Ona tili va bolalar adabiyoti


MavzuMorfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos). Amaliy mashg`ulotning texnologik kartasi



Yüklə 5,67 Mb.
səhifə25/45
tarix27.06.2018
ölçüsü5,67 Mb.
#55019
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45

MavzuMorfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).

Amaliy mashg`ulotning texnologik kartasi





Dars bosqichlari va vaqti


O'qituvchi

Talaba

1-boqich


Kirish

(5 daqiqa)





1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (Morfemika. Morfema, uning turlari. Negiz (asos).maqsadi, rejasinie'lonqiladi.

1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.

2-bosqich

Asosiybosqich

(70 daqiqa)



1. Mavzu yuzasidan savol-javob o`tkaziladi. (1-ilova)

2. Mavzu yuzasidan mashqlar bajartiradi. (2-ilova)


3.Test bajartiradi (3-ilova)



1. Eshitadi, javob beradi
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi, bajaradi
3. Test yechadi.

4-bosqich

Yakuniy bosqich

(5 daqiqa)





1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash.

2. Adabiyotlar ro`yhatini beradi




1.Eshitadi, yozadi, bilib oladi.

2. Eshitadi yozib oladi.




1-ilova

So’zning tub (lug’aviy) ma’nosini bildirib, ma’noli bo’laklarga bo’linmaydigan qism o’zak deyiladi: gulzor, bog’bon, chizg’ich, paxtakor. Ayrim darsliklarda bunday qism asos deb atalgan va unga quyidagicha ta’rif berilgan: “So’zning asosiy ma’nosini ifodalab, mustaqil qo’llana oladigan qismi asos deyiladi (24; 17)”. O’zak so’zdagi ma’noli qismlarning yetakchisi bo’lib, u boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydi. O’zak so’z tarkibida doim qatnashadi.



Bir o’zakdan hosil bo’lgan so’zlar bir xil o’zakli (o’zakdosh) so’zlar deyiladi: bilim, bilimdon, bilag’on, biluvchi. Bunday so’zlar o’zaro sinonim ham bo’lishi mumkin: serhosilhosildor, beg’uborg’uborsiz, tilchi – tilshunos.

2- ilova
128-mashq. O`qing. Mustaqil so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zak va shakllarni (modal funktsional shakl va so`z o`zgartish shakli) ko`rsating.
N a m u n a: ko`zlarini — ko`z/lar/i/ni — so`z o`zgartish shakli; jilmayib jilmay/ib — modal shakl.
1. Kampir ko`zlarini ochdi va ro`parasida jilmayib turgan yigitga tikildi. (H. N.) 2. Qunduz universitetning uchinchi kursida o`qir, uning maqsadi hayvonot dunyosini o`rganish, shu sohada ilmiy ish bilan shug`ullanish ekan. (J. Abd.)

129-mashq. O`qing. Mustaqil so`zlarni morfemalarga ajrating; o`zak va affikslarini belgilang; affikslarning turini ayting.
To`lishgan oy shuhlasida qor qoplagan vodiy kumushdek yarqirardi, faqat o`rtadagi daralarni qop-qora soya bosgandi, leknn u erda ham qor dam-badam kuyadori singari yalt-yalt qilib turardi. Qarag`ay shoxlaridagi qor uyumlari hamlaga hozirlanib turgan yirtqich hayvonlarga o`xshardi. Uzoqda elektrostantsiya dvijogi gupillardi: uning shovqini shamol esgandagina eshitilardi. (Yu. Semyonov.)

130- mashq. Gaplarni o`qing, ajratib ko`rsatilgan so`zlardagi so`z yasovchi affikslarni belgilang va qanday negiz yasaganini ayting.
1. Ular raisning o`tkir, jonli, goh piching, goh tashvish va hazil bilan tovlangan so`zlarini, dadil fikrlarini diqqat bilan tinglashar, o`z takliflari bilan to`ldirishar, gali kelganda ochiq ehtiroz qilishar edilar. (O.) 2. Qishki imtihon kunlari yaqinlashgandi, dars tayyorlash uchun kechqurunlari fakulg’tetga kelishga to`g`ri keldi. (A. Q.) 3. Bu birinchi bo`linma komandiri okopga etib,... qathiy ovozda so`radi. (F. Niyoziy.) 4. O`ktamning sal suzuk ko`zlari endi beixtiyor ravishda hovlida aylanib qoldi. (O.) 5. Ko`p ham o`tmay so`radi shoh: “Qani mening shoh qizim, Hayotimning suyanchig`i, yupanchim ham yolg`izim?” (SH. Rustaveli.)
131-mashq.O`qing, ajratib ko`rsatilgan so`zlardagi shakl yasovchi va so`z o`zgartiruvchi affikslarni belgilang.
O`ktam siyrak tut yoki meva daraxtlar qatori bilan, ariqlar, zovurlar bilan bir-biridan chegaralangan keng dalalarni yoqalab kezdi. G`o`zaning o`sishida katta tafovut ko`rdi u. Hatto bir-biriga yondosh dalalarning manzarasi keskin farq qilar edi. U bir yoqqa qarab xursand bo`lsa, zavqlansa, ikkinchi yoqqa boshini o`girib, o`sishi mujmal, allaqanday kasalsimon g`o`zalarni ko`rar, yuragi achishar edi. U turli brigadalarda, zvenolarda g`o`za parvarishi bir xilda emasligini angladi. (Oybek.)
132-mashq. O`qing, so`zlarning tuzilishiga ko`ra turlarini aniqlang. Qo`shma, juft va murakkab so`zlarni alohida-alohida ko`chiring.
I. Egnida qizg`ish, nim qora aralash matodan tikilgan gimnastyorka, galife shim. Oyog`ida chiroyli qora xrom etik. Boshida qorako`l telpak. Belida kamar, kamarida chiroyli jajji xanjar, to`pponcha, qora qosh, xushmo`ylov, xushqomat, behad ko`rkam Haydarbek qurolli ikki yigiti o`rtasida, qo`li ko`ksida, bosh egib, o`ng va so`lida zanjirband odamlar orasiga kirib borardi. Uning jozibador chehrasidagi alomat shodlikmi, qayg`umi, payqab bo`lmas edi.

II. Bizni Orzi amaki boshlab boryapti. Uning so`ziga qaraganda, qishloqning kun chiqish tarafida bir oshnasi bor emish. Mehmondo`stlikda unga etadigani yo`qmish. Doim eshigi, dasturxoni ochiqmish. Yuz-ko`zi kulib turadigan, ko`ngli ochiq odammish. Uning suhbatida bo`lgan kishi zerikmasmish, bamahni gaplaridan kishining miyasi to`larmish. Tunashga joy bemalol, ot-eshaklarga ham emish mo`l emish. Xayriyat, eson-omon qo`nadigan erga borib etdik. (N. Safarov.)




133-mashk. O`qing, tub va yasama so`zlarni aniqlang. Yasama so`zlarning qaysi usul bilan yasalganini ayting. Avval morfologik, keyin sintaktik usul bilan yasalgan so`zlarni yozing.
I. Ular bog`dan chiqib, yolg`izoyoq yo`ldan paxta maydonlari bo`ylab yurisharkan, qiz «Dam olish uyi»ning ahamiyati, o`zga qurilishlar, ishlar haqida so`zladi. Suhbat, muomala minut sayin ko`proq bevosita va do`stona bo`la boshladi.O`ktamga gidrostantsiya dastlab oddiy va engil qurilish kabi ko`rindi. O`ktam balandga ko`tarilib, quvur bo`yicha katta surhat va kuch bilan otilayotgan suvni tomosha qildi, keyin stantsiyaning mustahkam g`ishtin binosiga kirib agregatni va asboblarni ko`rdi. (Oybek.)

II. 1. Sening shunchalik olihimmat bola ekanligingni bilmagan ekanman. (O. Jo`raev.) 2. Odamgarchilik, mehribonchilik qanaqa bo`lishini o`sha kinodan o`rganish kerak ekan. (L. Mahmudov.) 3. Bu — faqat bizning asrimiz kishilariningaql-zakovati, kuch-qudratiga xos inshoot. (A. Nazarov.) 4. Ko`zlarida bo`lsa ko`zoynak, Kitoblarin soni juda ko`p. (Mirm.) 5. Rais uning ko`ziga kamsavlatroq ko`rindi. (A. Q.) 6. Anjirlar obdan sarg`aygan, anorlar endi piyoladay bo`lib qizara boshlagan, kechki olmalarga rang kirayotgan, noklar hali ko`m-ko`k nosqovoqlarday osilib turgan fasl edi. (H. G`.) 7. Farzand diydoriga tashna qalbi... CHinobod tomon parvoz qilishga undadi. (A. Nazarov.)


3- ilova

1. So‘z yasovchilarni aniqlang.

A) –gay, -gina, -li, -man, -siz B) –tir, -gach, -lar, -ib, -zor C) –la, -li, -lan, -dan, -paz D) –dor, be-, -zor, -cha, -xo‘r

2. Shakl yasovchilarni toping.

A) –k, -kor, -chi, -ib B) –siz, -ing, -sa, -guncha C) –cha, -roq, -ib, -niki D) –dan,-ning, -a

3. Berilgan so‘z ma’noli qismlarga to‘g‘ri ajratilgan qatorni aniqlang.

A) muvo-fiq-lashtirilgan. B) muvofiq-lashtir-il-gan. C) mu-vo-fiq-lash-tir-il-gan. D) muvofiq-la-sh-tir-il-gan.

4. Qaysi qatorda –siz qo‘shimchasi so‘z o‘zgartiruvchi vazifasida qo‘llangan?

A) Odobni odobsizdan o‘rgan. B) U bu gapdan xabarsiz edi. C) Siz bebaho insonsiz. D) Suvsiz hayot bo‘lmaydi.

5. Qarsak so‘zining o‘zagini toping.

A) qars B) qarsa C) qar D) qarsak

6. -boy, -cha, -l, -sh, -ish qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar?

A) so‘z yasovchi B) shakl hosil qiluvchi C) so‘z o‘zgartuvchi D) takroriy

7. gach(-kach, -qach), -a(-y), -guncha (-kuncha) qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimcha?

A) so‘z yasovchi B) so‘z o‘zgartiruvchi C) so‘z shakli yasovchi D) sodda qo‘shimcha

8. Muomalalarimizni so‘zidagi yasovchi qo‘shimchalarni toping.

A) –lar B) –imiz C) –ni D) bu so‘z tub so‘z bo‘lib, yasovchi qo‘shimchasi yo‘q.

9.Qoramtir so‘zida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha bor?

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

10. iv, -iy, -viy, -chil vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar?

A) so‘z yasovchi B) so‘z shakli yasovchi C) so‘z o‘zgartiruvchi D) sodda qo‘shimcha


10- MAVZU

So’zyasalishi.

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 90 ta

Mashg'ulot shakli

Ma`ruza mashg`loti

Amaliy masg''uloti rejasi


1. So’z yasalishi haqida ma`lumot.

2.Affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishi.

3. Kompozitsiya usuli bilan so`z yasalishi


O'quv mashg'ulotning maqsadi


So’zyasalishi haqida bilim berish

O'qiituvchining vazifasi:

1 So’z yasalishi haqida tushuncha beradi.


2. Affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishi bo'yicha umumiy tasavur hosil qildirish

3. Kompozitsiya usuli bilan so`z yasalishi haqida tushuncha beradi.




O'quv faoliyatining natijasi

1.Morfemika haqidagi bilimlarni o`zlashtiradi.


2. Affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishi haqida ma`lumotga ega bo`ladi
3. Kompozitsiya usuli bilan so`z yasalishi haqida tushunchaga ega bo`ladi


Ta'lim metodi va texnikasi

Suhbat, Muammoli izlanish,

Ta'lim vositasi

Proyektor, Ma`ruza matni,


Ta'lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash

Ta'lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

So’zyasalishi.



Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi



Dars bosqichlari va vaqti


O'qituvchi

Talaba

1-boqich


Kirish

(5 daqiqa)





1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (So’zyasalishi. .)maqsadi, rejasinie'lonqiladi.

1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.

2-bosqich

Asosiy bosqich

(70 daqiqa)



1. MavzuSo’zyasalishi.(1-ilova)

2. Affiksatsiya usuli bilan so`z yasalishi (2-ilova)

3. Kompozitsiya usuli bilan so`z yasalishi (3-ilova)



1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javobberadi,

3.Eshitadi, yozib oladi



4-bosqich

Yakuniy bosqich

(5 daqiqa)





1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qiladi, uyga vazifa beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi.

2. Adabiyotlar ro`yhatini (4-ilova)beradi




1.Eshitadi, yozadi,

2. Eshitadi yozib oladi.



1-ilova
So‘z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohalaridan biri bo‘lib, u yangi ma’noli so‘z yasalishi, so‘z yasash usullari, so‘z yasalishiga aloqador bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi.

«So‘z yasalishi» atamasi ikki xil hodisaga nisbatan qo‘llanadi: 1) tilshunoslikning so‘z yasalishi bilan bog‘liq hodisalarni tekshiruvchi bo‘limini; 2) umuman so‘z yasalishi, so‘z hosil qilinishini bildiradi.

Nutqda so‘zlar tub yoki yasama shaklda qo‘llanadi.

YAsovchi affikslarga yoki yasovchi qismlarga ega bo‘lmagan so‘z tub so‘z deyiladi: inson, xalq, millat, suv, non, havo, yaxshi, ziyrak, xursand, besh, o‘n, yigirma, biz hamma, ba’zi, bormoq, kelmoq, o‘qimoq, sekin, birga, hozir va h.k.

Tilda mavjud usullar bilan yangi hosil qilingan so‘z yasama so‘z deb yuritiladi. Masalan, tinchlik, bog‘ bon, gulzor, jonlan, birlash, ko‘kar, sezgir, zavqli so‘zlari o‘zakka yasovchi affikslar (-lik, -bon, -zor, -lan, -lash, -ar, -gir, -li) qo‘shish usuli bilan yasalgan bo‘lsa, Dilorom, Durbek, Oqtepa, bilakuzuk, sohibjamol, sofdil, erksevar so‘zlari so‘zlarni yoki so‘z shakllarini qo‘shish, biriktirish usuli bilan hosil qilingan.

Tilda mavjud bo‘lgan so‘z (yoki so‘zlar, so‘z shakllar negizida ma’lum usullar bilan yangi ma’nodagi so‘zlarni hosil qilish so‘z yasalishi deyiladi.

O‘zbek tilida so‘z yasalishining affiksatsiya, kompozitsiya, fonetik, semantik, abbreviatsiya kabi usullari bo‘lib, shulardan affiksatsiya va kompozitsiya usullari asosiy va etakchi usullar hisoblanadi.

2- ilova
Affiksatsiya usuli. So‘zga so‘z yasovchi affiks qo‘shish bilan yangi so‘z hosil qilish affiksatsiya usuli deyiladi. Masalan, Paxtakor, sinfdosh, quvonch, do‘stlik, ochiq, tirishqoq, serjilo, ilmiy, o‘yla, kengay, shodlan, tinchi, tasodifan, oqilona, ko‘pincha, ertalab va boshqalar.

So‘z yasovchi affikslar o‘zbek tilida asosan suffiks tarzida qo‘llanib, so‘z o‘zagidan so‘ng qo‘shilib keladi. Ba’zan bunday affikslar o‘zak oldiga prefiks tarzida qo‘shilib, yangi ma’nodagi so‘z yasashi mumkin. Masalan, serhosil, serunum, badavlat, ba’mani, beminnat, beg‘araz, noo‘rin, nohaq, badfe’l, badbashara va h.k.

O‘zbek tilida so‘z yasovchi affikslardan tashqari, o‘z xususiyatlari bilan affikslarga juda yaqin turadigan xona, noma, obod kabi so‘z-affikslar ham mavjud. Bunday so‘z-affikslar tilshunoslikda affiksoidlar deb ham yuritiladi: ishxona, mehmonxona, oshxona, qabulxona, tabriknoma, Xalqobod, YAngiobod.

3-ilova

Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli so‘z yoki so‘z shakllarining qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z yasash kompozitsiya usuli bilan so‘z yasash deyiladi. Bu usul bilan qo‘shma, ayrim juft so‘zlar hosil qilinadi. Masalan, guldasta, gultojixo‘roz, asalari, tomorqa, xushfe’l, rahmdil, olijanob, hozirjavob, havo rang, e’lon qilmoq, rad etmoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, har gall, yonma-yon, zo‘r-bazo‘r, ketma-ket va b.

Fonetik usul. Bu usulga ko‘ra, so‘zda fonetik o‘zgarish yuz berib, yangi so‘z hosil qilinadi. CHunonchi, so‘z urg‘usining o‘rnini almashtirish natijasida boshqa-boshqa so‘z turkumiga doir so‘zlar hosil bo‘lishi mumkin: yo’zma – fe’l, yozma’ – sifat, su’zma – fe’l, suzma’ – ot, fi’zik – ot, fizi’k – sifat, akade’mik – ot, akademi’k – sifat va b.

Semantik usul. Bu usulga binoan, so‘z ma’nosida o‘zgarish ro‘y berib, ma’nosi boshqa-boshqa, shaklan o‘xshash yangi so‘z hosil bo‘ladi: kun – sutkaning yorug‘ qismi, kun - quyosh, planeta; ko‘k – osmon, ko‘k - havorangga o‘xshash rang, bir – son, birga, birdan, birda – ravish.

Fonetik va semantik usul hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan nofaol tarixiy so‘z yasash usullari deb qaraladi.



Abbreviatsiya usuli. Bu usulga ko‘ra, bir butun holda qo‘llanadigan to‘g‘ ri ma’noli turg‘un birikmalarning qismlari har xil yo‘l bilan qisqartirilib so‘z hosil qilinadi. Bu usul rus tilidan kirgan bo‘lib, qisqartma otlar shu usulda yasaladi: BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH - Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, ATS – Avtomatik telefon stantsiyasi, ToshMI – Toshkent Meditsina instituti, filfak – filologiya fakulteti, akademlitsey – akademik litsey, peduniversitet – pedagogika universiteti va b.

4-ilova

1. H.Jamolxonov. Hozirgi o`zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti

2. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova, SH.Yo‘ldosheva. Ona tili. Toshkent, 2007-yil.

3. Z.Otamirzayeva, M.Yusupova. O`zbek tili. 2004, O`AJBNT» markazi.

4. R.Ikromova D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X. G‘ulomova. Hozirgi o’zbek adabiy tilidan ma’ruza matnlari (Sintaksis). Toshkent, 2001-yil.

5. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o`zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti

6. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamroyev. Ona tilidan mashqlar to`plami Toshkent, 2009-yil

ADABIYOT

Ma’ruza mashg‘ulotlari



1- MAVZU

Adabiyot (bolalar adabiyoti) faniningmaqsad va vazifalari. Bolalar kitobxonligi haqida.

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 90 ta

Mashg'ulot shakli

Ma`ruza mashg`loti

Amaliy masg''uloti rejasi


1. O`zbek tilining faol va nofaol leksikasi haqida ma`lumot.

2.Eskirgan so`zlar va uning turlari

3. Yangi so`zlar (neologizmlar)

4. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi.



O'quv mashg'ulotning maqsadi


Talabalarga O’zbek tilining faol va nafaol leksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi haqida tushuncha berish.

O'qiituvchining vazifasi:

1. O`zbek tilining faol va nofaol leksikasi haqida tushuncha beradi.

2. Eskirgan so`zlar va uning turlari bo'yicha umumiy tasavur hosil qildirish
3Yangi so`zlar (neologizmlar)

haqida tushuncha berish

4 O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi haqida ma`lumot beradi.


O'quv faoliyatining natijasi

1.O`zbek tilining faol va nofaol leksikasi haqidagi bilimlari o`zlashtiradi.

2. Eskirgan so`zlar va uning turlari haqida ma`lumotga ega bo`ladi
3.Yangi so`zlar (neologizmlar)

haqida tushunchaga ega bo'ladi.

4 O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi haqida tushuncha hosil qiladi.



Ta'lim metodi va texnikasi

Suhbat, Muammoli izlanish,

Ta'lim vositasi

Proyektor, Ma`ruza matni,


Ta'lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, guruhlarda ishlash

Ta'lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish


Ma`ruza mashg`ulotning texnologik kartasi



Dars bosqichlari va vaqti


O'qituvchi

Talaba

1-boqich


Kirish

(5 daqiqa)





1.Ma`ruzamashg'ulotningtashkiliyqisminiamalgaoshiradi, mavzu (O’zbektiliningfaolvanafaolleksikasi. O’zbek tilining ekspressiv-stilistik leksikasi.) maqsadi, rejasini e'lon qiladi.

1.Eshitadi, yozadi, javob beradi.
.

2-bosqich

Asosiy bosqich

(70 daqiqa)



1. MavzuO’zbektiliningfaolvanafaolleksikasi. (1-ilova)

2. Eskirganso`zlar.(2-ilova)


3. Yangi so`zlar..(3-ilova)



1. Eshitadi, yozadi,
2.Eshitadi, yozadi, javob beradi,

3. Eshitadi, yozadi, javob beradi,




4-bosqich

Yakuniy bosqich

(5 daqiqa)





1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarni e'lon qiladi, uyga vazifa beradi, mashg’ulotga yakun yasaydi.

2. Adabiyotlar ro`yhatini (4-ilova)beradi




1.Eshitadi, yozadi, bilib oladi.

2. Eshitadi yozib oladi.




Yüklə 5,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə