fanidan tayyorlagan LABORATORIYA ISHLARI Topshirdi: O.Faxriddinov
Qabul qildi: R.Raxmatov Farg‘ona 2023 1– Laboratoriya ishi Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish-telnet, ssh
Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
Nazariy ma’lumotlar Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:
Console
Telnet yoki SSH
Port AUX
Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash ishlari amalga oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.