O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 149,26 Kb.
səhifə1/13
tarix29.08.2022
ölçüsü149,26 Kb.
#117655
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
121 27.04.2011




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TERMA JAMOALAR HAMDA ULARNING ZAXIRASINI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLAShNI, ShUNINGDEK ULARNI MODDIY JIHATDAN QO‘LLAB-QUVVATLASh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2012-yil London shahri (Buyuk Britaniya)da bo‘lib o‘tadigan XXX yozgi Olimpiada va XIV Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi to‘g‘risida” 2009-yil 5-yanvardagi PQ-1029-son qarorini bajarish yuzasidan, sportchilarni respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishga sifatli tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi uch yilda bir marotaba “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari dasturlariga kiritilgan asosiy sport turlarini har bir ta’lim muassasasida belgilasin va tasdiqlasin.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-oktabrdagi 355-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 43-son, 499-modda)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-aprel,
121-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son qaroriga
1-ILOVA
Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlarining energiya sarflarini qoplashga va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda respublika, xalqaro sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarida qatnashish uchun sifatli tayyorlash maqsadida terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenyerlarining energiya sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablag‘larini sarflash va taqsimlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi (keyingi o‘rinlarda kalendar reja deb ataladi) – O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari ro‘yxatini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar ro‘yxatini belgilovchi hujjat;

Yüklə 149,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin