O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” kafedrasi 70310901-Psixologiya



Yüklə 19,58 Kb.
tarix01.05.2023
ölçüsü19,58 Kb.
#126166
Tashqi taqriz (2) (2)


O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Psixologiya” kafedrasi 70310901-Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) 2-kurs magistri Ergasheva Surayyo Faxriddin qizining “Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini o’rganish” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ

Yangi Oʻzbekistonning yuksak rivojlanishi uchun amalga oshayotgan davlat va jamiyat qurilishidagi oʻzgarishlar, taʻlim sohasidagi rivojlanishlar bugungi kun yoshlarining yuksak kelajagi uchun amalga oshirilmoqda.


Yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy sohalardagi mavqeini, ijtimoiy faolligini kuchaytirish - Yangi O’zbekistonni barpo etishimizda juda dolzarb masaladir.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o’zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari, faolligi ayniqsa, ijtimoiy faolligi ham takomillashib, rivojlanishi muhim vazifa hisoblanadi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish, ularning ijtimoiy tashabbuskorligini qo’llab-quvvatlashga doir yangi pedagogik-psixologik vositalarni ishlab chiqish, ijtimoiy-madaniy va kommunikativ faoliyatni samarali tashkil etish malakalarini rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar ham olib borilmoqda.
Ijtimoiy faollikning rivojlanishi, bosqichlari, omillari va boshqa xususiyatlarini tadqiqotchilar o’rganishgan. Mashhur rus tadqiqotchilari Sitarov va Maralov (2015) to’rt darajani ajratib ko’rsatishgan: me'yoriy, me'yoriy-shaxsiy, shaxsiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish haqida izlanishlar olib borgan. L.I.Bojovich esa, ijtimoiy faollikni rivojlanishida motivni nafaqat tashqi obyektiv omillar, balki tasavvurlar, g’oyalar, his-tuyg’ular, bir so’z bilan aytganda, ichki subyektiv omillar ko’rinishi deya ta’rif beradi.
A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida: “Faoliyat- kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki va tashqi faolligidir” deb aytib o’tganlar. Har bir shaxs jamiyatda bo’layotgan vaziyatlarda ichki-psixik va tashqi-jismoniy faolligini namoyon qiladi.
M.G.Davletshinning psixologiya qisqacha izohli lug’atida: Faollik-tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirida namoyon bo’lishi, psixik faollik bu o’zaro ta’sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan tavsiflanadi”- deya ta’riflangan.
Q.Turg’unovaning psixologiya izohli lug’atida : Faollik- shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lib kishining faoliyati mehnat, o’qish, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi” deb ko’rsatilgan.
V.M.Karimovaning “Psixologiya” o’quv qo’llanmasida : Faollik- shaxsning hayotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir.
Faoliyat inson ongi vatafakkuri bilan boshqariladigan undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o’z-o’zini o’zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o’ziga xos faollik shaklidir.
Taʼkidlash joizki, tadqiqot mavzusi ijtimoiy va hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda tanlangan boʼlib, tadqiqotlarni yuqori saviyada oʼtkazishga harakat qilingan. Sohaga doir koʼplab adabiyotlar tahlil etilgan, imkon boricha koʼplab psixologik tashxis usullaridan, statistik tahlil metodlardan foydalanilgan. Tadqiqotchi butun kuch va bilimini sarflab, tadqiqotning maqsadini, vazifalarini hal etish chora-tadbirlarini koʼrgan.
Tadqiqot ishi maqsadiga ko’ra o’ta dolzarb jarayonni tadqiq etishni o’z oldiga qo’ygan. Ishning birinchi bobi “Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarining ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlanib unda ijtimoiy faollikning psixologik xususiyatlarini, mavzuning ilmiy adabiyotlarda o’rganilganligi, talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi 3 bob, 8 paragraf, xulosa, adabiyotlar roʼyxati hamda ilovalardan iborat. Tadqiqotda 3 ta metodikadan foydalanilgan. Olingan natijalar matematik statistik asosida ishlab chiqilgan. Jadval va sxemalar bilan bayon qilingan.
Ikkinchi bobda tadqiqotning metodologik manbalari hamda tadqiqotda qoʼllanilgan metodikalar sharxi va bosqichlari tavsifi haqida soʼz yuritilgan.
Uchinchi bob empirik natijalarning taxliliga bagʼishlangan boʼlib, unda tadqiqot natijalarining tahliliy statistikasi hamda oʼtkazilgan metodikalarning korellyatsion tahlillari keltirilgan.
Ilmiy ish mazmunida bir qator olimlar qarashlari va tadqiqotlari asos qilib olingan. Talabalarning ijtimoiy faollik ko’nikmalarini shakllantirish jarayonida motivlashtirish ularda ijtimoiy faollik tushunchasining mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyati, insonparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik, xalqi va millatiga munosib farzand bo’lib shakllanishga, sadoqat va e’tiqod, irodaviylik, erkinlik va bag’rikenglik, rostgo’ylik kabi qadriyatlarni e’zozlashga o’rgatish kabi tushunchalarni o’zlashtirish va ularda mazkur tushunchalarni o’rganish uchun qiziqishlarni vujudga keltiruvchi ijobiy motivlarni shakllantirish muhim sanalib, ular talabalarda ijtimoiy faollikni shakllantirishga va rivojlantirishga xizmat qiladi.
Motiv – bu insonning xulq-atvorini ichki psixologik boshqarish bo’lib, yo’naltirilganlikni, tashkil qilinganlik, qo’llab-quvvatlanganlikni o’z ichiga oladi. Motiv tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. A.Maslou motivni ehtiyoj, qiziqish bilan bog’lasa, A.N.Leontev motivni ehtiyojlarni qanoatlantirishga xizmat qiladi va inson faoliyatini yo’naltiradigan va uni qo’zg’atadigan obyektivlik deb qaraydi. L.I.Bojovich esa, motivni nafaqat tashqi obyektiv omillar, balki tasavvurlar, g’oyalar, his-tuyg’ular, bir so’z bilan aytganda, ichki subyektiv omillar ko’rinishi deya ta’rif beradi. Shuningdek, bir guruh olimlar Dj.Gilford, B.R.Xilgard, K.Obuxovskiy, A.Levitskiy, P.I.Ivanovlar motivni faollikni boshlovchi va uni qo’llab-quvvatlab turuvchi omil, shaxsni muayyan bir xatti-harakatga undovchi, zaruratni his qilinishi, u ichimizda maqsadni qo’yishga qo’zg’atadi va xatti-harakatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni qabul qilishga olib keladi, deb ta’kidlaydi. Bu holat ishning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshiradi.
Umumiy olganda magistrlik dissertatsiyasi ishi nazariy va amaliy jihatdan yaxshi o’rganilgan. Boblar bo’yicha xulosalar mavjud bo’lib, muallif tadqiqot xarakteri bo’yicha bob oxirida yakuniy fikrlar bera olgan. Bu magistrdagi mustaqil fikr va ijodiy qobiliyatning yuqoriligini belgilaydi.
Tadqiqot ishida ba’zi kamchiliklar mavjud bo’lsada, uning nazariy va amaliy jihatdan ancha yaxshi ishlanganligi uni salohiyatini tushurmaydi.
Ish yakunida qo’yilgan muammoga oid umumiy xulosalar, ilovalar ham ilmiy uyg’unlikda berib o’tilgan.
Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti 70310901-Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) 2-kurs magistri Ergasheva Surayyo Faxriddin qizining “Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini o’rganish” mavzusida yozilgan magistrlik dissertatsiyasini yozish talablariga muvofiq tayyorlangan, mustaqil ish sifatida shakllantirilgan.
Magistrlik dissertatsiya ishda ayrim kamchiliklarning mavjudligi, yaʼni orfografik va imloviy xatolarni inobatga olmaganda ish toʼliq bajarilgan. Qayd etilgan kamchiliklar koʼproq texnik mazmunga ega boʼlib, ular ishning ilmiy - amaliy salohiyatini tushurmaydi. Ergasheva Surayyo tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertatsion ish toʼliq yakunlangan, DAK huzurida himoya qilishga tavsiya etaman.

Samarqand Davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD

R.Y. Musimova

Yüklə 19,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin