Oybekning o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o‘rni. Oybek dostonlarida davr talqini masalasi. Oybek dostonlarining kompozitsion xususiyatlari



Yüklə 52,75 Kb.
səhifə1/5
tarix08.04.2023
ölçüsü52,75 Kb.
#124977
  1   2   3   4   5
Oybek23


Oybek dostonlarining kompozitsion xususiyatlari.
Reja:
KIRISH

  1. Oybekning o‘zbek nasri taraqqiyotida tutgan o‘rni.

  2. Oybek dostonlarida davr talqini masalasi.

  3. Oybek dostonlarining kompozitsion xususiyatlari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Istiqlol yillarida ma'naviy hayotimizni isloh qilish va yangilashga e'tibor yanada kuchaydi. Endilikda ma'naviy, adabiy, diniy qadriyatlarimizni tiklash va buni har tomonlama yetuk inson kamolotiga yo‘naltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Bu esa bizga adabiy merosimiz namoyandalari ijodini yangicha qarashlar asosida o‘rganish va tahlil etish imkonini beradi. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida: “Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”1, deb ta'kidladilar. Prezidentimizning bu fikrlari bevosita adabiy ta'limga ham taalluqlidir. Shoir va yozuvchilarimiz asarlarini zamonaviy ta'lim usullari asosida o‘rgatish orqali yosh avlodni zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson sifatida kamol topishlariga erishishimiz lozim.
Musa Toshmuhammad o‘g‘li Oybek (1905-1968) o‘zining ibratli hayoti va intilishlari, sermaxsul va samarali ijodiy merosi bilan adabiyotimiz nufuzini jahoniy miqyoslarga ko‘tarishga barakali hissa qo‘shdi. Ulug‘ akademik shoir, nosir, adabiyotshunos va tarjimon Oybek ijodiy merosi madaniyatimiz va adabiyotimizning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ijodini o‘rganish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ammo bugungi kunda ulug‘ shoir ijodiy merosini bilish va tadqiq etish g‘oyatda muhimdir. Shuning uchun ham shoir ijodiga chuqurroq kirib borish, asarlarining o‘ziga xos jihatlarini yoritish, uning san'atkorlik mahoratini bilib olish uchun har bir asarini yangicha qarashlar asosida tahlil etishimiz va o‘quvchi yoshlarga o‘rgatishimiz zarur. Zero, Oybek ijodida bugungi kun uchun zarur bo‘lgan ma'naviy yetuklik, milliy g‘urur, o‘zlikni anglash tuyg‘ulari yuksak darajada aks ettirilgan. Shu ma'noda biz ushbu BMIda Oybek asarlarini qiyoslab o'rganish metodikasi masalasini o‘rganishga va ayrim umumlashmalarimizni bayon etishga harakat qildik. Ushbu masala ilk bora tadqiqot ob'ekti sifatida o‘rganilmoqdaki, bu ishimizning dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 52,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin