Oltiariq tumani xtb tasarrufidagi 43-umumiy o’rta ta’lim maktabi “Aniq fanlar” metodbirlashmasida bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilish bayonnomasi



Yüklə 15,17 Kb.
tarix23.12.2022
ölçüsü15,17 Kb.
#121747
Metodbirlashma yig\'ilish bayonnomasi


Oltiariq tumani XTB tasarrufidagi 43-umumiy o’rta ta’lim maktabi “Aniq fanlar” metodbirlashmasida bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilish
BAYONNOMASI
4.11.2022-y. Katput q-g’i
Qatnashdilar: “Aniq fanlar” metodbirlashmasi rahbari D.Sotvoldiyev,
metodbirlashma fan o’qituvchilari.
Ko’rilgan masalalar:
1. 2022-2023-o’quv yilining I choragida amalga oshirilgan ishlar, II chorakda qilinadigan ishlar muhokamasi.
2. Ichki oraliq va yakuniy nazorat o’tkazish uchun materiallarni tayyorlash.
3. Respublika, viloyat, tuman miqyosida tashkil etilgan online tadbirlar, online tanlovlarda metodbirlashma a’zolarining ishtiroki.
4. O’qituvchilarni malaka oshirish kurslariga borishlari uchun buyurtma shakllantirish.

Oltiariq tumani 43-umumiy o’rta ta’lim maktabi “Aniq fanlar” metodbirlashmasida 4-noyabr sanasida navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishni metodbirlashma rahbari D.Sotvoldiyev ochib berdi. U o’z so’zida o’quv yilining I choragida qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar haqida gapirib o’tdi. Xususan dars o’tilish holatlari, to’garaklar ish fa’oliyati, kundalik.com electron jurnalini yuritilish holati haqida gapirib o’tdi. Fan olimpiadasining maktab va tuman bosqichi haqida va ularda qayd etilgan natijalar haqida ma’lumotlar berdi. O’quv yilining II choragida qilinishi kerak bo’lgan ishlar bilan metodbirlashma a’zolarini tanishtirib o’tdi.


Keyingi masala yuzasidan so’zga M.Ermatova chiqib, har bir fan bo’yicha oraliq, joriy va yakuniy nazoratlar tayyorlash bo’yicha metodlar bilan tanshtirdi. Nazorat materiallarini tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, normativ hujjatlar haqida tushuncha berib o’tdi. “5 — 9 SINF O‘QUVCHILARINING BILIMLARI SIFATINI NAZORAT QILISHNING REYTING TIZIMI TO‘G‘RISIDA”GI NIZOM haqida aytib, nizom bilan metodbirlashma az’olarini yana bir marta tanishtirib o’tdi. Nazorat materiallarini tayyorlash to’g’risida tavsiyalar bilan tanishtirdi.
Keyingi masala yuzasidan so’zga metodbirlashma a’zosi va O’IBDO’ Y.Dadaxonova chiqdi. U o’z so’zida tashkil etiladigan tuman, viloyat va Respublika miqyosidagi online tanlovlarda metodbirlashma fan o’qituvchilarining qatnashishini ta’minlash kerakligi haqida gapirdi. “Ustoz-2023” ko’rik tanlovi uchun ham tayyorgarlikni boshlab kerakli hujjatlareni tayyorlash haqida gapirib o’tdi.
Keyingi masala yuzasidan so’zga metodbirlashma rahbari D.Sotvoldiyev chiqdi. U o’z so’zida metodbirlashma fan o’qituvchilarining 2022-yil uchun o’z mutaxassisliklari bo’yicha online hamda offlline malaka oshirganlari haqida aytib o’tdi. 2023-yil uchun barcha fan o’qituvchilarining qanday holatda malaka (online yoki offline) oshirishlari online.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlariga kirgan holda, reystr bo’limidan belgilaganliklarini aytib o’tdi.


Aniq fanlar metodbirlashmasi rahbari: D.Sotvoldiyev


Yüklə 15,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin