O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа’lim vаzirligi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/35
tarix31.12.2021
ölçüsü1,42 Mb.
#113585
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
2 5197163324424327231
Jamshid Zakovat, 1650956708 (1)
Pedagogik texnologiya — axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, 
ulardagi  yangi  ma’no-mazmunlarni  ochish  hamda  axborotlar  orasidagi  yangi 
bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayoni. 
Pedagogik  texnologiya  —  ta’lim  metodlari,  usullari,  yo’llari  hamda  tarbiyaviy 
vositalar yiindisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy-usubiy vositalari majmuidir. 
Pedagogik  texnologiya  —  bu  o’z  oldiga  ta’lim  shakllarini  optimallashtirish 
vazifasini  qo’yuvchi,  butun  o’qitish  va  bilimlarni  o’zlashtirish  jarayonini 
texnikaviy va inson resurslarini va ularning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan 
holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir. 


Pedagogik texnologiya — ma’lumotlarni o’zlashtirishni ta’minlash uchun qulay 
shakl va usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat. 
Strategiya  —  tashkilot,  sohalar,  hududlar,  mamlakat,  millat  taqdiri  uchun  jiddiy 
ahamiyatga  ega  bo’lgan,  aniq  belgilangan  maqsadlarga  erishishga  yo’naltirilgan 
asosiy harakatlarning uzoq, muddatli dasturi.  
Taktika  —  bosh  maqsad  yo’lida  xususiy,  orqali  masalalarni  hal  qilishga 
yo’naltirilgan harakatlarni tashkil qilish usuli.  
Tarbiya  –  1.  Ta’lim  berib  katta  qilish,  voyaga  etkazish  uchun  qilinadigan 
mehnat va g’amxo’rlik. 2. Ish-hunar, odob-axloq o’rgatishga va umuman kishining 
g’oyaviy  va  ma’naviy  qiyofasini  shakllantirishga  qaratilgan  ta’lim  tizimi.  3. 
Parvarish,  qarov:  1)  tarbiyalab  katta  qilmoq,  voyaga  etkazmoq,  o’stirmoq, 
ulg’aytirmoq;  2)  ilm-hunar  bermoq,  odob-axloq  o’rgatmoq,  tarbiyalab  biror  xislat-
fazilatni singdirmoq; 3) parvarish qilmoq. 
Ta’lim  dasturi  -  o’quv  fanlarining  bakalavriat  yo’nalishlari  yoki  magistratura 
mutaxassisliklariga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning  zaruriy va  
etarli darajadagi tayyorgarligini  ta’minlovchi, bloklarga jamlangan ro’yxati.  
Ta’lim  menejeri  —  ta’lim  muassasasini  zamonaviy  menejment  qonunlariga 
muvofiq boshqaruvchi mutaxassis. 
Ta’lim  metodi  —  o’qituvchining  ta’lim  oluvchilar  bilan  muntazam  qo’llaydigan, 
ta’lim  oluvchilarga o’z  aqliy  qobiliyatlarini  va qiziqishlarini  rivojlantirish,  bilim  va 
ko’nikmalarni  egallash  hamda  ulardan  amalda  foydalanish  imkonini  beruvchi  ish 
usuli. 
Ta’lim sifatini nazorat qilish-o’qitish mazmuni va natijalarining davlat ta’lim 
standartlari talablariga muvofiligini tekshirish. 
Texnologiya  —  biror  ishda,  mahoratda,  san’atda  qo’llanadigan    yo’llar,  usullar 
majmuasi. 
Texnologik xarita – o’quv mashg’ulotining yaxlit holatda ko’ra bilish va uni 
tasvvur etish uchun bo’lajak dars jarayonining loyihalashtirilgan xaritali ko’rinishi;  


Trener  —  ma’lum  yo’nalishda  ta’lim  olish,  mashqlar  bajarish  bo’yicha  trening 
mashg’ulotlarini  olib  borish  (rahbarlik  qilish)  uchun  maxsus  tayyorgarlikka  ega 
mutaxassis. 
Trening — ma’lum yo’nalishda ta’lim olish, mashqlar bajarish bo’yicha trenerlar 
tomonidan (rahbarligida) o’tkaziladigan mashg’ulot. 
Ta’lim - bilim berish malaka va ko’nikma hosil qilish jarayoni kishini xayotga, 
mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir.  
Ta’lim tor ma’noda o’qitish tushunchasini anglatadi. Lekin, u faqat turli ta’lim 
muassasalarida  o’qitish  jarayoni  emas,  balki  oila,  ishlab  chiqarish  va  shu  kabi 
sohalarda ham ma’lumot o’zlashtirish jarayonidir. 
 O’rganish – axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda 
mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallash. 
O’rgatish  -  axborotdan  foydalanish  va  turli  harakatlarni  bajarish 
ko’nikmalarining  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  o’zlashtirilishini  turli  vosita  va 
usullarni  qo’llab  tushuntirish,  ko’rsatish  va  mashqlar  orqali  amalga  oshirish 
jarayoni. 
O’zlashtirish — tushunish, o’rganish orqali axborotning ma’no-mazmuni, undan 
foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to’g’risida bilim va ko’nikmalar hosil 
bo’lishi. 
O’qitish sifatini nazorat qilish - talabaning bilim saviyasini tekshirish va uning 
o’quv dasturini o’zlashtirish darajasini aniqlash. 
O’qitishning  me’yoriy  muddati  -  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  ta’lim  dasturi 
o’zlashtirilishi uchun belgilangan muddat.  
O’quv  yili  -  oliy  ta’lim  muassasasida  bir  ta’lim  kursini  yakunlashga 
mo’ljallangan  o’quv  faoliyat  davri.  O’quv  yili  ikki  kalendar  yil  bilan  belgilanadi, 
masalan, 2017-2018 o’quv yili. 
O’quv  fanlari  bloki  -  ta’lim  dasturining  kadrlar  tayyorlash  jarayonida  aniq 
maqsad  va  vazifalarga  erishish  uchun  muayyan  bilim  sohasi  yoki  faoliyatning 
o’zlashtirilishini ta’minlaydigan o’quv fanlarini birlashtiruvchi tarkibiy qismi. 


O’quv rejasi - oliy ta’limning muayyan yo’nalishi yoki mautaxassisligi bo’yicha 
o’quv  faoliyati  turlari,  o’quv  fanlari  va  kurslarining  tarkibi,  ularni  o’rganishning  
izchilligi va soatlardagi   hajmini belgilaydigan me’yoriy hujjat. 
O’quv  semestri  -  oliy  ta’lim  muassasasida  o’quv  yilining  yarmini  tashkil 
etuvchi  o’zaro  bog’langan  fanlarning    ma’lum  majmuini    o’zlashtirishga 
mo’ljallangan va ular bo’yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. 
O’quv fani  – ta’lim muassasasida o’rganish uchun fan,  texnika, san’at, ishlab 
chiqarish  faoliyatining  muayyan  sohasidan  saralab  olingan  bilimlar,  ko’nikma  va 
malakalar tizimi. 
O’quv  fanining  dasturi  -  ta’lim  mazmuni,  uning  talabalar  tomonidan 
o’zlashtirqilishining eng  mabul usullari,  axborot  manbalari ko’rsatilgan    normativ 
hujjat. 
O’qitish  metodikasi-  bu  turli  usullar  tizimi  bo’lib,  o’quv-didaktik 
materiallaridan foydalanish orqali belgilangan maqsadga erishish uchun nazariy va 
amaliy mashg’ulotlar paytida qo’llaniladigan usullar majmuasidir. 
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, 
ta’limning  barcha  turlarini,  davlat  ta’lim  standartlarini,  kadrlar  tayyorlash  tizimi 
tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi. 
Uslub — biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun 
qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi. 
Yo’l  (ruscha  —  priyom)  —  biror  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  tanlangan 
harakat turi. 
Yakka tartibdagi ta’lim -- ikki xil shaklda bo’ladi: 1) bir ta’lim oluvchini bir 
o’qituvchi o’qitishi — ta’limning juft shakli; 2) mustaqil ta’lim olish —ta’limning 
yakka shakli. 
Yakuniy  davlat attestattsiyasi  -  bakalavr  yoki  magistr  darajasiga qo’yiladigan 
malaka  talablariga  muvofiq  holda,  ma’lum  talab  va  tartibotlar  vositasida  (fanlar 
bo’yicha  davlat  attestatsiyasi,  bitiruv  ishi  yoki  magistrlik  dissertatsiyasi  himoyasi) 
bitiruvchi tomonidan oliy ta’lim dasturining bajarilish sifatini baholash. 


Shaxs  –  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub’ekti  va  ob’ekti  ta’lim 
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi. 

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə