„oʻrash iqtisodiyotni rivojlantirish



Yüklə 43 Kb.
tarix24.11.2023
ölçüsü43 Kb.
#133790
Investitsiya


Investitsiya (lotinchainvestio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashning 8 ta asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Alohida e’tibor investitsiya masalalariga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining ko‘payishiga qaratildi. Investitsion loyihalarning samaradorligini oshirishdagi yangiliklardan biri investitsion loyihalarni monitoring qilishning 3 bosqichli yangi tizimni joriy etish bo‘lib, unga sanoatni va umuman iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirni oldindan baholash kiradi. Shuningdek, investitsiya davrida, ya’ni shartnomalar imzolangan paytdan boshlab ob’yektni foydalanishga topshirishgacha doimiy monitoring o‘tkazilib, ob’yektni foydalanishga topshirilgandan keyin maqsadli parametrlarni baholash uchun investitsiyadan keyingi davrda monitoring olib boriladi.
Qurilishi 43 soatdan kamroq vaqt davom etgan Xitoydagi Snyun ko‘prigi qurilishiga e’tibor qaratish, investitsiya loyihalarini samarali monitoring qilish ishlarini ko‘rsatishning eng yaxshi usullaridan biri. Ilk 24 soatda eski ko‘prik buzildi va qolgan 19 soatda uning o‘rnida yangi va takomillashtirilgan ob’yekt qurildi. Xitoyda loyihalarni amalga oshirishning afzalliklari biri nafaqat xarajatlarda, balki ijro etilishi boshqa mamlakatlar bilan taqqoslagandagi tezligida ham.
Ushbu mexanizm nimani anglatadi?
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish odatda uchta alohida bosqichni o‘z ichiga oladi:
Dastlabki bosqich loyiha bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishgacha davom etadi;
Keyingi bosqich, loyiha natijalarini amalga oshirilgunga qadar davom etadigan implementatsiya;
Yakuniy bosqich esa loyihaning foydalari amalga oshiriladigan operatsion bosqichidir.
Loyihalarni amalga oshirish bosqichlari va monitoring mexanizmi:

Yuqorida qayd etilgan dastlabki baholash bosqichi – investitsiyalardan oldingi bosqichda bo‘ladi. Loyihalarning bunday oldindan baholanishi erta bosqichda strategik axborotni taqdim etadi. Bu yerda voqealar jarayoniga ta’sir qilish imkoniyati eng tez hisoblanadi. Ushbu yondashuv eng yaxshi loyihalarni tanlash va mumkin bo‘lgan muqobil loyihalarni konseptual yechim topish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, dastlabki baholash, eng yaxshi alternativni taxmin qilingan investitsiya loyihalaridan foyda ko‘rish nuqtai nazaridan aniqlashga qaratilgan. Loyihani amalga oshirishning investitsiya bosqichida oraliq monitoring loyihaning kutilgan natijalari va muvaffaqiyat ko‘rsatkichlarini o‘rta yo‘lda baholaydi. Investitsiyadan keyingi baholash bo‘yicha uning maqsadi, loyihani amalga oshirishdan olingan natijalarni, uning uzoq muddatli barqarorligini va muvaffaqiyatini baholashdan iborat. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash. Iqtisodiy tahlilda, narx-navoning buzilishini hisobga olgan holda va ijtimoiy diskontlash stavkasini tanlagandan so‘ng, bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash kerak. Shu jumladan, iqtisodiy aniq joriy qiymat (diskontlangan ijtimoiy foyda va xarajatlar o‘rtasidagi farq), iqtisodiy rentabellik darajasi va yangilangan foyda va xarajatlar o‘rtasidagi munosabatlar.


Yuqoridagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ahamiyatiga qarab, ayrim investitsiya loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qoida tariqasida, iqtisodiy rentabellik koeffitsiyenti ijtimoiy chegirma stavkasidan past yoki salbiy sof qiymati bo‘lgan loyihalar rad etilishi kerak, chunki bunday loyihalar kam foyda evaziga juda ko‘p ijtimoiy resurslarni iste’mol qiladi.
Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin