O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning asarlarida manaviyat masalalari



Yüklə 34,04 Kb.
səhifə7/7
tarix04.01.2022
ölçüsü34,04 Kb.
#113675
1   2   3   4   5   6   7
I.Karimovning Madaniyat asarlari haqida
kurs ishi, Document demokratiya[1]
3.Xulosa

SHunday qilib, Birinchi Prezident I.A.Karimov oldingi asarlarida ham qat’iy turgan prinsipini rivojlantirib, ulug‘ ajdodlarimiz merosida  aks etgan diniy va dunyoviy bilimlar majmuiga teng ko‘z bilan qarash, ularni uyg‘unlikda olib o‘zlashtirish lozimligini, faqat shundagina ma’naviy mukammallikka erishish mumkinligini qayta-qayta   ta’kidlaydi. kabi tabarruk siymolarning millatimiz ma’naviy takomiliga qo‘shgan xizmatlari bilan bir qatorda, matematika va astronomiya singari aniq fanlar; meditsina, farmakognoziya ,    mineralogiya kabi tabiiy fanlar; logika, filologiya va jamiyatshunoslik fanlari sohalarida jahon ilmi rivojiga barakali ta’sir ko‘rsatgan qomusiy allomalar Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino,  Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug‘bek kabi mo‘‘tabar zotlarning har biri xususida alohida to‘xtalib, ularning nafaqat milliy ma’naviyatimiz, balki  bashariyat ma’naviy takomiliga ko‘rsatgan ta’sirlarini birma-bir qayd etib o‘tilishi bu soha olimlari uchun muhim nazariy-metodologik namuna sifatida qabul qilishga arziydi.

Kitobda “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan” Sohibqiron Amir Temurning mumtoz siymosi, uning nabirasi olim va hukmdor Mirzo Ulug‘bekning ilmiy jasorati chuqur ehtirom bilan yodga olinadi. Kitob muallifi o‘z hissiyotlarini shunday bayon qiladi: “SHaxsan men “Temir tuzuklari”ni har gal o‘qir ekanman, xuddiki o‘zimga qandaydir ruhiy kuch-quvvat topgandek bo‘laman...”

Ma’lumki, o‘z vaqtida 1991 yil Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan va o‘sha yil to‘kin kuzning birinchi oyida o‘zbek milliy ma’naviyatining quyoshiga bag‘ishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni o‘tkazish belgilangan edi. Ollohning inoyatini qarang-ki, xuddi ushbu tantanalar boshlanishi oldidan mamlakatimiz siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritdi va sentyabrning birinchi kuni Mustaqillik bayramiga aylandi. Prezidentimiz “millat bayrami” deb atagan Mir Alisher Navoiyning qutlug‘ to‘yi, shunday qilib, “O‘zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi”, “yurtimiz, elimiz tarixida qutlug‘ keldi, unutilmas sana bo‘lib qoldi”.



ADABIYOTLAR
1.“YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” nomli ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan alohida risolasi bosilib chiqdi. Kitob 4 bobdan iborat

2.“Ma’naviyat – insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir”

3.Mustaqillik – ma’naviy tiklanish va yuksalish”

4. “Ma’naviyatga tahdid – o‘zimiz va kelajagimizga tahdid”

5. “Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevori”
Yüklə 34,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə