O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) BO’LIMI MUSTAQIL ISHI FAN: Jahon adabiyoti tarixi MAVZU: Fransiya va Angliyada Uyg’onish davri. U.Shekspir ijodi. GURUH: 9-2 UZB S-18 BAJARDI: O’ktamova Kumushoy TEKSHIRDI:
2021-2022-o’quv yili Mavzu: Fransiya va Angliyada Uyg’onish davri. U.Shekspir ijodi.
Reja:
Kirish:
Yevropada Uyg’onish davri boshlanishi.
II. Asosiy qism:
1) Fransiyada Uyg’onish davri va Fransua Rable ijodi.
KIRISH: «Renessans» so'zi fransuzcha bo'lib (frans. Renaissanse), o'rta asrlar madaniyati, adabiyoti va san'atidagi buyuk o'zgarishlar davrini anglatadi. Antik madaniyat barham topgandan so'ng o'n asrdan ortiq vaqt o'tgach, g'arb tafakkurida yana bir ulkan ko'tarilish, yangilanish ro'y berdi, shu sababli ham bu davrni Uyg'onish davri deb ataydilar. Uyg'onish davri XIV asrning ikkinchi choragida boshlanib, XVII asrgacha davom etdi. Renessans ilm-fan, madaniyat va san'atda o'zini namoyon qildi. Uyg'onish davrining buyuk namoyandalari inson shaxsini ulug'laydilar, uning qadr-qimmati, his-tuyg'ularini qadrlaydilar, qoloq urf-odatlarga qarshi chiqadilar, ruh erkinligini yuqori qo'yadilar. Uyg'onish davri vakillarini gumanistlar ham deb ataganlar. Gumanistlar antik adabiyotga alohida hurmat bilan qaraganlar. Ular Rim va yunon adabiyotiga yuqori baho berganlar, ijodda ular yaratgan cho'qqilarga intilganlar, unutib yuborilgan qadimgi qo'lyozmalarni qidirib topganlar, yunon va Rim shoirlari asarlarini, Gomer dostonlarini nashr qilganlar. G'arbiy Yevropada tashkil qilingan universitetlarda qadimgi — lotin, grek, yahudiy tillari o'qitilgan. Ayni paytda uyg'onish davri ijodkorlari yaratgan asarlarda antik adabiyot an'analari realistik elementlar bilan uyg'unlashadi. Bu zamin kishisi hayotidan olingan vaziyatlar, hayotiy obrazlar, insoniy kechinmalarning tabiiyligi kabilarda ko'zga tashlanadi. Uyg'onishning boshlanishi Italiyada namoyon bo'ldi, uning ilk yirik vakili Dante hisoblanadi. Keyinchalik Petrarka she'rlari, Bokachcho hikoyalarida bu davrga xos asosiy belgilar — mavhum ramziy obrazlar o'rnini realistik obrazlar egallashi, voqelikni asliga muvofiq tasvirlashga intilish kabilar ko'zga tashlandi. Bu harakat keyinchalik butun Yevropaga yoyildi, Leonardo da Vinchi, Albrext Dyurer, Jordano Bruno, Kopernik, Rable va Servantes kabi yirik mutafakkir va ulug' yozuvchilarni yuzaga keltirdi. Renessans G'arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari madaniyatidagi o'rta asrlardan yangi davrga o'tish bosqichini anglatadi. Nemis faylasufi Gegel «Falsafa tarixi»da Uyg'onish davrini «tong yog'dusi” deb atagan edi.