Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi. Ozod Sharafiddinov Istiqlol fidoyilari



Yüklə 25 Kb.
səhifə1/2
tarix24.11.2022
ölçüsü25 Kb.
#119857
  1   2
Abdulla Oripov sheriyati tahlili


Mavzu: Ozod Sharafiddinov “Haqiqatga sadoqat”
Reja:

  1. Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi.

  2. Ozod Sharafiddinov

  3. Istiqlol fidoyilari.

  4. Xulosa.

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


1 Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi
Ozod Sharafiddinov adabiyotshunos, adabiy tanqidchi. O.Sharafiddinov 1929-yil 1-martda Qoʻqon yaqinidagi Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari «Zamon. Qalb. Poeziya» (1962) asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib qilishga intildi. O. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor, Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi: «Isteʼdod jilolari» (1976), «Adabiy etyudlar» (1968), «Abdulla Qahhor» (1988), «Birinchi moʻjiza» (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan «Yalovbardorlar» (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim oʻrin egallaydi. O. Sharafiddinov XX asrning 60- yillaridan XIX asrgacha boʻlgan oʻzbek adabiy jarayonidagi holatlarni «Talant – xalq mulki» (1979), «Adabiyot – hayot darsligi» (1981), «Goʻzallik izlab» (1985), «Haqiqatga sadoqat» (1988), «Sardaftar sahifalari» (1999), «Prezident» (2003) singari asarlarida aks ettirdi.
Mustaqillik yillarida O. Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. «Choʻlpon» (1991), «Choʻlponni anglash» (1994) kitoblari, «E'tiqodimni nega oʻzgartirdim» (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. Keyingi yillarda O. Sharafiddinov oʻzbek adiblari, madaniyat-sanʼat arboblari, olimlar haqida oʻnlab maqolalar yozdi. U jahon adabiyotining koʻplab namoyandalari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. "Koʻlmak suvda quyosh parchasi" (Fransuaza Sagan), «Qadimgi xitoy nasri namunalari», «Monumental targʻibot» (Vl. Boynovich), «Al-ximik» (Paulo Koel’o) singarilar.
O. Sharafiddinov XX asrning 90-yillari oʻrtalarigacha Oʻzbekiston Milliy universitetida professor boʻldi. 1995-1997 yillarda «Tafakkur» jurnali bosh muharrir oʻrinbosari vazifasini bajardi. U 1997 yildan beri «Jahon adabiyoti» jurnalining bosh muharriri. O. Sharafiddinov Beruniy nomidagi Davlat Mukofoti laureati (1970), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999), «Mehnat shuhrati» (1997) ordenlari sohibi. 2002 yil 23 avgustda O. Sharafiddinovga «Oʻzbekiston qahramoni» unvoni berildi.
Sharafiddinov XX asrning 60 yillaridan adabiyotshunos sifatida tanilgan. "Zamon. Qalb. Poeziya" (1962) kitobida adabiy asarlarni badiiylik qonuniyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etgan. Uning tadqiqotlari adabiyotni milliy gʻoyalar va adabiy qonuniyatlar asosida tahlil qilishga bagʻishlangan. "Adabiy etyudlar" (1968) kitobida ijodkor shaxsi va uning badiiy asardagi oʻrni masalalari talqin qilingan. "Yalovbardorlar" (1974), "Isteʼdod jilolari" (1976) toʻplamlariga kiritilgan ilmiy maqolalari adabiy ijoddagi anʼanalar, mumtoz adabiyotni oʻrganish vositalari va jahon adabiyotini oʻrganish muammolari haqida. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida milliy va jahon adabiyoti anʼanalarini uygʻun qabul qilish tamoyillarini boshlab berdi.
Sharafiddinov "Birinchi moʻjiza" (1979), "Talant — xalq mulki" (1979), "Adabiyot — hayot darsligi" (1980), "Hayot bilan hamnafas" (1983), "Goʻzallik izlab" (1985) asarlarida oʻzbek sheʼriyati, nasri va tanqidchiligining muqim muammolarini yoritgan.
Sharafiddinovning munaqqidlik faoliyatida 2 davr koʻzga tashlanadi. Birinchi davr shoʻro totalitar tuzumida kechgan boʻlib, unda adabiyotni totalitar mafkura gʻoyalaridan himoya qilish, adabiy qonuniyatlar asosida tadqiqotlar olib borish muammolari tadqiq etilgan ("Zaharxanda qahqaha", 1962; "Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi", 1979; "Yurtin madhi boʻldi soʻnggi satri ham", 1979; "Sheʼr koʻp, ammo shoirchi?", 1983). Ikkinchi davr munaqqid faoliyatida asosiy davr boʻlib, u istiqlol yillaridagi ijodini qamrab oladi. Bu davrda Sharafiddinov milliy adabiyotni shakllantirish muammolari, oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligini qayta qurish, jahon adabiyoti anʼanalarini oʻzlashtirish hamda tarjima sanʼatini yuksaltirish masalalarini tadqiq etgan ("Bir tilda gaplashaylik", 1987; "Magʻzi puch soʻzlardan bir tosh nari qoch", 2000; "Qaydasan, Moriko", 2002).
Sharafiddinov oʻzbek adabiyotini jahon adabiyoti bilan uygʻun tarzda oʻrganish anʼanasini boshlab bergan. Shahrining "Istiqlol fidoyilari" (1993), "Sardaftar sarlavhalari" (1999), "Maʼnaviy kamolot yoʻllarida" (2001) kitoblarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Otajon Hoshimov ijodi yangicha nuqtai nazardan tahlil etilgan. "Choʻlponni anglash" (1993) asarida esa yangi oʻzbek tanqidchiligi XX asrda bosib oʻtgan murakkab yoʻlni talqin, tahlil qilgan, koʻplab munaqqidlar ijodi, estetik prinsipini Choʻlpon ijodiga munosabat nuqtai nazaridan yoritgan. Sharafiddinov "XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi" oʻquv dasturi (1997), "XX asr oʻzbek adabiyoti" (1999) darsligi mualliflaridan. Sharafiddinov ijodining choʻqqisi "Ijodni anglash baxti" (2004) kitobidir. Unda oʻzbek adabiyotining jahon adabiy jarayonida tutgan oʻrni va ilmiy-maʼnaviy oʻzanlari tadqiq etib berilgan. Sharafiddinov tarjima sanʼatiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirdi. L. Tolstoyning "Iqrornoma", P.Koeloning "Kimyogar", A.Sevelaning "Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman" asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1970), "Mehnat shuhrati" (1997), "Buyuk xizmatlari uchun" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
2 OZOD SHARAFIDDINOV “HAQIQATGA SADOQAT”
Ozod Sharafiddinov “Zamon, qalb, poeziya”dan to “Ijodni anglash baxti”ga qadar yigirmadan ortiq kitoblar yozdi. O‘zbek adabiy tanqidchiligida o‘ziga xos maktab yaratdi. Munaqqid totalitar tuzum davrida, elliginchi yillarda filologiya fanlari doktori Umarali Normatov qayd etganidek, “ustozi Abdulla Qahhordan ruhlanib adabiyotdagi xalturaga, o‘rtamiyonachilikka qarshi mardona kurash olib bordi. 40-50-yillarda keng tarqalgan o‘ta siyosatlashgan, nuqul mustabid tuzum mafkurasi targ‘ibotiga qaratilgan quruq ritorika, va’zxonlikdan iborat she’riyatning astar-avrasini chiqarib tashladi. Ulardan ko‘plab misollar keltirib: “She’rmi shu asarlar, poeziya bormi ularda”, degan keskin savolni qo‘yadi va teran ilmiy tahlil, rad etish mumkin bo‘lmagan dalil va mantiq asosida, “yo‘q”, deya javob bera oladi. 50-yillar sharoitida bunday fikrni aytish mislsiz jasorat edi”. Haqiqatan ham Ozod Sharaffiddinov “Zamon, qalb, poeziya” kitobida eng nomdor shoirlarning she’rlaridan misollar keltirib, ularning kamchiliklarini xolisona isbotlab bergan. Munaqqid: “Poeziya nima? Uning mohiyati nimadan iborat, chinakam san’at, chinakam poeziya, chinakam iste’dod qanday bo‘lishi kerak?” degan savollarga o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridayoq javob bergan edi. “Chinakam san’at, poeziya hamisha san’atkorning voqelikka yangicha munosabatidan, yangicha qarashidan, yangicha fikrlashidan boshlanadi... Chinakam shoir, birinchi navbatda, mutafakkirdir, hayot haqida fikrlovchi, uning ustidan hukm chiqaruvchi faylasufdir.
Chinakam poeziya esa hammavaqt his-tuyg‘uga aylanib ketadigan fikrdan yoki fikr­ga aylangan his-tuyg‘udan iboratdir". Munaqqid she’riyatga munosabatida jahon adabiyotining eng yuksak mezonlari asosida yondashdi. Chinakam poeziya bilan nazmbozlikni bir-biridan farq qilish kerakligini, poeziya-talantdan boshlanishini, talant esa hayotning hech kim ko‘rmagan tomonlarini ko‘ra olish qobiliyati ekanligini har jihatdan asoslab berdi.
“Zamon, qalb, poeziya” kitobiga kirgan “Poeziyaning bag‘ri keng”, “Chamanzorda gullar ko‘paysin” maqolalarida, lirik qahramon muammosi haqidagi bahsu munozaralarga oydinlik kiritdi. She’riyatimizda ovozlar, sozlar har xil jaranglashini, har bir shoir o‘z ovozi va soziga ega bo‘lishi kerakligini
Mirtemirning xalqona, Asqad Muxtorning intellektual she’riyati misolida asoslab berdi. “Zamon, qalb, poeziya” nihoyasida munaqqid: “Men faqat poeziyamizning ijobiy tendentsiyalarini va ularning o‘sishiga xalaqit berayotgan ayrim hodisalarni tahlil qildim”, deb yozgan edi.
Tabiiyki, Ozod Sharafiddinovning ayrim nomdor shoirlar haqidagi tanqidiy mulohozalari ko‘plarga yoqmadi. Buning oqibatida, munaqqid malomatlarga ham duchor bo‘ldi. Ammo o‘z e’tiqodidan qaytmadi. Eng muhimi, Ozod Sharafiddinov oltmishinchi yillarda kirib kelgan iste’dodli yoshlarni himoyasi ostiga oldi. Abdulla Oripovning ilk she’rlariga “Oq yo‘l” tiladi. “Hayot bilan hamnafas” maqolasida Erkin Vohidov she’riyatini tahlil qildi. O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasiga taqriz yozdi. Shu asnoda, munaqqid adabiy jarayonning qaynoq nafasi bilan yashadi.
Bugunga kelib zamon, davr o‘zgardi. Adabiyotga qarash ham o‘zgardi. Ko‘pgina ijodkorlarning sho‘ro davrida yaratgan asarlari endilikda, adabiy tamoyillarga to‘g‘ri kelmay qoldi. Ammo Ozod Sharafiddinovning aksariyat maqola va kitoblari bugungi kunda ham o‘z kuchini yo‘qotgan emas. Masalan: “Birinchi mo‘‘jiza” kitobidagi G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov ijodi haqidagi portretlari bugungi adabiyot uchun ham muhim manbadir.
Ozod Sharafiddinov “Zamon, qalb, poeziya”dan keyin yaratilgan “Adabiy etyudlar” (1968), “Iste’dod jilolari” (1976), “Talant – xalq mulki” (1979), “Adabiyot – hayot darsligi” (1980), “Hayot bilan hamnafas” (1983), “Go‘zallik izlab” (1985), “Abdulla Qahhor” (1988), “Haqiqatga sadoqat” (1989) kitoblariga qadar adabiyotshunos, munaqqid sifatida o‘z estetik printsiplariga sodiq qoldi.



Yüklə 25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin