O’zbеkiston Rеspublikasi Soqliqni Saqlash



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə5/23
tarix16.11.2018
ölçüsü2,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23


O’quv yuklamasining maksimal darajasi auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar bilan birgalikda haftasiga 54 soat belgilangan. Auditoriya. mashg’ulotlarining yuqori hajmi haftasiga 36 soat.

Akademik erkinlik va talabalarni o’z ustida ishlashga o’rgatish oliy o’quv yurti faoliyatining asosini tashkil etadi. Tendensiya shundayki, nazariy kurs ta'limga ajratilgan vaqtning 15 % atrofida. Qolgan vaqtlar, seminar ilmiy faoliyat, mustaqil ishlarni bajarish, talabalarni o’z ustida ishlashi kabilardan tashkil topadi. Oliy o’quv yurtida, ayniqsa, talabalarni o’z ustida mustaqil ishlashiga alohida diqqat qaratiladi.

Texnologik xarita — ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda texnologik operatsiyalar ketma-ketligini yorituvchi texnik hujjat.

Texnologik operatsiyalar esa ishchi tomonidan o’zining ish o’rnida bajariladigan yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi texnologik jarayonning bir qismi.

Texnologik xaritada ana shu operatsiyalar va ularni qanday ketma-ketlikda qanday bajarilishi ko’rsatiladi. Xuddi mahsulot ishlab chiqarishda bo’lganidek o’quv yurtlarining «mahsuloti» ko’zda tutilgan bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan yoshlardir. Xaritada ana shu jarayon, unda bajariladigan «operatsiya»lar ketma-ketligi, muddati ko’rsatiladi.

Tuzilgan texnologik xarita kafedra majlisida tasdiqlanadi hamda majlis bayonnomasi tartib raqami qo’yilib, kafedra mudiri, fakultet dekani, o’quv bo’limi boshlig’i tomonidan imzolanadi. Xarita 2 nusxada tuziladi. Nusxalarni kafedra va o’quv bo’limida saqlanadi.

Xaritaning aslidan olingan nusxa fan bo’yicha dars beruvchi o’qituvchi qo’lida bo’lib, rejada belgilangan dars va mustaqil ishlarni haqiqatda bajarilishi bilan kuzatib, nazorat qilib boriladi.

Texnologik xarita o’quv dasturi asosida o’tiladigan fanlardan tashqari har -bir mavzu, har bir dars bo’yicha ham ishlab chiqiladi.

Dars jarayonini rejalashtirish va tashkil qilishda kalendar reja ham muhim o’rin tutadi. Kalendar reja odatda, o’quv dasturi, o’quv texnologik xarita va dars jadvali asosida tuziladi.

O’quv dasturi bo’yicha o’rganiladigan fandan kalendar reja, har bir o’qituvchi tomonidan har bir akademguruh uchun tuzilib, unda mavzular bo’yicha ajratilgan soat va uni ma'ruza, amaliy (seminar) mashg’uloti, mustaqil ishlar bo’yicha taqsimlanishi bo’yicha reja bo’yicha o’tiladigan sana va soati, haqiqatda bajarilishi ko’rsatiladi.

Kalendar reja orqali har bir mavzuni belgilangan muddat va ajratilgan soat bo’yicha dars o’tishni nazorat qilish amalga oshiri-ladi.

O’quv majmuasi va uning tarkibi, o’quv dasturining tutgan o’rni

Fanni o’rganish uchun rejalashtirilgan mavzular ta'lim stan-dartlaridan kelib chiqqan holda, qo’yilgan maqsadga ko’ra o’quv dasturida o’z ifodasini topadi.

O’quv dasturi fanni o’rganish bo’yicha hujjat hisoblanib, bo’lajak mutaxassisga qo’yilgan talablarga mos holda ta'lim maz-munini va uni o’quvchi, talabalar tomonidan o’zlashtirishni tashkil etish usullarini aks ettiradi.

O’quv dasturlari alohida o’quv piedmetlari bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni va hajmini, ularni o’rganish ketma-ketligini belgilaydi.

Har bir mavzu bo’yicha fan uchun ajratilgan soatdan kelib chiqqan holda, mavzuning mazmunini o’zlashtirish uchun uning xususiyatlarini, mavzuni murakkabligi, o’zlashtirish zarur bo’lgan

masalalar, qo’yilgan muammo va boshqalarni hisobga olib o’quv jarayonini tashkiliy shakllari bo’yicha vaqt ajratiladi.

Har bir mavzu o’rganiladigan fanning shu mavzu doirasidagi qisqacha mazmunini ifodalaydi.

Dastur fanning mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda tarmoq standartlariga muvofiq ravishda shu fan o’quvchi-talabalarda qanday bilim va ko’nikmalarni shakllantirilishi zarurligidan kelib chiqqan holda tayyorlanadi. o’quv dasturi namunaviy va ishchi o’quv dasturidan iborat bo’lib, ishchi o’quv dasturi namunaviy dastur asosida toziladi.



O’quv dasturlari quyidagi talablarga javob berishi zarur:

Dastur aniq qoidaga asoslangan bo’lishi kerak. Jamiyat taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda o’quv dasturini ishlab chiqish metodikasiga muvofiq bo’lishi zarur. o’quv dasturi ishlab chiqishga qo’yiladigan talablarga javob berishi, unga muvofiq o’quv dasturi tarkibini belgilash lozim.

Ilmiylik prinsipiga asoslanishi. Dastur ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida tuziladi.

O’quv dasturlari ishlab chiqishda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lirn tizimining ta'lim turlari (o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, bakalavriat, magis-tratura) o’rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash, fanlarda mavzular ketma-ketligiga, oddiydan murakkabga, . xususiydan umumiylikka o’tib borishga, ta'lim turlari bo’yicha mavzular tak-rorlanmasligiga alohida e'tibor qaratish kerak.

Dastur fan, texnika, texnologiyaning so’nggi yutuqlari, ta'lim tizimining rivojlanishi, jahon tendensiyasini hisobga olishi zarur.

Tarixiylik va zamonaviylik. Dasturda fan rivojlanishining xususiyatlari, hissa qo’shgan olimlar, tarixiy shaxslar faoliyati ham aks ettirilishi, hozirgi rivojlanishi darajasiga muvofiq bilim berishni ko’zlagan bo’lishi zarur.

Gumanitarizm va milliylik. Dastur insonparvarlik, xalqparvarlik, ezgulik g’oyalarini ustun qo’yib, milliy g’urur, milliy qadriyatlarni hisobga olish, ularga amal qilishni tartib qilish, mamlakatning rivojlanishini ilmiy asoslangan holda bayon qilishni ko’zda tutishi kerak.

Izchillik va nazariya bilan amaliyot birligini ta'minlash. Dastur aniq mazmun va mantiqiy qoidalarni o’zida aks ettirishi, umumiy o’rta ta'lim va oliy ta'limga taalluqli mutanosib fan dasturlari bilan muvofiqlashtiiish, qo’yilgan mavzularning mantiqiy izchilligini ta'minlash, fanni hayot bilan, nazariyani amaliyot bilan uzviy bog’laydigan uslubiyotga rioya qilishi zarur.

Xalqaro standart va raqobatbardoshlik. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’rganilayotgan ana shu fan bo’yicha amalda bo’lgan o’quv dasturlari bilan taqqoslash, munozara qilish, tajriba almashish asosida, rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan ilg’orlikni ta'minlashga qaratilishi zarur.

Dasturda fanning nomi.

Mohiyatidan kelib chiqqan holda hamda davlat ta'lim stan-dartlariga, mehnat bozori talabiga muvofiq ravishda fanni o’qitishdan asosiy maqsad, shu fan o’quvchi, talabalarda qanday bilim va ko’nikma shakllantirishi ko’rsatiladi.



Dasturlar ikki: namunaviy va ishchi o’quv dasturlariga ajratiladi.

Namunaviy o’quv dasturi fanni o’rganishdan qo’yilgan maqsad, fanning asosiy mazmuni, bajaradigan vazifalarini ifodalaydi. Namunaviy o’quv dasturi tarkibiy jihatdan o’z ichiga: kirish, asosiy qism: ma'ruza, seminar, tajriba darslari va mustaqil ish uchun ko’rsatmalar, kurs ishlari bo’yicha ko’rsatmalar, tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatini oladi.

Namunaviy dastur davlat ta'lim standartlariga o’zgartirishlar kiritilgan taqdirda yoki o’zga hollarda 3 yilda bir marta qayta ishlab chiqilishi va qabul qilingan tartibga asosan qayta ekspertiza va tas-diqdan o’tishi zarur.

Namunaviy o’quv dasturi tasdiqlangan va ro’yxatga olingan kundan boshlab amalga kiritiladi.

Namunaviy dastur asosida ishchi o’quv dasturi ishlab chiqiladi.

Ishchi o’quv dasturida namunaviy dasturdan farqli ravishda fan bo’yicha mavzular rejasi qismida mavzular nomi, ajratilgan jami soatlar, darso’tish, mashg’ulot turlari: ma'ruza (nazariy), seminar (amaliy mashg’ulot), mustaqil ishga ajratilgan soatlar jadval tarzida keltiriladi.

Ma'ruza mashg’uloti hamda seminar mashg’uloti mavzularida har bir mavzuda o’rganilishi zarur bo’lgan mavzuning o’quv maqsadidan kelib chiqib, qisqacha mazmuni beriladi. Mavzuni o’'rganish va o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan adabiyotlar ro’yxati raqamlarda ifodalanadi.

Shu fanni o’qitish bo’yicha lozim bo’lgan o’quv vositalari, ko’rgazmali namoyish materiallari, o’quv filmlari va boshqa didaktik materiallar ro’yxati keltiriladi.

Dasturning «o’zlashtirishni nazorat qilish» qismida, fanni o’zlashtirish bo’yicha baholash metodlari va shakllari ko’rsatiladi.

«Foydalanilgan adabiyotlar» qismida o’quvchi-talabalar tomonidan fanni o’iganish va o’zlashtirish uchun lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati beriladi.

Ishchi o’quv dasturiga muvofiq ravishda mashg’ulot(seminar darslari) rejasi, mustaqil ishlar va o’quv kompleksi tarkibiga kiruv-chi boshqa ishlar ishlab chiqiladi.

Fanning har bir mavzusi bo’yicha qo’yilgan maqsad, mavzuning xususiyatidan kelib chiqqan holda dars o’tish metodini o’qituvchining o’zi tanlaydi.

Shunday qilib, har bir fan bo’yicha o’quv-uslubiy majmua ishlab chiqiladi.



O’quv-uslubiy majmua — bu yagona metodologiya bo’yicha o’rganiladigan fanning mazmuni va uning xususiyatlariga ko’ra o’qitishni tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan ta'lim mazmunini va o’zlashtirish jaryonini amalga oshirishda qatnashuvchi barcha vositalarni o’z ichiga oladi.

O’quv-uslubiy majmuaning tarkibi quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan:

  • ta'limning maqsadi (o’qitishdan maqsad nima? nima uchun
    o’qitamiz?);

  • ta'limning mazmuni (nimani o’qitamiz? nimani
    o’rgatamiz?);

  • ta'lim metetodlari (qanday qilib o’qitamiz?);

  • ta'lim vositalari (nimalar orqali, qanday vositalar orqali
    o’qitamiz?).

O’quv-uslubiy majmuaning komponentlari vazifalarni eng ma'qul tarzda, ya'ni eng optimal variantini aniqlash muammosi majmuaning tuzilishini tanlash bilan uzviy bog’liq. O’quv-uslubiy majmuaning tuzilishiga bog’liq ravishda uning komponentlari, vazifalari ham o’zgarib boradi.

Hozirgi paytda o’quv-uslubiy majmua tarkibi:

  1. Fan bo’yicha namunaviy dastur.

  2. Fan bo’yicha ishchi - o’quv dasturi.

  3. Texnologik xarita.

  4. Dars o’tish kalendar rejasi.

  5. Amaliy mashg’ulot va seminar darslari rejasi.

  6. Ma'ruzalar matni.

  7. Asosiy tayanch tushunchalar.

  8. Masala-mashqlar, testlar.

  9. Fan bo’yicha oraliq, joriy, yakuniy baholash rhezonlari.

  10. Yozma ishlarni baholash mezonlari.

  11. Fan mavzulari bo’yicha tayyorlangan slaydlar, chizmalar va
    boshqa namoyish etiluvchi materiallar.

  12. Amaliy ish o’yinlari.

  13. Kurs ishi mavzulari.

  14. Mustaqil ish va referat mavzulari.

  15. Yozma ish savollari va boshqalardan iborat.

Fanning xususiyatlari va qo’yilgan maqsaddan, mutaxassislarni tayyorlashda fanning tutgan o’rnidan kelib chiqqan holda mazkur ro’yxat qisqarishi yoki qo’shimchalar qo’shilishi mumkin.

Masalan, bitiruv malakaviy ish mavzulari faqat mutaxassislik fanlari bo’yicha qo’shiladi. o’quv-uslubiy majmua albatta fanni o’rganishdan qo’yilgan asosiy va qo’shimcha maqsadlarni to’la amalga oshirilishiga katta yordam beradi.

Tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlar qanday bilim, malaka
va ko’nikmalarga ega bo’lishi zarurligi Davlat ta'lim standart-
larida belgilanadi. Davlat ta'lim standartlari — uzluksiz
ta'limning muayyan kursida tayyorlanayotgan kadrlarning
minimal darajada ega bo’lishi lozim bo’lgan bilim va
ko’nikmalarni ifodalaydi. O’qitish jarayonida talabalar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalar ma'nosi, hajmi va xarakteri ta'lim
mazmunini anglatadi. Unga muvofiq ravishda tayanch o’quv re-
jalari ishlab chiqilib, fanlar tarkibi va soati aniqlanadi. Muvofiq
ravishda o’rganiladigan ta'lim dasturi, ya'ni o’quv fanlarining mu-
taxassisliklarga qo’yiladigan malaka talablariga muvofiq kadrlarning
zaruriy va yetarli darajada tayyorgarligini ta'minlovchi bloklarga
jamlangan ro’yxati ishlab chiqiladi.

• Ta'limning muayyan yo’nalish yoki mutaxassislik bo’yicha


o’quv faoliyati turlari, o’quv fanlari va kurslari tarkibi, ularni
o’rganishning izchilligi va soatlardagi hajmi belgilangan normativ
hujjat — o’quv rejasi va ta'lim mazmuni, talabalar tomonidan
o’zlashtirishning maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan
normativ hujjat — o’quv fani dasturi, har bir fan bo’yicha o’quv-
uslubiy majmua tayyorlanadi.

Kataloq: library -> books -> majmua obshiy
library -> Kafedrasi
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> Qrafikdizay n fənninin proqramı baki – 2013 Azərbaycan Respublikası Təhsil Nazirliyi Azərbaycan Dövlət İqtisad Universiteti “Dİzayn” kafedrası Qrafik dizayn
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İQTİsad universiteti «İQTİsadi TƏHLİl və audiT»
library -> AZƏrbaycan respublikasinin təHSİl naziRLİYİ azərbaycan respublikasinin təHSİl probleməRİ İnstiTUTU azərbaycan döVLƏT İQTİsadi universiteti
library -> AZƏrbaycan respublikasi təHSİl naziRLİYİ azərbaycan döVLƏT İqtisad universiteti «İQTİsadi HÜquq»
majmua obshiy -> Iqtisodiyot nazariyasi
majmua obshiy -> Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə