O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
2 5197163324424327231
Jamshid Zakovat, 1650956708 (1)
Bilimlarni  mustahkamlash  darsi.  Bunday  darslarda  oldin  o‘rganilgan 
materiallar  yuzasidan  ta’lim  oluvchilar  bilan  suhbatlar,  tajriba-amaliy  ishlar 
o‘tkaziladi,  har  xil  masalalar  echiladi,  texnologik  jarayonlar  ishlab  chiqish 
mashqlari,  yozma  grafik  ishlar,  ilgari  o‘rganilgan  materialni  mustahkamlash  va 
tizimga  solish  yuzasidan  turli  mustaqil  ishlar  (sxemalar  tuzish  va  ularni  o‘qish, 
jadvallar  tuzish,  texnikaviy  hujjatlarni  tahlil  qilish  va  shu  kabilar)  o‘tkaziladi, 
kinofilmlar  ko‘riladi,  ta’lim  oluvchilar  ma’ruza  va  referatlar  bilan  chiqadilar.  Bu 
ish  davomida  bilimlar  esga  solinadi,  etarli  dalillar,  tushunchalar,  qonuniyatlar 


ta’lim  oluvchilar  ongi  va  xotirasida  mustahkamlanadi.  Buning  natijasida  bilimlar 
ancha puxta bo‘ladi. 
Takrorlash-umumlashtirish  darslari.  Bu  darslardan  ko‘zlangan  maqsad  – 
o‘rganilgan material yuzasidan olingan bilimlarni esga tushirish va tizimga solish, 
bu  esa  bilimlardagi  kamchiliklarni  to‘ldirishga,  mavzuning,  bo‘limning  va  butun 
fanning  asosiy  g‘oyalarini,  masalalarini  yanada  chuqur  ochib  berishga  yordam 
beradi. Bu  turdagi  darslar  dasturdagi  mavzuni  yoki bo‘limini  o‘rganish  so‘nggida 
va  o‘quv  yilining  oxirida  o‘tkaziladi.  Takrorlash-umumlashtirish  darslariga 
nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ularning mundarijasiga albatta ta’lim 
oluvchilar o‘quv faoliyatiga doir yangi ma’lumotlar va metodlar kiritishdir. 
Takrorlash-umumlashtirish  darslari  ikki  xil  bo‘ladi:  o‘qituvchi  mavzuning, 
bo‘lim  yoki  kursning  o‘rganilgan  materiali  yuzasidan  umumlashtiruvchi 
sharhlovchi  ma’ruza  o‘tkazadi  yoki  ta’lim  oluvchilar  bilan  kengaytirilgan  suhbat 
tashkil  qiladi.  Suhbat  vaqtida  ta’lim  oluvchilar  o‘qituvchi  rahbarligida 
umumlashtiruvchi mashqlar, yozma ishlar va boshqa topshiriqlarni bajaradilar. 
Sinash-tekshirish  darsi.  Bu  darslarda  mavzu,  bo‘lim  yoki  butun  kurs 
yuzasidan  batafsil  og‘zaki  savol-javob,test  sinovi,  yozma  yoki  grafik  nazorat 
ishlari o‘tkaziladi, nazorat qurilmalari, kartochka-topshiriqlar, sharhlash-takrorlash 
jadvallari  yordamida  ta’lim  oluvchilar  bilimi  tekshiriladi,  amaliy  xarakterdagi 
topshiriqlar bajariladi. Bunday darslardan ko‘zlangan asosiy maqsad har bir ta’lim 
oluvchining  tayyorganlik  darajasini  asosli  baholash  uchun  ma’lumotlar  olish, 
bilimlarni  qanchalik  ongli  va  chuqur  o‘zlashtirilganligini,  olingan  uquv  hamda 
malakalarning  qanchalik  puxta  ekanligini  aniqlashdan  iborat.  Bundan  tashqari, 
bunday  darslarni o‘tkazishda o‘qituvchi ta’lim  oluvchilar bilimi  hamda  uquvidagi 
kamchiliklarni to‘ldiradi. 
Muammoli  dars.  Bunday  darslarda  ko‘zlangan  maqsad    o‘quv  jarayonini 
yanada  takomillashtirishning  asosiy  yo‘nalishlari  ta’lim  oluvchilarning  bilish 
faoliyatini  faollashtirish,  mustaqilligini  rivojlantirish,  o‘qitishning  eng  samarali 
shakl va metodlaridan foydalanishdir.
  


Muammoli vaziyatlar yaratish, ularni hal qilish yo‘llarini izlash va aniqlash, 
muammoni hal qilish jarayonining o‘zi, chiqarilgan xulosalarning qanchalik to‘g‘ri 
ekanligini  amalda  tekshirib  ko‘rish  o‘quv  jarayonining  muhim  elementlari  bo‘lib 
qolmoqda. 
Muammoli  vaziyat  hosil  qilish  ta’lim  oluvchilar  faol  aqliy  faoliyatining 
zarur  shartidir.  Ta’lim  oluvchi  oldiga  muayn  vazifa  qo‘yilgan,  bu  vazifa  unda 
qiziqish uyg‘otadi va u bu vazifani hal qilishga urinadi, ammo o‘z bilimlari hamda 
tajribasining  etarli  darajada  to‘la  va  chuqur  emasligini  payqaydi,  ya’ni  muayyan 
qiyinchilikka  duch  keladi.  Ta’lim  oluvchida  hosil  bo‘lgan  vaziyatdan  chiqish 
yo‘lini topishdek ichki ehtiyoj paydo bo‘ladi, qiyinchilikni his etish paydo bo‘lgan 
shroitni  tahlil  qilishga  va  qo‘yilgan  masalani  echish  yo‘llarini  izlashga  undaydi. 
SHunday qilib, bilish lozim bo‘lgan va amaliy vazifalar bilan ta’lim oluvchilarning 
bilimlari  darajasi  orasida  ziddiyat  hosil  bo‘ladi,  bu  ziddiyat  yuzaga  kelgan 
qiyinchilikni bartaraf etishga qaratilgan intensiv fikrlash faoliyatini uyg‘otadi. 
Muammoli  vaziyatni  hal  etish  asosida  tashkil  qilingan  o‘quv  jarayoni 
pedagogikada muammoli o‘qitish deb ataladi. Muammoli o‘qitish vaqtida hamma 
vaqt  masala  (muammo)  qo‘yiladi  va  hal  qilinadi.  Bu  muammo  savol,  topshiriq, 
masala tarzida beriladi. 
Muammoli  vaziyatlar  yaratishda  pedagogika  fani  ishlab  chiqqan  hamda 
amalda tekshirib ko‘rilgan quyidagi qoidalarga amal qilishi zarur: 
1.Muammoli vaziyat yaratish shunday amaliy yoki nazariy vazifani nazarda 
tutadiki, bu vazifani bajarishda  ta’lim  oluvchi  o‘zlashtirilishi  kerak bo‘lgan  yangi 
bilimlar yoki harakatlarni “kashf etishi” lozim. 
2.Masala  quyidagi  shakllarda  berilishi  mumkin:  savol  shaklida,  bunda 
ma’lumotlar so‘roq gapga kiritilgan bo‘ladi; bunda savolniig ta’rifi, uning mohiyati 
vazifani  bajarishda  ta’lim  oluvchida  paydo  bo‘ladigan  real  savolga  mos  kelishi 
kerak;  topshirik  shaklida,  bunday  masalada  xulosa  chiqarish,  nimanidir 
tushuntirish, asoslash taklif etiladi. 


3.Masala hamisha ta’lim oluvchining bilim va uquvlariga asoslanishi lozim. 
Ular savol yoki vazifaning mohiyatini, tub maqsadni va echish yo‘llarini tushunish 
uchun etarli bo‘lishi kerak. 
4.Ta’lim  oluvchiga  taklif  etiladigan  muammoli  vazifa  ta’lim  oluvchining 
intellektual  imkoniyatlariga  mos  kelishi  zarur.  Vazifaning  qiyinlik  darajasi  ikkita 
asosiy  ko‘rsatkich:  o‘zlashtirilishi  kerak  bo‘lgan  o‘quv  materialining  yangilik 
darajasi va uning umumlashtirilganlik darajasi bilan baholanadi. 
5.Odatda, muammoli vazifa o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan o‘quv materialidan 
oldin  berilishi  darkor.  Ammo  ta’lim  oluvchilarda  muammoli  vazifani  hal  qilish 
uchun etarli darajada bilim va uquvlar bo‘lmasa, ularga zarur ma’lumotlarni bayon 
etish  yoki  ularni  muayyan  harakatlarga  o‘rgatish  lozim.  Bunday  hollarda 
o‘qituvchi  jarayonlarniig  xususiyatlari,  aniq  ma’lumotlar  va  shu  kabilarni  aytib 
beradi,  ta’lim  oluvchilar  esa  ana  shu  ma’lumotlar  asosida,  o‘rganiladigan 
harakatlarning  umumiy  qonuniyatlarini,  bajarish  usullari  hamda  shartlarini  ijodiy 
o‘zlashtiradilar. 
6.Ta’lim  oluvchilarning  muammoli  masalalar  echish  yo‘li  bilan  yangi 
bilimlarni  o‘zlashtirish  jarayoniga  o‘qituvchi  doimo  bevosita  rahbarlik  qilishi 
kerak.  O‘qituvchi  muammoli  vaziyat  yuzaga  keltiradi,  masalani  ta’riflaydi, 
shundan keyin yordamchi savollar berish, aniqliklar kiritish, ba’zi narsalarni aytib 
berish  yo‘li  bilan  ta’lim  oluvchilarga  talab  etiladigan  qonuniyatni  mustaqil 
tushunish  hamda  ta’riflashga,  qilinadigan  ish  usuli  yoki  shartini  topishga,  zarur 
xulosa chiqarishga yordam beradi. 
7.  Bilim  va  harakatlarning  ma’lum  darajada  murakkab  tizimini  muammoli 
o‘zlashtirishni  ta’minlash  uchun  muammoli  vaziyatlar  yaratishda  muayyan 
muammoga rioya qilish kerak:  
 murakkab  topshiriqni  ancha  mayda,  xususiy  topshiriqlarga  bo‘lish  zarur; 
ba’zi  hollarda  asosiy  masala  bir  necha  dars  yoki,  hatto,  butun  boshli  mavzu 
doirasida yagona bo‘ladi va xususiy vazifalar sifatida echiladi; 


 har  bir  muammoli  vaziyatda  bitta  noma’lum  elementni  (xossa,  nisbat, 
harakat  qonuniyati  yoki uni bajarish  shartini va  shu kabilarni) izlanuvchi  element 
sifatida belgilab olish lozim; 
 har  xil  muammoli  vaziyatlar  uchun  xos  bo‘lgan  didaktik  funksiyalarni 
farq qilish kerak: mavzuni o‘rganish boshida hosil qilinadigan birinchi muammoli 
vaziyat  ta’lim  oluvchilarda  o‘rganilayotgan  umumiy  qonuniyatni  o‘zlashtirish 
uchun  ehtiyoj  uyg‘otishi  darkor;  shundan  keyingi  aniq  muammoli  vaziyatlar 
tizimining hammasi shu asosiy masalani ochishga xizmat qiladi; 
 muammoli  vaziyatlar  sharoitida  o‘qituvchi  bayon  etadigan  o‘quv 
materialini  va  ta’lim  oluvchilar  mustaqil  o‘zlashtiradigan  materialni  aniqlashga 
differensiallangan  tarzda  yondoshish  kerak;  bir  darsning  o‘zida,  odatda,  ikkala 
tipdagi materialdan foydalaniladi. 
Bu  darslardan  maqsad  talabalar  qo’yilgan  muammolarni  echa  olish  yoki 
echa  olmasligini  aniqlashdir.  Bunday  darslar  talabalar  maxsus  fanlardan  ma’lum 
bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lganlaridan keyin o’tkaziladi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə