1
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi
Andijon Davlat universiteti
O‘zbek adabiyoti kafedrasi
Mushtariy Alijonova
Sa’diy ijodining o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasi
(o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidan yozilgan bititruv malakaviy ishi)
Ilmiy rahbar:
dotsent B.Jalilov
A N D I J O N ─ 2 0 1 5
2
“Himoyaga tavsiya etaman”
Ish rahbari: B.Jalilov
“ ” 2015
“Himoyaga qo‘yishga ruxsat beraman”
Kafedra mudiri f.f.n. A.Hamroqulov
“ ”
2015
“Himoyaga tavsiya etaman”
Rasmiy taqrizchi:
“ ”
2015
Davlat Attestatsiya Hay’atiga himoya uchun taqdim etaman:
Fakultet dekani: dotsent B.Rahmonov
“ ”
2015
3
M U N D A R I J A
KIRISH……………………………………………………………………4
I-bob. SA’DIY SHEROZIY ― SHARQ ADABIYOTINING YIRIK
VAKILI........................................................................................................ 8
II-bob.“GULISTON” ASARI SAYFI SAROYI TARJIMASIDA............13
III-bobSA’DIY LIRIKASINING O‘ZBEK ADABIYOTIGA TA’SIRI.. 33
XULOSA................................................................................................... 52
FOYDALANILAGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI............................ 53
4
K I R I S H
Bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi.
Xalaqlar o‘rtasidagi
do‘stlikning barqaror bo‘lishi mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy,
madaniy aloqalarga bog‘liqdir. Mamlakatlar o‘rtasida aloqalar kuchli
bo‘lsa, tinchlik barqaror bo‘ladi. O‘zbek va tojik xalqlari yonma-yon
yashab, dini, urf-odatlari bir xil bo‘lgani uchun bir-biriga qiz olib, qiz
berganlar, do‘stlikda, hamjihatlikda yashashga harakat qilganlar.
Bu ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikning rivojida adabiyotning xizmati
katta bo‘lgan. Fors-tojik adabiyotining klassiklari: Rudakiy, Firdavsiy,
Hofiz, Sa’diy singari ijodkorlar turkiy xalqlar adabiyotiga, jumladan,
o‘zbek adabiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan. O‘zbek adabiyotining yirik
vakillari ularni o‘zlariga ustoz sanaganlar, ular ijodidagi ilg‘or an’analarni
o‘zlashtirganlar.
Firdavsiy “Shohnoma” asarida Eron shohlari tarixini bergan bo‘lsa,
Navoiy “Tarixi muluki Ajam ” asarida ham Eron, ham Turon shohlari
tarixini yaratdi.
Navoiy g‘azal janri borasida o‘z ustozlarini sanaganda, Xisrav
Dehlaviy, Abdurahmon Jomiylar qatorida Hofiz Sheroziyni tilga oladi.
Fors-tojik adabiyoti klassiklari boshqa o‘zbek shoirlari ijodiga ham katta
ta’sir o‘tkazgan.