O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix19.10.2022
ölçüsü0,86 Mb.
#118429
  1   2   3   4   5   6   7
Yaxshiboyeva Dilorom Yuldashevna
NodeJS, 2.03-Ona-tili-oqitish-metodikasi, ecc879ed6434b8a2c6286b4775d4bf35-1


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
653 
ONA TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLAR VA DARSLARNING YOSHLAR 
TARBIYASIGA TA'SIRI 
 
Yaxshiboyeva Dilorom Yuldashevna 
Amudaryo tumani XTB ga qarashli 44- sonli umumtalim maktabining 
ona tili va adabiyot fani oqituvchisi 
Kirish. Bugungi rivojlanib borayotgan mustaqil Oʼzbekistonimizda oʼquvchi-
yoshlarni taʼlimga toʼgʼri yoʼnaltirish juda katta ahamiyatga ega. Zero, yurtimizning 
kelajagi yoshlarimiz qoʼlida. Maʼlumki, oʼquvchilarimizning koʼp vaqtlari maktabda 
oʼtadi. Ularning taʼlim olishini toʼgʼri tashkil etish esa, biz oʼqituvchilarning 
zimmasidagi yuksak burchdir.Ta'lim jarayonida darslarni tashkil etishda 
an'anaviylikdan chekinib ,turli interfaol usullar, innovatsion texnologiyalardan 
foydalanilsa o'quvchi-yoshlarning ta'limga qiziqishlari oshishi barobarida, ta'lim sifati 
ham ko'tariladi. 
Ona tili darslarida o‘quvchilarga beriladigan bilimlar keyingi yillarda asosan 
nazariy asosga qurilayotganligi amaliy malakalarning sayozlashuviga olib kelmoqda. 
Darsda asosan o‘rganilayotgan qoidani yod oldirish va unga darslikdan misol keltirish 
va mashq ishlash bilan cheklanilmoqda.Bu esa o'quvchi-yoahlarni darsdan 
zerikishlariga sabab bo'lmoqda. 
Dars davomida faqat darslik bilan ishlanmoqda. Oqibatda o‘qituvchi darslik 
o‘qituvchisi, o‘quvchi darslik o‘quvchisi bo‘lib qolmoqda. Shu sababli o‘quvchilar 
darslikdan tashqari talablarni bajara olmayaptilar, hayotning o‘zi misol va qoida 
ekanligini anglab yetmayaptilar. Shunday ekan, amaliy bilimni shakllantirish asoslarini 
ishlab chiqishga diqqat qaratish lozim. Buning uchun darsda faqat mashqlar bilan 
cheklanmay, o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, lug‘at ustida ishlashga o‘rgatish, 
ularda to‘g‘ri talaffuz normalarini shakllantirish hamda fikrlash, tafakkur qilish 
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar berish kerak. Hozir o‘quvchilarni har 
bir darsda faol ishtirok etishga undovchi noan’anaviy dars metodidan 
foydalanilyapti. Bu dars metodi hozirda turli joylarda o‘zining ijobiy ta’sirini 
ko‘rsatyapti. 
Interfaol metodlarning juda koʼp turlari mavjud. Masalan: Rolli oʼyin, Davra 
suhbati, Baxs-munozara, Muammoli vaziyatlar, Zanjir, Chala xat, Maktub, Blits soʼrov, 
Venn diagrammasi, Assisment texnologiyasi, Swot tahlil, Sinkveyn va xakazo. 
Bu metodlardan ona tili va adabiyot darslarda foydalanish oʼqitish mazmunini 
yaxshi oʼzlashtirishga olib keladi. Oʼz vaqtida oʼqituvchi va oʼquvchi oʼrtasida samimiy 
aloqalar oʼrnatiladi. Oʼqitish usullari taʼlim jarayonlarida turli xil koʼrinishlarda 
kechadi. ( yakka, juft, guruh, katta guruhlarda) namoyon boʼladi.Oʼquv jarayoni oʼquv 
ehtiyojini qondirish bilan yuqori mativatsiyaga ega boʼladi.Axborat berish, olish va 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə