O’zbekistonda ta’lim tizimi. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy yonalishlari. Pedagogik menejment nazariyasi va amaliyoti. Boshqaruvning nazariy asoslari. Reja



Yüklə 187,2 Kb.
səhifə1/9
tarix03.06.2022
ölçüsü187,2 Kb.
#116567
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
O’zbekistonda ta’lim tizimi


O’zbekistonda ta’lim tizimi. Ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy yonalishlari. Pedagogik menejment nazariyasi va amaliyoti. Boshqaruvning nazariy asoslari.
Reja:

  1. O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonuni

  2. Ta`limni boshqarish organlari

  3. “Boshqaruv” (“menejment”) tushunchasining mohiyati. “Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish” tushunchasining tavsifi.

  4. Ta’lim muassasasi menedjerining huquq va majburiyatlari. Ta’lim menedjerining kompetensiyalari.

  5. Ta’lim tizimini boshqarish organlari. Ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarish, davlat-jamoatchilik tamoyiliga ko‘ra boshqarishning psixologik-pedagogik asoslari.

O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonuni. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida uzluksiz ta‘limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo`nalish sifatida e‘tirof etildi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida»gi qonunida uzluksiz ta‘lim tizimining mohiyati, yo`nalishlari, ta‘lim mazmuni, ta‘limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me‘yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan:



  1. fuqarolarga ta‘lim, tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslari;

  2. ta‘lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari;

  3. xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi;

  4. pedagogk faoliyat bilan shug`ullanish huquqi;

  5. ta‘lim muassasasining haquqiy maqomi;

  6. ta‘lim tizimi va turlari;

  7. ta‘lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy xumoya qilish;

8) ta‘lim tizimini boshqarish.

O’zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagilardan iborat (1- rasm) :


  • davlat ta`lim standartlariga muvofiq ta`lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta`lim muassasalari;

  • ta`lim tizimi ishlashi va rivojlanishi uchun kerakli tadqiqot ishlarini olib boruvchi ilmiy-pedagogik tashkilotlar;

  • ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari shuningdek ular boshqaruvi ostidagi korxona, muassasa va tashkilotlar.

O’zbekiston Respublikasi ta`lim tizimi yagona va yaxlitdir.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi:

  • maktabgacha ta`lim;

  • umumiy o’rta ta`lim;

  • o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;

  • oliy ta`lim;

  • oliy ta`limdan keyingi ta`lim;

  • malaka oshirish va kadrlarni qayta tayorlash;

  • maktabdan tashqari ta`lim.



Yüklə 187,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin