O`tkazilgan tadbir



Yüklə 16,45 Kb.
tarix31.12.2021
ölçüsü16,45 Kb.
#112791
Jizzax viloyati Davlat soliq tizimi idorasida 21


Jizzax viloyati Davlat soliq tizimi idorasida 21 – oktabr – O`zbek tili bayrami munosabati bilan ``Qadring baland bo`lsin, ona tilim`` shiori ostida

o`tkazilgan tadbir

BAYONNOMASI

21.10.2020

Qatnashdilar: Jizzax shahar hokimining ma`naviy-ma`rifiy ishlar

samaradorligini oshirish masalalari bo`yicha

maslahatchisi S.Sherqo`ziyeva

JDPI Boshlang`ich ta`lim fakultetining filologiya

fanlari bo`yicha falsafa doktori Sh.Siddiqova

Sharof Rashidov tumani xalq ta`limi bo`limining ona tili va

adabiyot fani uslubchisi, tadbir eksperti D.Ergasheva

Jizzax viloyati DSB boshlig`i maslahatchisi R.Dovurov

va turli sohadagi tadbirkorlar

Bugungi kunda til sofligini saqlash va uni rivojlantirish masalasida asosiy e`tirozlar tashqi reklama vositalariga bildirilmoqda.Jizzax viloyati soliq boshqarmasida shu yo`nalishda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti vakillari bilan o`zbek tilining imlo qoidalariga qatiy rioya qilish, til rivojiga hissa qo`shish mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda davlat tilida ish yuritishni rivojlantirish masalasiga mas`ul bo`lgan tashkilot vakillarining ma`ruzalari tinglandi:

``Tashqi reklama vositalari yorqin va yirik harflarda yozilishi bilan ko`zga tez tashlanadi hamda xotirada ko`p vaqt saqlanib qoladi. Shu sababli bu kabi targ`ibot va reklama vositalarining imlo va punktuatsiya qoidalariga jiddiy e`tibor qaratilishi talab etiladi``- deydi JDPI Boshlang`ich ta`lim fakultetining filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori Sh.Siddiqova.

Kunning ikkinchi yarmida Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi xodimlari o`rtasida ommaviy diktant o`tkazildi. ``Vatan tuyg`usi`` mavzusida o`tkazilgan diktantda davlat soliq xizmati xodimlarining o`zbek tilining imlo va tinish belgilari qoidalarini o`zlashtirganliklari sinovdan o`tkazildi.Tadbirdan maqsad – xodimlarning lotin grafikasiga asoslangan o`zbek alifbosidan foydalanish ko`nikmasini oshirish, davlat tilida ish yuritilishi bo`yicha natijalarni baholash.

``Davlat soliq xizmati xodimlari ham soliq to`lovchilari bilan doimiy muloqotda bo`lishadi. Bu esa muomala madaniyati, o`zbek tilida muloqot qilishning yuksak ko`nikmalarini talab etadi. Bu esa davlat tiliga bo`lgan xurmat va munosabatni ko`rsatadi. O`ylaymizki, diktant natijalari boshqarmada davlat tilida ish yuritish va lotin grafikasiga asoslangan o`zbek alifbosiga o`tish jarayonida bajarilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlarni belgilab beradi``- deydi Sharof Rashidov tumani xalq ta`limibo`limining ona tili va adabiyot fani uslubchisi, tadbir eksperti D.Ergasheva

Diktant natijalariga ko`ra, imlo, orfografiya va punktuatsiya qoidalarini eng yaxshi o`zlashtirgan xodimlar rag`batlantirildi.



``Qadring baland bo`lsin, ona tilim`` shiori ostida tashkil etilgan O`zbek tili bayrami kuni tadbirlarida bu mavzuga nafaqat mavsumiy, balki doimiy e`tabor qaratish, tilga hurmat va rag`batni hamisha rivojlantirib borish zarurligi ta`kidlandi. Tadbirlar viloyatimiz davlat soliq tizimining barcha idoralarida davom etdi.
Yüklə 16,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin