O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
2 5197163324424327231
Jamshid Zakovat, 1650956708 (1)
Boshlang’ich baholash – ta’lim jarayoni boshida ta’lim oluvchilarning dastlabki 
bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlash uchun o’tkaziladi. 
 
Joriy (shakllantiruvchi) baholash - ta’lim jarayonida muntazam ravishda o’tkazib 
boriladi. 
 
Yakukiy  (umumlashtiruvchi)  baholash  –  ta’lim  oluvchining  ta’lim  jarayoniniig 
ma’lum  davridagi  o’zlashtirish  natijalarini  belgilangan  mezon  va  standartlarga 
javob berishini aniqlaydi. 
 


noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak; 
  baholovchi  va  ta’lim  oluvchi  baholash  nima  berishi,  u  qachon,  kim 
tomonidan va qanday o’tkazilishini bilishlari muhim ahamiyatga ega; 
  qo’yilgan  baho  o’quv  natijasi  tushunish  va  uni  mujassamlashtirish  uchun 
ahamiyatlidir; 
  ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi 
lozim; 
  rejalashtirilmagan baholashni o’gkazish maqsadga muvofiq emas. 
 
9.3. Baholashning asosiy tamoyillari. 
Bilimlarni  tekshirish  va  baholash  muayyan  didaktik  talablarga  javob  berishi 
kerak. Tekshirish va nazorat qilish tizimli, doimiy tarzda bo’lishi shart. Bu talabga 
rioya etilmasa, ta’lim oluvchilarning o’qishga nisbatan munosabati yomonlashadi, 
bilimlarning sifatiga salbiy ta’sir qiladi. 
Bilimlarni  baholash  individual  xarakterga egadir.  Har  bir  ta’lim  oluvchi  uiing 
qaysi  bilimlari,  ko’nikma  va  malakalari  baholanayotganini  bilishi  kerak.  Ta’lim 
beruvchining savollariga va vazifalariga javob berishga tayyorlik holati bilimlarni 
tekshirish va baholash o’quv jarayonining muhim bir bo’lagiga, uning tarkibiy qis-
miga aylangan taqdirdagina ro’y beradi. 
Ta’lim  oluvchining  bilimlari,  ko’nikma  va  malakalari  davlat  o’quv 
rejalarining bajarilishi nuqtai nazaridan tekshiriladi va baholanadi. 
Ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko’nikma va malakalarini tekshirish shakllari 
turlichadir. Ba’zan ta’lim beruvchi bilimlarni tekshirishning uzoq vaqt mobaynida 
bir  xildagi  usullarini  qo’llaydi.  Unda  so’rash,  savol  berish,
 
bahoni  izohlash 
sohasida  muayyan  odat  paydo  bo’ladi.  Ta’lim  oluvchilar  bunday  tekshirishga 
moslashib  ketadilar,  o’qituvchining  qay  tarzda  so’rashi  ularga  oldindan  ma’lum 
bo’ladi.  Ular  faqat  ta’lim  beruvchi  uchun,  uni  qanoatlantirish  uchun  javob  bera 
boshlaydilar. 
Quyidagi beshta asosiy tamoyil baholash tizimi samaradordigining poydevori 
hisoblanadi: 


  o’quv maqsadlariga asoslanganlik; 
  haqiqiylik; 
  haqqoniylik; 
  ishonchlilik; 
  qulaylik. 
O’quv  maqsadlariga  asoslanganlik.  Samarali  baholashning  asosiy  tamoyili 
o’quv  maqsadlariga  asoslanganlik  hisoblanadi.  Baholashning  sifati  o’quv 
maqsadlariga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. O’quv maqsadlari baholash mazmunini 
aniqlab  beradi.  O’quv  maqsadlarining  qo’yilish  darajasiga  qarab,  baholashning 
shakl  va  usullari  tanlanadi.  Shuningdek,  o’quv  maqsadlariga  erishish  uchun 
bajarilgan faoliyat natijasi baholash mezonlarini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. 
Har  qanday  baholash  tizimini  loyihalashtirishda,  baholash  topshiriqlarining 
berilgan  ta’lim 
mazmuni  doirasida  bo’lishi  talab  etiladi.  Baholashni 
loyihalashtirishda, har doim quyidagi ikkita savolni e’tibordan qochirmaslik lozim: 
1)  Baholash  topshiriqlari  ta’lim  jarayonidan  ko’zlangan  o’quv  maqsadlarini 
to’la aks ettiradimi? 
2)  O’quv maqsadining darajasi uchun baholash shakli, usuli va mezoni to’g’ri 
tanlandimi? 
Masalan, yo’l harakati qoidalari bo’yicha olgan bilimlarni baholashda yozma 
test  olish  usuli  mos  kelishi  mumkin.  Lekin  undan  mashinani  boshqarish 
malakalarini baholashda foydalanib bo’lmaydi.  Bu  malakalar  og’zaki  yoki  yozma 
emas,  balki  amaliy  faoliyatga  asoslangan  baholash  usuli  yordamida  baholanishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Haqiqiylik.  O’quv  maqsadida  ko’zda  tutilgan  natijanigina  baholashga 
qaratilgan  topshiriq  yoki  test  haqiqiy  hisoblanadi.  U  baholanishi  lozim  bo’lgan 
bilim va ko’nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo’lishi lozim. 
Ta’lim  oluvchi  erishgan  natijalar  to’g’risida  asoslangan  va  ishonchli  axborot 
berish  kerak.  O’lchanishi  talab  etiladigan  narsalargina  o’lchanishi  kerak.  Ta’lim 
oluvchi  tomonidan  egallagan  bilim,  malaka  va  ko’nikmalar  hamda  shaxsiy 
fazilatlarni o’lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur. 


Haqqoniylik  (ob’ektivlilik).  Bir  xildagi  ta’lim  oluvchilarga  berilgan  bir  xil 
topshiriq  va  testlar  bo’yicha  har  xil  ta’lim  beruvchilar  tomonidan  bir  xil  baho 
berilgan  hollardagina  bunday  topshiriq  va  test  haqqoniy  hisoblanadi.  Bu 
haqqoniylik  har  xil  vaqtlarda  berilgan  baholar  uchun  ham  taalluqlidir.  Ushbu 
mezonlar  ko’pincha  markazlashgan  holatda,  o’tkaziladigan  yalpi  «rasmiy  testlar» 
paytida  amalga  oshiriladi,  xolos.  Ta’lim  beruvchi  tomonidan  tuzilgan  testlar  esa 
odatda mazkur talablarni bajarmaydi. 
Baholash tizimi o’quv maqsadlariga mos bo’lishi, shuningdek, baholash shart-
sharoitlari  va  maqsadlari  bilan  talabalar  oldindan  tanishgan  bo’lishlari  lozim. 
Ta’lim  oluvchilarga  bir  xil  murakkablikdagi  va  hajmdagi  topshiriqlar  berilishi 
kerak. 
Ishonchlilik.  Natijalarni  baholash  mobayiida  har  xil  usullardan  foydalanish 
mumkin.  Lekin,  bu  usullarni  tanlashga  qo’yiladigan  asosiy  shart  ishonchlilik 
hisoblanadi. Uslub ishonchli bo’lishi uchun baholash asosli va aniq ma’lumotlarga 
asoslangan  bo’lishi  zarur.  Bunda  topshiriq  yoki  testning  o’rganish  maqsadlarini 
nazorat qilishga yo’naltirilganligi qanchalik ishonchli ekanliligi nazarda tutiladi. 
Baholash  ishonchli  bo’lishi  uchui  ta’lim  oluvchilarda  bir-biriga  o’xshash, 
ammo har xil sharoitlarda baholash o’tkazilganda, natijalari bir xil bo’lishi kerak. 
Baholash  metodining  ishonchliligi  turli  metodlarning  iatijalari  bilan  taqqoslash 
orqali  aniqlanadi.  Baholash  tizimi  ishonchli  bo’lishi  uchun  –  turli  ekspertlar 
yordamida  turli  vaqtlarda,  baholash  o’tkazilganda,  uning  natijalari  bir-biriga 
o’xshash bo’lishi kerak. 
Qulaylik. Baholash tizimi o’quv maqsadlaridan kelib chiqqan holda o’quv va 
ishlab  chiqarish  standartlariga  mos  bo’lishi,  murakkab  bo’lmasligi,  nazorat 
o’tkazuvchi  va  ta’lim  oluvchi  uchun  qulay  bo’lishi  lozim.  Baholashni  o’tkazishda 
imkon qadar kompyuter te[nologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Topshiriq  yoki  test  paytida  ball  beriladigan  bo’lsa,  ball  berish  o’rganish 
maqsadlarini  nazorat  qilishga  moslashtirilgan  bo’lishi  lozim.  Bunda  mavzuning 
muhimroq  bo’lgan  qismlariga  unchalik  muhim  bo’lmagan  qismlariga  nisbatan 
ko’proq ball berish kerak bo’ladi. 


Baholash  jarayonida  uchraydigan  ba’zi  xatoliklar.  Ta’lim  beruvchining 
shaxsiy  qarashlari  bilan  bog’liq  ravishda  baholashda  bir  qator  xatolar  uchrab 
turadiki, ularni quyidagilar tashkil qiladi.. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə