarining tibbiyot kafedralarida Ibn Sinoning «Tib qonunlari» asari asosida ta'lim berilar edi. Yevropa tibbiyot ilmiga Ibn Sino qo'shgan hissa benihoya kattadir. Taniqli amerikalik olim Gilford Xavzerning «Tibbiyot olamining otasi Gippokrat bo'lsa, bu olamning quyoshi Ibn Sinodir» iborasi Ibn Sino faoliyatiga berilgan yuksak bahodir.

Sharqning e'tiborga loyiq allomalaridan biri Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziydir (865—925). U Xuroson shahrida tavallud topib, tabib At-Tabariy va faylasuf al-Balxiylar shogirdi edi. Ar-Roziyning tibbiyot va ayniqsa, jarrohlik sohasiga bag'ishlangan asarlari («Al-Xavi», «Kitob al-tib al-Mansuri») malum bo'lib, Yevropa olimlari orasida e'tibor topgan. Asarlaridagi o't qopchasi, buyrak toshlari, bavosir va jarrohlik muolajalari haqidagi ma'lumotlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Olimning «Kitob al-tib al-Mansuri» asari tibbiyotning barcha sohalarini qamragan bo'lib, anatomiya, mijoz, ovqat va dori-darmonlar, gigiyena, sog'lom turmush tarzi, jarrohlik, toksikologiya, pato- logiya, isitma turlari va uning kelib chiqishi haqida ma'lumotlar beruvchi bo'limlarni o'z ichiga olgan. Ar-Roziyning tibbiyot soha- sidagi e'tiborli ishlari uning chinchechak, ko'kyo'tal haqidagi asarlarida o'z ifodasini topdi. Bu asarlarda olim birinchi marta chechak kasalligining oldini olish uchun sog'lom kishilarni bemor- ' laming chechak pufakchalaridan olingan suyuqlik bilan emlash haqida yozgan.

XX asrga kelib, bu fikr ilmiy jihatdan asoslandi. Londondagi laboratoriyalardan birida xonadagi chang tarkibi tekshirilganda, bu changning 90 % odam terisining juda mayda zarrachalaridan iborat ekanligi aniqlandi. Keyingi tekshirishlarda sog'lom kishining teri qoplamlaridan bir kunda bir necha million mayda mikroskopik zarrachalar ajralib turishi aniqlandi.

XIX asrda Turkistonga rus savdogarlari va zavod egalari bilan birga ilg'or ziyolilar ham kela boshladi. Ular orasida yirik rus shifokorlaridan P.F. Borovskiy, L.M. Isayev va boshqalar bor edi. Bu olimlar Turkiston o'lkasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashga o'zlarining ilmiy kashfiyotlari bilan ulkan hissa qo'shdilar. Toshkent gospitallaridan birida harbiy shifokor bo'lib ishlagan P.F. Borovskiy teri leyshmaniozining chaqiruvchilaridan birinchi bo'lib o'lgan askarning talog'idan aniqlab topdi va bu kasallik to'g'risidagi ma'lumotlarni batafsil yoritib berdi. O'rta Osiyoda rishta kasalligining rivojlanishi bosqichlarini birinchi bo'lib, 1868-yilda sayyoh va zoolog olim A.P. Fedchenko bayon etgan.

Rishta — drakunkuloz, deb nomlangan kasallik Eron, Hin- diston, Afrikadagi issiq iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan edi. Mamlakatimizda bunday joylardan biri sifatida Buxoro viloyati hisoblanar edi. A.P. Fedchenko tomonidan rishta lichinkalari sichqon va odam organizmida rivojlanish davrining aniqlanishi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'ldi. Uning fikricha, rishta- ning epidemiologik zanjiri quyidagidan iborat: odam — definitiv xo'jayin, siklop esa, oraliq xo'jayin. Sikloplar rishta lichinkalari bilan zaharlanib, bemor odamga kasallik zararlangan suv orqali yuqadi. Sog'lom odamlar esa, qaynatilmagan suvni ichganlarida rishta bilan kasallanishgan.

O'zbekistonda bezgak kasalligi, bir qator parazitar kasalliklar, jumladan, rishta, leyshmaniozlar, ichterlamalarga qarshi kurashdagi ulkan muvaffaqiyatlar L.M. Isayev, P.F. Borovskiy, N.I. Xodukin, I.A.Kassirskiylarning nomi bilan bog'liqdir.

Nazorat savollari


  • Parazitlar deb nimaga aytiladi?

  • Invazion kasallklar deb nimaga aytiladi?

  • Protozoologiya qanday fan?

  • Yuqumlilik qanday tushuncha?

  • Drakunkuloz qanday kasallik?


Tayanch iboralar

Rishta — drakunkuloz, deb nomlangan kasallik

Parazitlar - muttasil yoki vaqtincha boshqa organizmlar hisobiga yashaydigan va ulardan oziqlanish manbayi sifatida foydalanadigan organizmlar

Tibbiyot parazitologiyasi - parazitlar, ular qo'zg'atadigan kasalliklarga qarshi kurashish usullarini o'rganadigan fan

Protozoologiya - oddiy mikroblar haqidagi fan

Gelmintologiya - gijjalar haqidagi fan

Invazion kasalliklar - parazitlar qo'zg'atadigan kasalliklar

MАVZU: №2 PАRАZIT SОDDА JОNIVОRLАR

Rеjа:


  1. Parazit sodda jonivorlar klassifikatsiyasi, tuzulishi, rivojlanish siklini.

2 Sarkodalar, xivchinlilаr spоrаlilаr va infuzоriyalаr sinfi, ularning vakillari, tuzilishi va rivojlanish xususiyatlari, keltirib chiqaradigan kasalliklari, klinikasi va profilaktikasini.
Tаbiаtdа bir hujаyrаli оrgаnizmning ko'p sоnli turlаri hоzirgi zаmоn zооlоgiyasi tаsnifi bo'yichа sоddа jоnivоrlаrning kеnjа оlаmigа kiritilаdi. ulаrning bir qismi pаrаzitlik bilаn hаyot kеchirаdi.

Sоddа jоnivоrlаrning tаnаsi sitоplаzmа, yadrо, оziqlаnish, hаrаkаt, аjrаtish funkstiyalаrini tаъminlаydigаn turli оrgаnеllаlаrdаn tаshkil tоpgаn. ulаr sохtа оyoqlаr – psеvdоpоdiylаr (sаrkоdаlаr), хivchinli vа undulаstiya qilаdigаn mеmbrаnаlаr (хivchin tаshuvchilаr), kipriklаr (kiprikli infuzоriyalаr) yordаmidа hаrаkаtlаnаdi. bir hujаyrаlilаrgа оrgаnik zаrrаchаlаr, shu jumlаdаn, tirik mikrооrgаnizmlаr, shuningdеk tаshqi muhitdа erigаn оziq mоddаlаr оvqаt sifаtidа хizmаt qilаdi.

Sоddа jоnivоrlаrning оziqlаnishi turlichа. Аyrimlаri оvqt zаrrаchаlаrini hujаyrа оg'zi bilаn yutаdi, bоshqаlаri оvqаt zаrrаchаlаrini tаnаsining hаr qаndаy qismidа hоsil bo'lаdigаn sохtа оyoqchаlаri yordаmidа hаzm qilаdi. bundа zаrrаchа go'yo оqib o'tаdi vа sоdа jоnivоr stitоplаzmаsining vаkuоlаsi ichigа kirib оlgаn hоldа shu yеrdа o'zlаshtirilаdi (pinоstitоz). sоddа jоnivоrlаrning аyrim turlаrigа оziqlаnish оziq shirаlаri vа erigаn оziq mоddаlаrning tаnа sаthi оrqаli surilishi (endоsmоtik) yo'li bilаn ro'y bеrаdi.

Soddа jоnivоrlаrning аyrim turlаri sistаlаnish хususiyatigа egа, ya’ni ulаr yumаlоqlаshib, zich qоbiq bilаn o'rаlаdi. sistаlаr nоqulаy tаshqi оmillаr tаъsirigа vеgеtаtiv shаkllаrigа nisbаtаn birmunchа chidаmli. sоddа jоnivоrlаr nоqulаy shаrоitlаrgа tushgаndа sistаlаridаn chiqib ko'pаya bоshlаydi. ko'pаyish jinsiz (ko'ndаlаng, uzunаsigа vа ko'p sоnli bo'linish) vа jinsiy yo'l bilаn sоdir bo'lаdi. Pаrаzitlik yo'li bilаn hаyot kеchirаdigаn sоddа jоnivоrlаrning ko'pginа turlаri birin-kеtin bir nеchа хo'jаyinlаrdа ko'pаyadi. Mаsаlаn, bеzgаk plаzmоdiysi rivоjlаnish siklini chivin tаnаsidа vа оdаm оrgаnizmidа o'tkаzаdi.

Оdаm оrgаnizmidа yashаydigаn sоddа jоnivоrlаr to'rt sinfgа: sаrkоdаlаr (sаrkоdinа); хivchinlilаr (Mаstigоphоrа); spоrаlilаr (spоrаzоа); kiprikli infuzоriylаr (Ciliata); kirаdi. sinflаr оtryadlаrgа, оilаlаrgа, turkumlаrgа bo'linаdi. turkumlаr bir yoki bir nеchа turlаrni o'z ichigа оlаdi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə