O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya medisinasiinstituti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125710
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrote



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 
O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
SAMARQAND VETERINARIYA 
MEDISINASIINSTITUTI
 
IQTISODIYOT VA AGROTEXNOLOGIYA FAKULTETI 
CHORVACHILIKDA IQTISODIY SAMARADORLIK VA 
BUXGALTERIYA HISOBI KAFEDRASI 
TA’LIM YO’NALISHI: 5420100- QISHLOQ XO‘JALIGIDA 
MENEJMENT
 
KURS ISHI 
 
 
 
Mavzu: Fermer xo’jaligi faoliyatini diversifikasiyalashning 
huquqiy va iqtisodiy asoslari 
 
 
 
Bajardi: 405-gurux talabasi Sadinov Javlon 
Tekshirdi: M.Nazarova
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand 2020
 


MUNDARIJA 
KIRISH .......................................................................................................................... 

1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI .................. 

2. Fermer xo’jaligining resurslar salohiyati va ular bilan taminlanganlik holati .......... 

2.1. Yer-suv resurslari va fermer xo’jaliklarining ular bilan taminlanganlik holati ..... 

2.2. Mehnat resurslari va ular bilan fermer xo’jaliklarining ta’minlanganlik holati 
tahlili .............................................................................................................................. 

2.3. Moddiy-texnika resurslari va ular bilan ta’minlanganlik ..................................... 
11 
3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy va iqtisodiy asoslari . 13 
3.1. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning ahamiyati ............................ 
13 
3.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslari .................. 
17 
3.3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning iqtisodiy asoslari ................. 
20 
4. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslarini 
takomillashtirish .......................................................................................................... 
24 
4.1. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni qonuniy takomillashtirib borish 
24 
4.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni 
kabul qilinishi .............................................................................................................. 
26 
XULOSA VA TAKLIFLAR ....................................................................................... 
29 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ................................................ 
31 



KIRISH 
Respublikamizda mustaqillik yillarida agrar sohada amalga oshirilgan iqtisodiy 
islohotlar mazmuniga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligida mahsulot 
yetishtiruvchi dehqonning moddiy manfaatdorligi va iqtisodiy erkinligini ta'minlash 
orqali mavjud yer va suv, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini 
oshirishga qaratilganligini ko‘rish mumkin. Aholining yeriga, mol-mulkning haqiqiy 
egasiga aylanib borishi zamirida birinchi navbatda, mamlakat aholisining tobora o‘sib 
boruvchi ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobiga sifatli va nisbatan arzon oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash masalasi mujassam. Bugungi kunda fermerlar 
faqatgina xomashyo yetishtirib beruvchi emas, balki uni qayta ishlovchi, qishloqlarga 
sanoatni olib kirib, ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan ishbilarmonga 
aylanmoqda. 
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash hozirgi kunda dolzarb masala 
hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 
yil 9 oktyabrda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali 
foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199-
sonli farmonini qabul qilinishi dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarini huquq va 
manfaatlarini himoya qilish bilan birga, fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekin 
maydonlaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklarini 2018-2021 yillar 
mobaynida bosqichma bosqich to‘liq ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish shakliga 
o‘tkazish kabi muhim vazifalar belgilab berildi. 
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishidan asosiy maqsad – tabiat 
omillari va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish asosida sifatli va 
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib moliyaviy barqorarlikka erishish 
hisoblanadi
1
. Shuning uchun ko‘p tarmoqli xo‘jaliklar tashkil etilganida qishloq 
joylarda yangi ish o‘rinlari barpo etiladi va uning natijasida aholini ish bilan 
ta'minlaning darajasi oshadi. Shu bilan bir qatorda qishloq aholisining sanoatni qayta 
ishlash va boshqa tarmoqlariga oqib o‘tish jarayoni yuzaga keladi. 
Mamlakatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarkibi shakllanishida birlamchi 
ravishda uning geografik o‘rni, tabiiy-iqlim resurslari va resurs salohiyati muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mavjud tabiiy imkoniyatlar yetarli bo‘lgan holatda, qishloq 
xo‘jaligi hududiy ixtisoslashuvi shakllantiriladi hamda mamlakat aholisining oziq-
ovqat mahsulotlariga va sanoat tarmoqlarining xom-ashyoga bo‘lgan talabidan kelib 
chiqib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beruvchi 
samarali ishlab chiqarish tanlanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibi 
tanlanganidan so‘ng, bozor qonuniyatiga ko‘ra zarur bo‘lgan tovar ishlab chiqarish 
jarayoni boshlanadi, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchi 
tomonidan yaratilgan mahsulotga bozorda talabning bo‘lishi ishlab chiqaruvchi 
1
Mamarasulov X. va boshqalar “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish masalalari”-Amaliy qo‘llanma.T-2016 y



daromadini ta'minlasa, mahsulotning haddan tashqari ortiqchaligi esa mavjud 
bozorning to‘yinishiga va bozorda mahsulot turlarining ortishiga olib kelishi 
oqibatida daromadning oshishiga aks ta'sir etadi. Shuning uchun doimiy ravishda 
mahsulot ishlab chiqaruvchining oldida bir muammo turadi, bu mamlakat qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarish yo‘nalishini hisobga olgan holda daromadli ekinni 
yetishtirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirilgan holda davom ettirishidir. Bu 
savolga javob izlagan holda ishlab chiqaruvchi bir turdagi mahsulotdan ololmagan 
me'yoriy daromadini boshqa turdagi yangi mahsulotni ishlab chiqarish hisobiga ega 
bo‘lishga harakat qiladi. Bu intilish asosida ishlab chiqarishning diversifikatsiyalash 
jarayoni yotadi. 
Kurs ishining maqsadi Fermer xo’jaligi faoliyatini diversifikasiyalashning 
huquqiy va iqtisodiy asoslarining predmeti agrar sektorda ko‘p tarmoqli fermer 
xo‘jaliklarini tashkil qilish, ular faoliyatini diversifikatsiyalash va fermer xo‘jaliklari 
faoliyati jarayonidagi iqtisodiy munosabatlari majmuini talabalarga o‘rgatish 
hisoblanadi. 
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlar sharoitida fermer xo’jaliklarning 
diversifikasiyalashgan faoliyatini rivojlantirishning maqsadi fermer xujaliklari 
daromadlarini 
oshirish 
va 
resurslardan 
samarali 
foydalanishda 
faoliyatni 
diversifikatsiyalash, qo‘shimcha va yordamchi tarmoklarni rivojlantirish bo‘yicha 
zarur bo‘lgan bilimlarni shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish, 
agrar 
sohada 
iqtisodiy 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ilg‘or 
texnologiyalar asosida tashkil etish va optimallashtirish bo‘yicha ma'lumotlar 
berishdan iborat. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin